Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma.

  • Superliga
      • 21.11.2024 18:00
      • Paxtakor
      • 0:2
      • OKMK
      • 22.11.2024 16:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 22.11.2024 18:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • Navbahor
      • 23.11.2024 15:00
      • Olimpik
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 23.11.2024 17:15
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
  • La-liga
      • 23.11.2024 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Valyadolid
      • 23.11.2024 18:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Betis
      • 23.11.2024 20:15
      • Atletiko
      • -:-
      • Alaves
      • 23.11.2024 22:30
      • Las-Palmas
      • -:-
      • Malyorka
      • 23.11.2024 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Espanyol
  • APL
      • 23.11.2024 17:30
      • Lester
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.11.2024 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Brayton
      • 23.11.2024 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 23.11.2024 20:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 23.11.2024 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Brentford
      • 23.11.2024 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 23.11.2024 22:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 23.11.2024 19:00
      • Verona
      • -:-
      • Inter
      • 23.11.2024 22:00
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 52
2 OKMK 25 44
3 So‘g‘diyona 24 40
4 Navbahor 24 39
5 Paxtakor 25 38
6 Neftchi 24 37
7 Surxon 24 33
8 Dinamo 24 29
9 Qizilqum 24 27
10 Andijon 24 26
11 Olimpik 24 25
12 Bunyodkor 24 24
13 Lokomotiv 24 21
14 Metallurg 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Paxtakor 0-2 OKMK

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/24 Neftchi - Nasaf
22/11/24 Qizilqum - Navbahor
23/11/24 Olimpik - Bunyodkor
23/11/24 Andijon - Dinamo
24/11/24 Metallurg - Surxon
24/11/24 So‘g‘diyona - Lokomotiv

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2109 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 22.11.2024

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал".
      16:00 Новости футбола.
      16:05 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      18:05 Новости футбола.
      18:10 "Всё о главном". Николай Гонтарь.
      18:40 Криштиану Роналду. Единственный и неповторимый.
      19:45 Новости футбола.
      19:50 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал".
      21:50 Новости футбола.
      21:55 Чемпионат Германии. Перед туром.
      22:25 LIVE Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Падерборн 07" - "Нюрнберг". Прямая трансляция.
      00:25 LIVE Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Аугсбург". Прямая трансляция.
      02:25 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      03:25 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Падерборн 07" - "Нюрнберг".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 22.11.2024

      05:15 Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа.
      07:30 "Кто кого?".
      08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      10:20 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
      11:40 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Группы. Прямая трансляция.
      13:45 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      19:10 Лыжные гонки. ФосАгро Гонка Звёзд в Кировске, Россия.
      19:45 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      21:00 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Женщины. Спринт.
      22:00 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Мужчины. Спринт.
      23:15 "Кто кого?".
      23:45 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      02:00 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      03:25 "Тайны звёзд спорта".
      03:50 Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Группы.
  • MATCH-TV
    • Sana: 22.11.2024

      05:00 "Лига героев".
      07:00 "Жизнь после спорта".
      07:30 "География спорта". Калуга.
      08:00 "Вопреки всему".
      08:30 "Большой хоккей".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      10:30 LIVE Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Женщины. Спринт. Прямая трансляция.
      11:55 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      13:15 "Небесная грация".
      13:35 LIVE Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Мужчины. Спринт. Прямая трансляция.
      15:25 Новости.
      15:30 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      18:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:45 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:55 LIVE Баскетбол. Fonbet Кубок Дружбы в Москве. Россия - Тунис. Прямая трансляция.
      23:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:25 LIVE Футбол. Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Аугсбург". Прямая трансляция.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:15 "Центральный круг".
      03:45 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 22.11.2024

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Финал.
      07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Мужчины.
      11:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      11:40 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Танцы на льду. Ритм-танец. Прямая трансляция.
      13:05 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Женщины. Короткая программа. Прямая трансляция.
      14:55 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Танцы на льду. Ритм-танец.
      15:50 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Мужчины. Короткая программа. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Пары. Короткая программа. Прямая трансляция.
      19:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Танцы на льду. Ритм-танец.
      20:00 LIVE Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды. Прямая трансляция.
      21:45 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Мужчины. Короткая программа.
      22:55 "Минута".
      23:00 Велотрек. Лига чемпионов. Обзор сезона 2023.
      00:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды.
      01:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Женщины. Короткая программа.
      02:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Пары. Короткая программа.
      02:55 "Минута".
      03:00 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Обзор.
      04:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hasanali ota: Hamdard odam javoblari (2-qism)

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadion.uz va gazeta / Bloglar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

1. Bositxon. 44 yosh. Hasanali ota, matbuotda kamayib ketdingiz. Kam sonli yozganlaringizni blog va Feysbuklarda o‘qib turibmiz. Sizga savolim quyidagicha: Agar sizdan o‘zbek futbolini ko‘tarish talab qilinganda nimalarga e’tiborni qaratgan bo‘lardingiz? Eng muhim omillarni sanab bera olasizmi?

Bositxon, yoshlar singari tez yoza olmayman. Hozirjavoblik qila olmayman. “Chempion”chilar meni 42 yashar Kamerun hujumchisi Roje Millaga o‘xshatishar edi. Har gal o‘yin so‘ngida 15 daqiqaga maydonga tushar edi u. Shunday bo‘lsa-da o‘yini esda qoldi. 1958-yildan beri futbol ishqiboziman. 40 yildan beri futbolimiz ravnaqi deb jon kuydiraman. 15 yildan beri maqola yozib dardim bilan vatandoshlarimga hasratimni to‘kib solaman. Futbolimizni rivojlantiraylik deb yozgan takliflarimni O‘FA rahbariga berib kelgan edim. O‘qib chiqishga vaqti bo‘lmagandir. U kishining ishlari ko‘p. Har bir ishqibozning yozganlarini o‘qib chiqadigan bo‘lsa, umri yetmaydi, axir. Fikrlarimni Siz bilan bo‘lishmoqchiman. Siz ham men kabi futbolimiz haqida qayg‘urar ekansiz. Boshqalar Yevrofutboldan rohatlanib yurishibdi.

2. Nurilla, 40 yosh. “Paxtakor” futbolchisi Cheranning O‘zbekiston fuqaroligini olishi mumkin degan xabarlar chiqmoqda. Bordiyu u o‘zbek pasportini olsa, uni termamizga jalb qilish kerak deb hisoblaysizmi? Umuman Qatar tutgan yo‘ldan (dunyo futbol yulduzlariga fuqarolik berish) bizga to‘g‘ri keladimi?

Bir nima qilish uchun birinchi galda pul kerak. Pul topilgach, uni aql bilan to‘g‘ri yo‘nalishda sarf qilish kerak. Natijani shunda kutamiz. Demak, birinchi galda nima qilmoqchi ekanimizni, bizga qanday futbol kerakligini belgilab olaylik. Bugun shu haqda gaplashaylik. Biz qanday futbol yarata olamiz? Biz qanday yo‘ldan yurishimiz kerak? Bizning o‘z yo‘limiz bo‘lishi kerakmi? Kimning rivojlanish yo‘lini o‘rganib chiqishimiz kerak? Nurilla, Siz aytgan Qatar yo‘li bizga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Qatarning 1 mln fuqarosi bor. Hududida 20 mln.cha aholi ishlaydi. Sportchilardan boshqa hech kimga fuqarolik berishmaydi. Har yili chet ellardan iqtidorli 100ga yaqin go‘dak bolalarni olib kelishadi. Futbol maktablarida o‘qitishadi. Ulardan eng yaxshilari dinni qabul qilib, arab tilini o‘rganib, Qatar fuqarosiga aylanishadi. O‘zini ko‘rsatgan tayyor yulduzlarga doimiy tarzda fuqarolik berishlarini aytmayapman. Siz shularni nazarda tutgansiz. Ularda tub o‘yinchilar deganingiz ham aslida qatarlik emas. Bizga bu yo‘l aslo to‘g‘ri kelmaydi. Cheran haqida alohida gaplashamiz hali.

Xitoy yo‘li ham to‘g‘ri kelmaydi. Bunday sarf xarajatga, isrofgarchilikka iqtisodiyotimiz bardosh bera olmaydi. Bizga serb-xorvat yo‘li to‘g‘ri keladi. Ularning klublari qit’ada oldinda bo‘lmasalar-da, terma jamoasi birinchilar qatorida. O‘tgan mundialda xorvatlar vise-chempion bo‘lishdi. Modrich JCHning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. Xorvatlar Xitoy yo Rossiya kabi pul to‘kishmaydi. Xorvatu serblar iqtidorli futbolchilarni tarbiyalab yetkazib berish borasida oldindalar. Ularning termasida fuqarolik olgan chet el futbolchisi yo‘q. Lekin qit’aning barcha top-klublarida ulardan yetishib chiqqan bozori chaqqon yulduzlar o‘ynashadi. O‘rtaholi, kasodlari bizga keladi. Biz qanday qilib bunday futbolga erishamiz? Biz bunday futbol uchun avvalo, ommaviy futbolni rivojlantirishimiz kerak. Maktablarni kuchaytirishimiz kerak. Qanday qilib? Jamiyat hayotida, mahalla hayotida, shaharu qishloq hayotida futbol salmog‘ini oshiraylik. Futbol targ‘ibotini kuchaytiraylik. Yo‘qsa, bunday futbolni yarata olmaymiz. Yaqinda chiqqan Qarorga muvofiq futbolchini tarbiyalab yetishtirishni yangi bosqichga ko‘tarishimiz mumkin bo‘ladi. Bu juda yaxshi tadbir. Lekin Qarorda futbolning xalq hayotiga kirib borishiga e’tibor qaratilmagan. Xalq qo‘llovi juda muhimdir. Buning uchun futbolda halollik, soflik va oshkoralik bo‘lishi kerak. Buning uchun futbolni korrupsiyadan tozalashimiz kerak. Shunday ijtimoiy muhitda futbolimiz ravnaq yo‘liga kira oladi.

Endi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqaylik. Shuni tushunib yetaylikki, bunday futbol barpo etishimiz uchun butun futbol xo‘jaligimizni qayta qurib chiqishimiz kerak bo‘ladi. Qanday futbol demoqdaman, bilasizmi? Bizning klublarimiz Osiyoda nazarga tushishi kerak. Termamiz birinchi oltilikka kirishi kerak. Terma jamoamiz va klublarimiz Osiyo grandlari qatoriga kirishi kerak. Futbolchilarimiz Yevropaning top-klublarida o‘ynashi kerak. Biz yuqori darajadagi futbolni namoyish etishimiz kerak. O‘z murabbiylarimiz Osiyoda mashhur bo‘lib tanilishi kerak. Futbol ishqibozlari stadionlarni to‘ldirib, o‘g‘lonlarini qo‘llab turishi kerak. Bularga qanday qilib erishamiz? Buning uchun futbol targ‘ibotini butunlay boshqa darajaga ko‘tarishimiz kerak bo‘ladi. Futbol ikki qismdan iborat. Klublar va ishqibozlar. Olmoniyada bizdaka bo‘sh stadionlarni tasavvur qila olasizlarmi? Yo‘q. Fransiyada sariq nimchalar o‘z harakatlarini futbol bahsi paytida to‘xtatib turishar ekan. Futbolni o‘z ijtimoiy talablaridan yuqori qo‘yishar ekan. Lekin futbolni xalqimiz qo‘llovi haqida keyinroq alohida va batafsil gaplashamiz. Klublarimiz haqida so‘z borsin hozir.

3. Hakimjon, 36 yosh. O‘zbekiston Superligasining hozirgi formatidan qoniqasizmi? Sizga qolsa, milliy chempionatimizni qanday formatda qilgan bo‘lardingiz?

Hakimjon, musobaqalarimizdan umuman va butunlay rozi emasman. Bu yil masxara musobaqa bo‘ldi. Buni hech kim gapirmayapti. Musobaqalarimizni tag-tugi bilan o‘zgartirishimiz kerak. Gilamga tushmagan polvon ahvoliga voy. Halol musobaqasi bo‘lmagan kurashga voy. Futbolimiz rivoji birinchi galda musobaqaga bog‘liq. Buni inkor etmaysiz. Lekin Siz futbol deganda faqat Superligamizni ko‘zda tutasiz. Shubhasiz, Superligamiz saviyasi asosiy maqsad hisoblanadi. Lekin bizda darajasi baland futbolchilar muttasil yetishib chiqishi uchun muzofot, tuman va viloyatlarimizda futbol obro‘sini ko‘tarib, joylardagi musobaqalarni kuchaytirishimiz kerak bo‘ladi. Chunki iqtidori baland iste’dodlar chetda tug‘ilishadi. Vobkent, Guliston, Do‘stlik jamoalari qani? G‘azalkent futbol maydoni g‘uvillab yotibdi. Xalq futboli shumi? Futbol xalqniki. Futbolni xalqdan tortib olib poytaxt stadionlariga qamab qo‘ydikmi?

Hakimjon do‘stim, man do‘xtir yo mirshab emasman. Hamma tug‘ilgan yilini yozganu qaysi qadimgi qishloq yo qalada istiqomat qilishini, kasbini yozmagan. Farg‘onaning Dang‘arasida Urganji qishlog‘i bor. Shu yerda har yili bir marta suvchi Egamberdi xotirasiga bag‘ishlab futbol musobaqasi uyushtiriladi. Chiroqchining Taloqtepa qishloq to‘ylarida uloq berilmaydi, futbol janglarini uyushtirishadi. O‘FA qarorini kutmasdan xalqning o‘zi futbolni o‘z hayotiga olib kirmoqda. Hokimlarimiz-chi? Andijon hokimi ko‘rsatmalarni bajaraman deb, “super” futbolchilarga o‘n-o‘nbesh mln. so‘mdan oylik topib berish bilan ovora. Boshqasiga na puli, na vaqti yetadi. Ommaviy futbolga e’tibor 0 darajada. Undan buni so‘rashmaydi. Nima qilmoq kerak? Viloyat chempionatini PROliganing B guruxi bilan omuxta qilib yuborishimiz kerakmikan? Belgiya yo Xorvatiya hududi Samarqand viloyatimizdan kichkinaroqdir. Shuni bilasizmi? Futbol kichkina hududlarda yaxshi rivojlanmoqda. Viloyatlar birinchiligini Pro-liga tugul superliganing ham birinchi bosqichiga aylantirsak bo‘lmaydimi? Shu yerda mavzudan chekinish qilaman.

(Masalan, Samarqandning “Dinamosi”da mashg‘ulotlar uchun alohida maydon yo‘q. Shuni bilasizmi? Shu ahvolda Siz-u biz Abramovdan mundialga chiqishni talab qilamiz. Bizga undan pasi tatimaydi. Futbol infratuzilmasi talabga munosib bo‘lmas ekan, Bositxon, futbolimiz rivojlanmaydi. Bositxon, agar Siz tadbirkor bo‘lsangiz, sarmoya topib (investisiya) eng sifatli sun’iy maysa ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysangiz bo‘lmaydimi, uni eksport qilsangiz bo‘lmaydimi, degan bo‘lar edim. Xaridor topilmaydi deysizmi? Bir payt davlatimiz maktab programmasini amalga oshirishda bosh buyurtmachi bo‘lgan edi. Partalarni Xitoydan olib kelmaganmiz. Hamma narsalarni o‘zimiz ishlab chiqarib barcha ishni o‘z tadbirkorlarimiz bajarishgan edi. Davlatni homiy qilib “Stadion” programmasini qabul qilsak bo‘lmaydimi? Yurtimizdagi har bir qishloq yo mahalla uchun kamida bittadan futbol maydonchasini ikki yilda qurib beraylik. Yurtimizdagi barcha maktablarni uch yilda ta’mirlab berganimiz esimda. Davlat homiylik qilsa, sifatli sun’iy maysani biz ishlab chiqaramiz. Buni ko‘rib qo‘shni davlatlar ham sun’iy maysaga buyurtma berishadi. Agronomlarimiz qayerda qoldi? Mintaqamizga mos eng yaxshi tabiiy maysani o‘stirib bersak bo‘lmaydimi? Uni eksport qilsak bo‘lmaydimi?)

Futbolni ommalashtirish haqida gapirayotgan edim. Har qanday ishda moddiy baza muhim. Lekin moddiy bazani, moliyalashtirishni hozircha o‘ylamay turay. Bu yerda ham islohatlarsiz bir nimaga erishib bo‘lmaydi. Mavzuga qaytaylik. Hakimjon, Siz mendan Superliganing hozirgi formati haqida fikrimni so‘ragansiz. Bu yilgi format “Paxtakor” qiynalmay chempion bo‘lishi uchun xizmat qilgan. Chempion kim bo‘lishi oldindan ma’lum bo‘lgan musobaqa o‘z mantig‘ini yo‘qotadi. Bu fakt. Buni hech kim inkor eta olmaydi. Bugungi rahbariyat hozirgi holatimizni o‘zida aks ettirgan formatni tanlab olgan. Oldinga intilishga, bugungi holatimizdan chiqib ketishga, yangilanishga, futbolimizni yangi pog‘onaga ko‘tarishga xizmat qilmaydi. Bu ham fakt. Rahbariyat o‘z oldiga kordinal o‘zgarishlar qilishni maqsad qilib qo‘ymagan. Bu haqda o‘ylayotgani ham yo‘q. Bunga qodir ham emas. Fikrlovchi odamlar yo‘qolib bormoqda.

1. Viloyatlarda futbolning musobaqa darajasini baland darajaga ko‘taraylik dedim. Chunki Futbol kichik hududlarda yaxshi rivojlanadi dedim. Buning uchun Musobaqa aksentini viloyatlar markaziga ko‘chirishimiz kerak dedim. 2.Futbol maktablarini kuchaytirish vazifasini Qaror oldimizga qo‘ygan dedim. Ko‘plab yosh yulduzlarni doimiy ravishda yetishtirib beraylik dedim. 3.Klublarimiz eng progressiv o‘yin ko‘rsatishi kerak dedim. 4.Bizning futbolchilar chet elning barcha top-klublarida o‘ynashi kerak dedim. 5.Bizning murabbiylarimiz yangi futbol g‘oyalarini chet el klublarida ham qo‘llab, omadli ishlab yurishi kerak dedim. Qanday qilib bularga erishamiz? Shu savolga javob topaylik.

Bositxon, menga aytingchi, musobaqalarimiz shu masalalarni yechishga yo‘nalganmi? Musobaqa sportda maqsadga yetishning eng asosiy birinchi omilidir. Ikkinchi omili haqida keyin gaplashamiz. Hamma narsa musobaqada hal bo‘ladi. Bugungi musobaqalarimiz nimaga xizmat qilmoqda? Hech nimaga? Yo‘q, xato gapirdim. Bugungi futbolimiz klublarimiz homiy pullarini “oqlab” sarflashi uchun xizmat qilmoqda. Masalan, “Andijon” futbolchilari o‘n-o‘n besh mln. pul topishi uchun xizmat qiladi (Andijonda qirq yil stajli muallim yo do‘xtir uch mln oylik oladi). Futbolga oqib kelayotgan mablag‘ irmog‘idan o‘z hamyon arig‘iga klubdagi mutasaddilar “suv” oqizib olishi uchun xizmat qiladi, “loyi” ham bor bo‘lgani uchun kim halol, kim nohalol yo‘l bilan oqizib olishi uchun, xizmat qiladi. Futbolimizga hech narsa bermaydigan o‘rtacha futbolchilar doimo klubdan klubga o‘tib yurishi uchun, ularning soni ko‘payishi uchun, ular ko‘tarma pullarni oyligu bonuslarga qo‘shib olib, yillar osha Superligadan tushib ketmay, yosh iqtidorlar yo‘lini bo‘g‘ib beg‘am yashashi uchun xizmat qiladi. Shular yetmaganiday kelgusida futbol atrofida qimorxonalar tashkil etilarkan. Musobaqalarimiz endi Futbolga beg‘araz muxlislik qilish o‘rniga ishqibozlarimiz qimor o‘ynab boyib olishi uchun xizmat qilar ekan. Yo ishqiboz bor pulini yutqazib qo‘yib oilasini chirqillatishi uchun xizmat qilar ekan. Hamda futbol musobaqalarimiz hammani qimor o‘ynatib qo‘yib davlatimiz cho‘tal yig‘ishi uchun xizmat qilar ekanda kelgusida. Bunday harom pullar baxtsizlik olib keladiku. Qanday bedodlik.

Sanab o‘tganlarimdan futbolimizda barcha puldorchilik qilayotganlar manfaatdor. Ular Superliga ishtirokchilar sonini 18taga yetkazishni istashi tabiiy holdir. Ular bu yil bunga erishishadi, chog‘i. Yo‘q, sekin-asta kishi bilmas holda Superliga klublar sonini oshirib borishadi.

Futbol shinavandasi sanab o‘tganlarim tufayli futboldan voz kechib, Yevrofutbolga yuz burishi tabiiy holdir. Men esa, Xayrulla Hamidovdan o‘pkalanib yuribman. Xayrulla, eng suyukli, haqqoniy insonim, haqiqiy Shoirim, meni kechiring. Qay kunlarga qoldik. Yarim asrdan beri hayotimning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib kelgan futbolimni qimorga, qimorxonaga aylantirib qo‘yishmoqchi, mal’unlar. Padarinalatlar. Hali hammaning qarg‘ishiga qolasizlar. Vatanim, futbolim sizlarga qolib ketdimi, Oxirati kuygurlar?!!

Bositxon, Nurillaxon, Hakimjon o‘g‘illarim, meni kechiring boshqa davom ettira olmay qoldim. Gapim og‘zimda qoldi. Suhbatim to‘mtoq bo‘lib qoldi. Ko‘zlarimga yosh to‘lib ketdi. Ojizman... Yolg‘izman...

Hasanali Qodirov blogi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:45, 17.01.2020. O'qildi: 4870 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Paxtakor Dragan Cheran 13
2 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 10
3 So‘g‘diyona Lupche Doriev 10
4 Nasaf Zoran Marushich 9
5 Навбаҳор Toma Tabatadze 8
6 Qizilqum Elguja Lobjanidze 8
7 Динамо Kojo Joel 7
8 Нефтчи Nsungusi Effiong 7
9 So‘g‘diyona Vladimir Jovovic 7
10 Динамо Xislat Halilov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.