Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Anzur Ismoilov bilan oilasi, faoliyati va amalga oshmagan orzusi haqida katta intervyu

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy mavsumdan yana "Paxtakor" sharafini himoya qiladigan Anzur Ismoilov ayni paytda Abu Dabidagi yig‘inda qatnashmoqda. Klub matbuot xizmati bilan intervyuda 2020 yilgi mavsumdagi maqsadlar, oilasi va boshqa mavzular haqida qiziqarli savollarga javob qaytardi.

Avval siz o‘ynagan va hozirgi “Paxtakor” qanchalik farqli? Nimalar o‘zgarishsiz qolgan?

Oldin men o‘ynagan «Paxtakor» va hozirgi jamoa umuman boshqa-boshqa, ammo klubda maqsadlar hamisha yuqori bo‘lgan va shunday qolgan. Albatta, bu chempionlik, kubokdagi g‘alaba va Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok. Hozirda “Paxtakor” har taraflama professional, murabbiylar shtabi, vitaminizasiya va mashg‘ulot jarayonlari bilan birga.

“Paxtakor”ning 2019 yilgi mavsumiga qanday ta’rif berasiz?

Jamoa uchun ajoyib mavsumga aylandi. O‘zbekistonda barcha turnirlarda zafar quchdi. Lekin Chempionlar ligasida guruhdan chiqib, yo‘lni uzoqroq davom ettirishini ko‘pchilik kutgandi. O‘zbekistonda jamoa barchadan kuchliroq edi. Buni ular amalda isbotlashdi.

Nima uchun aynan «Paxtakor”ga qaytdingiz?

Jamoa qancha o‘ynashga imkonim yetsa, shuncha o‘ynab berishimni taklif qildi. Bir yil yoki ikki yil. “Paxtakor”da maqsad va rejalar yuqori. Faoliyatimni chiroyli tarzda chempionat, kubokda zafar quchib, Chempionlar ligasida yuqori natijalar bilan yakunlashni xohlardim. Shu sababli shu yerdaman.

Bir oz oilangiz haqida suhbatlashsak. Rafiqangiz Marokashdan, u bilan tanishuvingiz noodatiy kechgan bo‘lsa kerak.

Ha, u Marokashdan. Tanishuvimiz Xitoyda samolyotda bo‘lgan, u styuardessa edi. Undan raqamini berishini so‘radim, rad qildi. Oradan ikki oy o‘tdi, yana Xitoyda samolyotda uni uchratdim va yana raqamini so‘radim. Agar bu safar raqamini bermasa, baqirishimni aytdim. Bu ish berdi. O‘sha oqshomdan boshlab yozishishga tushdik, keyin esa uchrashdik. O‘shandan sevgi tariximiz boshlandi.

Uning O‘zbekistonga moslashuvi qanday kechdi?

Qiyin deb aytmagan bo‘lardim, barchasi yaxshi o‘tdi. Kelgunicha rus tilini o‘rganib bo‘lgandi. U 6 tilda muloqot qila oladi. Uch oy ichida rus tilini juda yaxshi o‘rgandi. Kelganidan keyin ota-onam bilan tanishdi. U rus tilida gapirganda ota-onam hayratlanib qolishgandi. Ular rafiqamning Marokashdan ekanigani ishonishmasdi. Chunki Marokash Afrikada, u yerda esa qora tanlilar yashaydi, rafiqam esa rusga o‘xshardi. Oilamizga u shunday kirib keldi. Bu juda quvnoq bo‘lgandi. O‘zbekistonni u juda yoqtirib qoldi, bu yerda barcha narsa ma’qul keladi.

Rafiqangiz arab, fransuz, ingliz, xitoy, ispan, portugal va rus tilida suhbatlasha olishini ta’kidlagan. Uyda bolalar bilan qaysi tilda muloqot qilasizlar?

Bolalarimiz Marokashda tug‘ilgan, rafiqam bilan ingliz tilida gaplashamiz. Aytgancha, u biladigan tillar qatoriga o‘zbekchani ham qo‘shsak bo‘ladi. U tilimizda gapiradi va tushunadi. Bolalar bilan ingliz tilida suhbatlashardik, ammo Xitoyda uzoq yashaganimiz sababli xitoychada ham gaplashishga to‘g‘ri kelgan. Marokashda ular fransuzchada gapira boshlashdi. Shunday holat yuzaga kelgan. Hozir esa ular rus va o‘zbek tilida yaxshi muloqot qilishadi.

– Soukaina o‘yinlaringizni stadionda kuzatib boradi. Sizda bir vaqtning o‘zida shunday muxlis va rafiqa borligidan g‘ururlanasizmi?
U bolalar bilan stadionga keladi, muxlislik qiladi va qo‘llab-quvvatlaydi. Futbol ko‘radi, o‘g‘limni mashg‘ulotga olib boradi. O‘zimda vaqt bo‘lsa, o‘g‘limni mashg‘ulotga olib boraman. Rafiqamning otasi Marokashda o‘smirlar maktabida murabbiy bo‘lgan. Demak, uning oilasi ham futbol bilan bog‘langan.

BLIS
Futbolda amalga oshmagan orzu?
Jahon chempionatida qatnashish

Futbol muxlislari
Ularning doim ko‘proq bo‘lishlarini xohlardim. Stadionlarimizni to‘ldirishsa. Biz ular uchun o‘ynaymiz. Namangan, Buxoro va Qarshida ko‘pincha stadion to‘ladi, u yerga borish yoqimli. Toshkentda ham bunday holat ko‘proq bo‘lishini istardim.

Futboldan tashqari xobbi
Oilam bilan dam olish. Dengizga borish, tog‘da sayr qilish, voleybol o‘ynash.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 15:29, 28.01.2020. O'qildi: 5053 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик