Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kamtarin klubda mashhurlikka erishgan yulduzlar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mashhur futbolchi bo‘lish uchun “Real Madrid” yoki “Barselona”da to‘p surish shart emas. Yulduz bo‘lish uchun ba’zan kichik klublarda to‘p surish ham kifoya qiladi desak, adashmagan bo‘lamiz. Bugun ana shunday futbolchilar haqida so‘z boradi.

Killian Mbappe


Killian “Monako” jamoasi akademiyasiga erta qabul qilinadi va tengdoshlari bilan asosiy tarkib futbolchisi darajasigacha ko‘tariladi. Leanardo Jardim boshchiligidagi “Monako” safida gullagan Mbappe PSJning gegemoniyaligiga barham berishga muvaffaq bo‘ladi. Bundan tashqari, YECHL bahslarida fransuz klubi bilan ko‘rsatgan o‘yinlari uni tezda mashhur qilib yuborgan bo‘lsa, Rossiya yashil maydonlarida o‘tgan JCH futbolchini tarixga abadiy muxrlab qo‘ydi. Qahramonimiz 2 mavsum davomida kamtarin jamoada to‘p surgan bo‘lsa-da, PSJ klubi uni super yulduz maqomida 100 million yevrodan ortiqroq summaga xarid qildi. Uning uzoq masofalarni to‘p bilan katta tezlikda bosib o‘tishi, noodatiy dribling va gol sezish qobiliyati kishini hayron qoldirmay qo‘ymaydi.

Edin Jeko

Juda qiyin o‘tgan bolalik Edinning top-hujumchi bo‘lib yetishishiga to‘siqinlik qila olmadi. Avvaliga Bosniya birinchiligida debyut qilgan hujumchi 2 yildan so‘ng Chexiya klubiga yo‘l oladi. Mavsum oldi yig‘inlardan birida Germaniyaning “Volfsburg” klubi skautlari bosniyalik hujumchini tasodifan ko‘rib qoladi va u haqidagi barcha ma’lumotlarni Feliks Magatga jo‘natiladi.

Qattiqqo‘l murabbiy klassik hujumchini darhol xarid qilibgina qolmay, uni asosiy tarkib futbolchiga aylantiradi. Germaniyadagi o‘zining ilk mavsumida ko‘zga tashlaganmagan hujumchi keyingi mavsumda chinakamiga “porlash”ga muvaffaq bo‘ladi. Klub tarixida ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritishni uddalagan jamoa safida Jeko 26ta gol kiritadi mavsum kashfiyotiga aylanadi. Ko‘plab takliflarga qaramay, hujumchi yana 2 mavsum davomida “Volfsburg” klubi sharafini himoya qiladi. 2010-yilga kelib “Manchester Siti” taklifini qabul qilgan futbolchi “shaharliklar” safida yangi tarix yaratish uchun tumanli albionga yo‘l oladi.

Samuyel Eto'O

“Real Madrid” safida yaroqsiz futbolchi deb e’tirof etilgan hujumchini “Malyorka”dan boshqa birorta klub xarid qilishni istamaydi. O‘sha paytlari Primeroda jon saqlash uchun kurash olib boruvchi jamoa safiga kelib qo‘shilgan kamerunlik futbolchi qisqa muddatda omma e’tiboriga tushadi.

Eto'O yangi jamoasidagi ikkinchi mavsumida barchani hayratda qoldirib jamoasini chempionat o‘yinlarida bronza medal egasiga aylantiradi. Mavsum davomida 12 ta gol va 17 ta assistni amalga oshirgan hujumchi, nafaqat Ispaniya balki, butun Yevropani hayratda qoldiribgina qolmay, Katoloniya jamoasini 4-pog‘onaga tushirib yuborgan golga mualliflik qiladi. Qahramonimiz kichik byudjetli jamoada to‘p surishiga qaramay, chinakam super hujumchi maqomida Kataloniyaning “Barselona” jamoasi tomonidan xarid qilinadi va kelajakda Messi va Ronaldinyo bilan fantastik uchlikni hosil qiladi.

Alan Shirar

 

Britaniya futboli tarixidagi eng mashhur futbolchilardan biri bo‘lishiga qaramay, Alan Shirar biror marotaba grand klublarda to‘p surmagan. O‘z faoliyati davomida bir yo‘la ikki klubning afsonasiga aylangan hujumchi 1993-yilga qadar APLdagi o‘rtamiyona hujumchilardan biri edi. “Blekbern Rovers” safida 1994 va 1995-yilgi mavsumlarda porlagan hujumchi jamoasi uchun APL bosh sovrinini qo‘lga kiritishda katta xizmat ko‘rsatadi. O‘zining 25 yoshida klub uchun 138 ta o‘yinda ishtirok etgan Shirar 112 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ladi va klubni chinakam yulduz sifatida o‘sha davrlar uchun fantastik summa evaziga tark etadi.

Jeymi Vardi

 

Futbolni kech boshlashiga qaramay, havaskor klub futbolchisidan “Lester”ning asosiy snayperi darajasiga ko‘tarilgan hujumchi haqida alohida film suratga olish mumkin. “Lester ertagi”ning bosh qahramonlaridan biri, sobiq jamoadoshlari singari grand klublarga o‘tib ketish o‘rniga, klub sharafini oxirigacha munosib himoya qilishni avzal ko‘rgani e’tiborga molik.

Klaudio Ranyeri boshchiligidagi “Lester”ning fantastik chempionligi Jeymi uchun misli ko‘rilmagan mashhurlik olib keldi. Terma jamoa haqida orzu ham qilmagan hujumchi ko‘p o‘tmay milliy jamoa libosini kiydi. Ayni damda esa “Lester” jamoasi uchun katta naf keltirishda davom etmoqda. O‘tgan qisqa vaqt ichida APLdek shiddatli birinchilikda o‘rtamiyona jamoa bilan mashhurlikka erishgan hujumchiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:49, 23.12.2019. O'qildi: 8083 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик