Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL doirasida «Manchester Yunayted» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan oldingi fikrlarini bildirish jarayonida, «MYU» haqida keskin fikr bildirdi.
- To‘g‘risini aytganda, qachonlardir «MYU» avvalgi mavqeiga chiqadi deb o‘ylamayman. Hozir ko‘plab moliyaviy tarafdan baquvvat klublar turli xil sovrinlar uchun kurashish ehtimoli yuqori. Hozirgi vaqtda biz guvoh bo‘lib turgan o‘zgarishlar «Liverpul» va «Manchester Yunayted»larni avvalgidek ustun bo‘lishi mumkin emasligini anglatadi. Mening «Liverpul»im bilan Fergyusonning “MYU”sini taqqoslash? Men bunday narsalarni o‘qimayman. Menga farqi yo‘q. Men 2011 yili Dortmundning “Borussiya” klubi bilan xuddi shunday vaziyatga ega bo‘ldim, biz juda yaxshi edik va gazetalarda yoziladigan barcha maqolalar ijobiy edi. Men deyarli suvni ustida yura olardim. Qanday taqqoslashlar muhokama qilinmasin, men faoliyatim yakunlanganidan keyingina bu haqda o‘ylayman. Ungacha bu narsa menga va mening yigitlarimga taaluuqli emas. Biz bir nechta yaxshi qarorlarni qabul qildik va shuning uchun yaxshi jamoaga aylandik. Bizning yigitlarimiz kundan kunga o‘sishga erishmoqda, shu sababli, biz oldinga qadam tashlayapmiz, — Kloppning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.