Bugun 1 fevral, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 31.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 3:2
      • Jenoa
      • 31.01.2026 19:00
      • Piza
      • 1:3
      • Sassuolo
      • 31.01.2026 22:00
      • Napoli
      • 2:1
      • Fiorentina
      • 01.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 4:0
      • Verona
      • 01.02.2026 16:30
      • Torino
      • -:-
      • Lechche
      • 01.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Atalanta
      • 01.02.2026 22:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Inter
      • 02.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Yuventus
  • La-liga
      • 31.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • 1:2
      • Alaves
      • 31.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • 1:0
      • Jirona
      • 31.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • 2:2
      • Vilyarreal
      • 31.01.2026 22:30
      • Levante
      • 0:0
      • Atletiko
      • 01.02.2026 01:00
      • Elche
      • 1:3
      • Barselona
      • 01.02.2026 18:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 01.02.2026 20:15
      • Betis
      • -:-
      • Valensiya
      • 01.02.2026 22:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Selta
      • 02.02.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • Futzal. Osiyo chempionati
      • 31.01.2026 13:00
      • Tailand
      • 1:0
      • Vyetnam
      • 31.01.2026 13:00
      • Kuvayt
      • 7:2
      • Livan
      • 31.01.2026 17:00
      • Indoneziya
      • 1:1
      • Iroq
      • 31.01.2026 17:00
      • Qirg‘iziston
      • 3:2
      • Janubiy Koreya
      • 01.02.2026 13:00
      • Yaponiya
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 01.02.2026 13:00
      • Tojikiston
      • -:-
      • Avstraliya
      • 01.02.2026 17:00
      • Eron
      • -:-
      • Afg‘oniston
      • 01.02.2026 17:00
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Malayziya
  • APL
      • 31.01.2026 20:00
      • Lids
      • 0:4
      • Arsenal
      • 31.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • 0:2
      • Bornmut
      • 31.01.2026 20:00
      • Brayton
      • 1:1
      • Everton
      • 31.01.2026 22:30
      • Chelsi
      • 3:2
      • Vest Xem
      • 01.02.2026 01:00
      • Liverpul
      • 4:1
      • Nyukasl
      • 01.02.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Fulhem
      • 01.02.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 01.02.2026 19:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Brentford
      • 01.02.2026 21:30
      • Tottenhem
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 21 51
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Espanyol 22 34
6 Betis 21 32
7 Selta 21 32
8 Real Sosyedad 21 27
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Jirona 22 25
12 Elche 22 24
13 Sevilya 21 24
14 Atletik Bilbao 21 24
15 Valensiya 21 23
16 Rayo Valyekano 21 22
17 Xetafe 21 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Seleksiya yil bo‘yi davom etadi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Navbahor
Rukn: Yangiliklar
A A A

Mahoratli yosh murabbiylardan biri Otabek G‘ulomxo‘jayev o‘tgan mavsumning 2-davrasidan boshlab, “Navbahor”da seleksioner murabbiy sifatida ish boshlagandi. Joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan jamoamiz tarkibi kuchaytirilmoqda va bunda G‘ulomxo‘jayevning ham munosib hissasi bor, albatta. U yaqinda “Navbahor” murabbiylar shtabidan joy oldi.

“Lochinlar”ning 1-bosqich doirasidagi Namangandagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakuniga yetgach, Otabek G‘ulomxo‘jayev bilan suhbatlashib, uning fikrlarini yozib oldik.

“Navbahor”ga kelishi, seleksiya ishlari, mashg‘ulotlar jarayoni

— “Navbahor”da o‘tgan yilning 2-davrasidan ish boshladim. O‘sha paytda O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi hamda “Bunyodkor” futbol akademiyasida faoliyat olib borayotgandim. Shunda “Bunyodkor” U-21 yoshlar jamoasida o‘ynovchi mahoratli yarim himoyachi, asli namanganlik Abdulhay Ismoilovga “Navbahor”dan qiziqish bo‘ldi. Ushbu yosh futbolchini Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrulla Hayitbayevich Bozorovning o‘zlari “Navbahor” safida ko‘rishni xohlagan ekanlar. Shundan so‘ng, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzaqov, ayni paytda “Navbahor” klubi vise-prezidenti bo‘lib ishlayotgan Oybek Arifovich Samatovlarning sa’y-harakatlari natijasida iqtidorli yarim himoyachi “Navbahor” a’zosiga aylandi.

Xayrulla Hayitbayevich bilan suhbatlashganimda, Namanganda iqtidorli yosh futbolchilar ko‘p ekanligi, “Navbahor”ga seleksiya ishlari bilan yaxshi shug‘ullana oladigan, yosh futbolchilarning  potensialini, mahoratini yuzaga chiqara oladigan, ular bilan    ishlashni biladigan yosh murabbiy kerakligini ta’kidladilar.

Shundan so‘ng, “Navbahor”dan taklif olib, jamoada ish boshladim.

Abdulhay Ismoilov borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, u o‘tgan mavsumda Superligada o‘z debyutini nishonlashga muvaffaq bo‘ldi.

Ammo tajribaning biroz kamligi bois, Abdulhay jamoa o‘yiniga yaxshi kirishib keta olmadi. Bunga esa biroz vaqt kerak edi. Bundan tashqari, jarohat ham unga o‘z iqtidorini to‘liq namoyish etishi uchun pand berdi.

Ayni paytda Ismoilov mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kyapti va umid qilamanki, yangi mavsumda u o‘zining nimalarga qodirligini namoyish eta oladi.

Seleksiya ishlarini jamoa bosh murabbiyi Andrey Antanasovich Kanchelskis bilan kelishgan holda olib boryapmiz. “Navbahor” o‘z tarixiga ega shonli klub hisoblanadi. Bunday jamoa safida o‘ynash esa  har bir futbolchi uchun sharaf hisoblanadi. Biz ko‘plab futbolchilar bilan muzokara olib bordik, shuningdek, ayni paytda yana muzokaralar ketyapti. Umuman olganda, o‘tgan mavsumning tarkibi o‘zagini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik. Shuningdek, namanganlklar safiga yangi qo‘shilgan Islom Isoqjonov, Xurshid Muxtorov, Islom Rashidxonov va Tohir Shamsitdinov ham ancha iqtidorli yigitlar. Bundan tashqari, Turkiyadagi yig‘inda yana 2-3 nafar mahalliy yuqori saviyali futbolchilar “Navbahor” tarkibiga qo‘shilishadi. Hozircha ular bilan muzokara olib borilyapti. Shuning uchun ism-familiyalarini ayta olmayman.

Bundan tashqari, Andrey Antanasovichning gaplariga ko‘ra, Turkiyada tarkibga top – legionerlar qo‘shilisharkan.

Kezi kelganida shuni ta’kidlash joizki, seleksiya ishlari yil bo‘yi davom etadi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasidagi ayrim futbolchilarning klublariga rasmiy xat yozilgan holda, taklif bilan chiqilgan. Ulardan ko‘pchiligining o‘z jamoasi bilan shartnomalari bor. Bundan tashqari, ular o‘z klublarida ham yetakchi sanalishadi. Shuning uchun ularni jamoalari ham qo‘yib yuborishi qiyin. Biroq ayrim olimpiya terma jamoamiz vakillari bo‘yicha muzokara olib borilyapti va uning ijobiy yakun topishidan umidvormiz.      

Fursatdan foydalanib, olimpiyachilarimizga Tailanddagi Osiyo chempionatida omad yor bo‘lib, shu yilning yozida Tokioda bo‘ladigan Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritishlarini tilab qolaman.

To‘g‘ri, mahoratli yarim himoyachi Oston O‘runov ham “Navbahor”ga taklif etilgandi. Lekin u xorijda o‘ynashni ma’qul ko‘rdi. Bundan esa xursand bo‘lish kerak.

Chunki hamyurtlarimiz xorij chempionatlarida o‘z saviyalarini oshirishadi hamda bu ularga tajriba vazifasini o‘taydi. Bu esa O‘zbekiston milliy terma jamoamizga ancha foyda keltiradi. Masalan, Eldor Shomurodovning Rossiya premyer-ligasida o‘ynayotganligi terma jamoamizga qanday foyda keltirayotganligini barcha ko‘rib turibdi.

Ayni paytda Rossiyaning “Ufa” klubida ko‘rikdan o‘tayotgan Ostonga ham omad yor bo‘lishini tilab qolaman.

Namanganda “Navbahor” kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar olib bordi va unda futbolchilar astoydil ter to‘kishdi, ishlashdi. Qisqasini aytganda, Namangandagi yig‘in a’lo darajada kechdi.

Murabbiylar shtabidan o‘rin olganligi va hamkasblari borasida

— “Navbahor”ning murabbiylar shtabida ish boshlaganimga sanoqli kunlar bo‘lgan bo‘lsa-da, suhbat hamda mashg‘ulotlar jarayonida rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskisning garchi o‘z davrining mashhur futbolchilaridan biri bo‘lsa-da, ancha kamtar inson ekanligiga guvoh bo‘ldim.

Murabbiylar shtabidagi boshqa hamkasblarim borasida ham iliq fikrlarni bildiraman. A’zam Rajabbayevni oldindan bilaman. Yosh va mahoratli murabbiy.  U oldin “Navbahor” U-18 yoshlar jamoasida ishlagan. O‘sha paytda  u bilan ko‘p marotaba muloqot qilganman.

Darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikovni esa Muborakning  “Mash’al” klubidagi faoliyatidan buyon ancha yaxshi taniyman.

Mustafo Jeferovich Bayramov esa “Navbahor”ning haqiqiy afsonasi. Ushbu jamoani esga olinganida ko‘pchilikning xayoliga Mustafo Bayramov keladi. U “Navbahor”ga eng fidoyi hamda sodiq inson.  

Bir so‘z bilan aytganda, “Navbahor”ning murabbiylar shtabidan ham ajoyib mutaxassislar o‘rin olishgan. Xudo xohlasa, endi barchamiz hamjihat holda,  bir maqsad yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib, mehnat qilamiz.

Kelajakdagi rejalar, tarkib va maqsad haqida

— Namangan viloyatini “O‘zbekistonning Braziliyasi” deyishadi. Buning boisi, o‘z vaqtida Namangandan ko‘plab taniqli futbolchilar yetishib chiqishgan. Bunga misol tariqasida milliy terma jamoamizning “sehrli tayoqchasi” bo‘lgan Anvar Soliyev, shuningdek, bosh jamoamizning ayni paytdagi sardori Odil Ahmedov, bundan tashqari, Shuhrat Mirxoldirshoyev, Xayrulla Karimov, Sherzod Jo‘rayev, Otabek Pirmatov, Sanjar Asqaraliyev singari futbolchilarni keltirish mumkin.

Lekin so‘nggi paytlarda ushbu yoqimli an’ana biroz to‘xtab qoldi. Buni yana davom ettirish maqsadida “Navbahor” PFK qoshidagi 17-sonli akademiyaga ixtisoslashgan futbol maktabini kelajakda xuddi “Nasaf” hamda “Bunyodkor” akademiyalari singari kuchaytirish kelajak rejalarimizdan o‘rin olgan. Buni amalga oshirish maqsadida ushbu futbol maktabiga tajribali mutaxassis Zoyir Hasanovni taklif etdik. Namanganlik murabbiylar undan ko‘p narsa o‘rganishlari mumkin. To‘g‘ri, akademiya bir – ikki yil ichida o‘z mevasini bermasligi mumkin. Lekin 6-7 yil ichida “Navbahor”ning asosiy tarkibida o‘ynashga qodir bo‘lgan avlod yetishib chiqadi hamda chetdan o‘yinchi xarid qilishga hojat qolmaydi. Axir, Namangan  viloyati iqtidorlilarga boy-ku!

Buni amalga oshirish uchun qo‘limizdan kelganicha mehnat qilamiz, degan umiddaman.      

Yangi mavsumda “Navbahor”ning oldiga jiddiy maqsad, ya’ni Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘lanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi.

Ta’kidlaganimdek, o‘tgan mavsumdagi tarkib o‘zagining saqlab qolinishi ham jamoaning yutug‘i bo‘ldi. Ushbu maqsadni amalga oshirish, tarkibni maksimal darajada kuchaytirish uchun yana ikki — uch nafar tajribali futbolchilarni tarkibga jalb etishga intilamiz.

Albatta, boshqa jamoalar ham qarab turmaydi va ular ham o‘z tarkibini kuchaytirishga harakat qiladi.  

Ammo Superligamizda kuchli klublar qancha ko‘p bo‘lsa, bu terma jamoaga shuncha foyda beradi. Chempionatimizdagi har bir o‘yin kurashlarga boy tarzda kechadi.

So‘zim yakunida bizga qulay sharoitlarni yaratib berayotgan, shuningdek, Turkiyada sal kam bir oy davomida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borish uchun  amaliy yordamlarini ayamagan Namangan viloyat hokimi Xayrulla Hayitbayevich Bozorov, Namangan shahar hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzaqov hamda “Navbahor” PFK vise-prezidenti Oybek Arifovich Samatovga o‘zim hamda jamoamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Biz yangi mavsumda ularning ishonchlarini oqlash va muxlislarga uzoq kutilgan OCHL yo‘llanmasini taqdim etishga barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Mamlakatimizda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Navbahor” muxlislaridan esa jamoani doimo qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rardim. Bu futbolchilarning kuchiga kuch qo‘shadi.

Barcha muxlislarga sog‘lik-salomatlik tilab qolaman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 14:42, 22.01.2020. O'qildi: 2951 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 21
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.