Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

De Rossi ko‘pchilikni ulg‘aytirib ketdi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kuni kecha tunda butun internet va ijtimoiy tarmoqlarda italiyalik futbolchi Daniyele De Rossining katta futbol bilan xayrlashgani haqidagi xabar keng tarqaldi. Bunga barcha o‘z munosabatini bildirgani turgan gap. Kimdir De Rossini “Roma” safida biror marotaba “skudetto”ni ham qo‘liga ushlamagan futbolchi deb bilsa, yana kimlar uchundir u chinakam futbol afsonasi. Men uchun esa, uning futboldagi tutgan o‘rni biroz bo‘lakcha. Shu kunga qadar Torres, Iniyesta, Xavi, Van Persi, Lempard, Jerrard, Kaka va ko‘plab boshqa mega yulduzlarning sahnadan tushib ketishini jim tomosha qildim, biroq De Rossi bilan bunday qila olmayman. Yoshlikdagi shirin xotiralar bunga yo‘l qo‘ymaydi…

Men Toshkentning bir chetidagi ulkan zavod oldida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida ulg‘aydim. Uyimizni yonginasida zavod homiylik qiluvchi futbol jamoasi mavjud bo‘lib, u yerda bir nechta futbol to‘garaklari muntazam hizmat ko‘rsatayotgan davrlar edi o‘shanda… Agar xotiram pand bermasa, 10 yoki 11 yoshlik paytlarim edi. Ro‘paramizdagi ko‘p qavatli uyda yashaydigan millati qirim tatar bo‘lgan bir do‘stim bor edi. U rus tilida men o‘zbek tilida u bilan so‘zlashar edik. Ba’zan bir-birimizni yaxshi tushunmasakda, sira urushmas edik. Sababi, uyimizdan uzoq bo‘lmagan “Traktor” klubi qoshidagi futbol to‘garagiga birga qatnar edik. Ochig‘i, qo‘shnimga barcha futboldagi o‘rtoqlarimning havasi kelardi desam ishonavering. Chindan ham o‘sha paytlari chinakam butsa faqat unda bo‘lar edida! Bundan tashqari, turli jamoalarning liboslarini almashtirib kiyar, ayniqsa Totti nomi tushirilgan oq rangli “Roma” libosiga mehrim bo‘lakcha edi, desam aybga yo‘ymaysiz. Mashg‘ulotlarga Tottining libosini kiyib kelsa, nuqul tikilib turardim. Yo‘q, o‘ylamang, men bolaligimdan nolimoqchi emasman. Shunchaki, xotirlarimni sizlar bilan bo‘lishgim keldi xolos. Aybga buyurmaysiz, biroz cho‘zib yubordim...

 

Yozda tug‘ilganim bois, maktabdagi do‘stlarimni tug‘ilgan kunga chaqirishning iloji yo‘q. Shu sababli mahalladagi tengdoshlarimni bir hafta oldin aytib chiqdim. U paytlardagi tug‘ilgan kunlarni bilasiz, kattakon grafinda muzlatilgan yupi, bitta kichikroq tort va dadangiz damlab bergan qo‘lbola palov. Men kutgan kun keldi. Ertalabdan do‘stlarimni chaqirib keldim. Negadir Ravil (qo‘shnimning ismi Ravil edi. Aytish ham esdan chiqibdiku!)barchadan keyin kirib keldi. Qo‘lida yaltiroq karobka ham bor. Sovg‘aga emas, uning kelganiga quvondim. U ruschalab ochib ko‘r dedi. Bolalarcha xursandchilik bilan ochdim. Qog‘oz quti ichida tartib bilan tahlangan “Roma” jamoasining oq libosi turar, libos ortida De Rossi yozuvi bor edi. Quvonchdan baqirib yuborgan edim o‘shanda.

O‘sha kundan boshlab men uchun De Rossi o‘zgacha ahamiyat kasb etadigan futbolchiga aylana boshladi. Uning o‘yinlarini kuzata boshladim. Ko‘p o‘tmay, Mundial boshlandi. Aynan De Rossi uchun Italiyagamuxlislik qildim. Fransiya ustidan qozonilgan g‘alaba quvonchini-ku, gapirmasam ham bo‘ladi.

Afsuski, qahramonimiz “Roma”ning eng omadsiz davrida katta futbolga kirib keldi. Balki, shu sababli klublari o‘rtasidagi musobaqalarda unga omad kulib boqmagandir yana kim biladi deysiz?

Kecha tunda ushbu xabarni eshitgach, biroz g‘alati bo‘ldim. Ochig‘i, Daniyelning “Instagram” tarmog‘ida muxlislarga yozgan xayrlashuv so‘zlarini o‘qir ekanman, futbolga bilan bog‘liq eng iliq xotiralarimdan birini yo‘qotayotganimni seza boshladim. Afsus, barcha boshlangan narsaning oxiri mavjud. De Rossi ham futbol olamidagi o‘zining so‘nggi bekatiga yetib keldi. U bilan birgalikda nafaqat men, balki men kabi uning libosida to‘p tepgan millionlab boshqa bolakaylar ham ulg‘ayganini yana bir karra chuqur his etishgan bo‘lsa ne ajab?! Ba’zan ana shunday sport kiyimlari do‘konlariga kirib qolsam, ko‘zim bilan De Rossi ismi tushirilgan oq “Roma” libosini izlashga tushaman.

To‘g‘ri, keyinchalik ko‘plab futbol yulduzlarining libosini kiydim, biroq hech biri De Rossiniki singari ko‘ngilga yaqin bo‘la olmadi. To‘g‘ri, Daniyelning faoliyati sovrinlarga boy va yorqin tarzda kechmagan bo‘lishi mumkin, biroq uning nomi futbolda doimo ishonch va sodiqlik ramzi sifatida qo‘llanishi aniq. De Rossi bilan bog‘liq xotiralarimizning barchasi endilikda nostalgiyaga aylandi.

Mehnatkash va terma jamoa uchun maydonda jonini fido qila oladigan jangchi futbolchilardan yana birini moziyga kuzatib qo‘ydik. Vaqt oliy hakam, u barcha-barchadan ustunlik qiladi. Shunday ekan, o‘zingiz uchun qadrli bo‘lgan futbolchilarning o‘yinlaridan zavq olishga ulgurib qoling.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:18, 07.01.2020. O'qildi: 4087 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.