Angliya chempionatining 21-turi doirasida ikkita o‘yin bo‘lib o‘tdi.
«Chelsi» safarda «Brayton» mehmoni bo‘lib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Sezar Aspilikueta hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘yin tugashiga 6 daqiqa qolganida eronlik futbolchi Alirizo Jahonbaxsh jarima maydonchasi ichida chalqancha uslubda "qaychi" bilan darvozani ishg‘ol qildi.
Qo‘shib berilgan daqiqalarda Nila Mope "Chelsi" darvozasini ishg‘ol qilishi mumkin edi. Kepa Arrisabalaga esa oyog‘i bilan zarbani qaytardi.
Shu tariqa, "Chelsi" "Boxing Day"dagi bitta mag‘lubiyat va bitta g‘alabadan keyin durangni qo‘lga kiritdi. Lempard jamoasi 4-pog‘onada qoldi.
Angliya chempionati, 21-tur
Brayton – Chelsi 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 10 Aspilikueta, 1:1 – 84 Jahonbaxsh.
Brayton – Rayan, Uebster, Dank, Montoyya, Bern (Bernardo, 22), Muy (Jahonbaxsh, 68), Propper, Trossard, Bissuma (Konnolli, 46), Alsate, Mope.
Chelsi – Arrisabalaga, Zuma, Jeyms, Ryudiger, Aspilikueta, Pulishich (Xadson-Odoi, 66), Maunt (Kovachich, 73), Kante, Jorjinyo, Villian, Abraxam.
Ogohlantirishlar: Zuma (69), Dank (71), Kovachich (82), Mope (90), Djeyms (90).
Byornli – Aston Villa 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 27 Uesli, 0:2 – 41 Grilish, 1:2 – 80 Vud.
Bernli – Poup, Mi, Bardsli, Teylor, Tarkovski, Kork, Breydi (Gudmundsson, 46), Vestvud, Maknil, Barns (Rodriges, 46), Vud.
Aston Villa – Xiton (Nyuland, 85), Gilber, Xoz, Teylor, Mingz, Trezege (Xurixeyn, 78), Nakamba, Duglas Luis, Grilish, Konsa, Uesli (Kojia, 71).
Ogohlantirishlar: Teylor (48), Tarkovski (60).