Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba.

  • Superliga
      • 03.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • 2:1
      • Dinamo
      • 03.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • 2:1
      • Mash’al
      • 03.04.2026 20:15
      • Nasaf
      • 1:0
      • Andijon
      • 04.04.2026 17:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • OKMK
      • 04.04.2026 18:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Neftchi
      • 04.04.2026 19:15
      • Surxon
      • -:-
      • Buxoro
  • La-liga
      • 04.04.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:0
      • Elche
      • 04.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Levante
      • 04.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Madrid
      • 04.04.2026 21:30
      • Betis
      • -:-
      • Espanyol
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Barselona
      • 05.04.2026 17:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 05.04.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Selta
      • 05.04.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Sevilya
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Osasuna
  • «A» Seriya
      • 04.04.2026 18:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Kalyari
      • 04.04.2026 21:00
      • Verona
      • -:-
      • Fiorentina
      • 04.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Parma
      • 05.04.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Bolonya
      • 05.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Torino
      • 05.04.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Roma
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 4 12
2 Buxoro 4 10
3 Bunyodkor 5 10
4 Nasaf 5 10
5 Paxtakor 4 9
6 Navbahor 5 9
7 Lokomotiv 5 7
8 Xorazm 5 7
9 Andijon 5 6
10 Qizilqum 4 6
11 Qo‘qon-1912 5 5
12 OKMK 4 4
13 Dinamo 5 4
14 Surxon 4 4
15 So‘g‘diyona 5 2
16 Mash’al 5 0

O'tgan o'yinlar.

5-тур So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
5-тур Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
5-тур Xorazm 2-1 Dinamo
5-тур Navbahor 2-1 Mash’al
5-тур Nasaf 1-0 Andijon

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Paxtakor - OKMK
04/04/26 Qizilqum - Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Bunyodkor» «Baniyas» bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Bunyodkor
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Bunyodkor» futbol klubi BAAning «Baniyas» jamoasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

«Bunyodkor» futbol klubi barcha yo‘nalishlarda keng ko‘lamda ish olib borayotgani hech kimga sir emas. Akademiya faoliyatining kengayishi, turli hududlarda filiallarni ochilishi, yaqindagina OFK tomonidan akademiyaga «ikki yulduz akademiya» maqomi berilishi, marketing yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Klub doirasida olib borilayotgan islohatlar kengaymoqda. Kuni kecha klubimiz mutasaddilari BAAga safar uyushtirib, «Baniyas» jamoasi rahbarlari bilan uchrashdi.

Avvalo «Baniyas» klubi haqida ma’lumot bersak. Bu jamoa nafaqat futbol, balki sportning boshqa turlariga ham ixtisoslashgan klub hisoblanadi. 1982 yil tashkil topgan «Baniyas» qoshida futboldan tashqari voleybol, basketbol, gandbol jamoalari bor. BAAning yuqori ligasida ishtirok etadigan klub uy uchrashuvlarini 10 ming muxlisni sig‘diradigan «Baniyas» stadionida o‘tkazadi. Lekin klub direktorlar kengashini bu qoniqtirmagani sababli jamoa uchun sport shaharchasini qurish rejalashtirilgan. Aniqrog‘i, qurilish ishlari boshlanib bo‘lgan. Sport shaharchasida jamoa uchun barcha sharoitlar muhayyo qilinadi. Xususan, katta-kichik mashg‘ulot maydonchalari, sportning turli yo‘nalishlari uchun yopiq zal, qolaversa, suzish havzasi, o‘quv-mashg‘ulot bazasi, mehmonxona, savdo markazlari qurilishi ham rejadan o‘rin olgan. Qisqacha aytganda, umumiy qiymati 1 milliard 100 million AQSH dollarini tashkil qiladigan mazkur shaharchada barcha istaganingizni topasiz. Ahamiyatlisi, barcha mablag‘ klub tomonidan ajratilmoqda. Qurilish ishlariga dunyoning turli burchaklaridan o‘z ishining eng kuchli mutaxassislari jalb qilingan. 

Ikkala jamoa rasmiylarining uchrashuvidan asosiy maqsad klublar o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, buni hujjatlarda rasmiylashtirish edi. Tadbirda «Baniyas»ning direktorlar kengashi raisi doktor Ahmad Nosir Al Raisi boshchiligidagi kengash a’zolari hamda «Bunyodkor» Bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev, bosh hisobchi Bekzod Egamov, moliya menejeri Shomurod Isroilov, marketing bo‘limi xodimi Shuhrat Turdiyev ishtirok etdi.

Muzokaralarga ko‘ra, ikkala klubning akademiya jamoalari BAA hamda O‘zbekistonda tashkil etiladigan musobaqalarda qatnashishi, murabbiylarning malaka oshirishi, shuningdek, ayollar hamda asosiy tarkibning o‘rtoqlik o‘yinlari, marketing bo‘limlarining hamkorliklari bo‘yicha kelishuvga erishildi. «Barchamizga ma’lumki, «Baniyas» nafaqat BAAda, balki Osiyoda ham taniqli jamoalardan biri. Bu jamoa Osiyo Chempionlar ligasi doirasida Toshkentga tashrif buyurgan, o‘zbek muxlislariga yaxshi tanish. Shuningdek, «Bunyodkor» ham Chempionlar ligasining doimiy ishtirokchilaridan biri,\qit’ada o‘z o‘rni va nufuziga ega. O‘ylaymanki, Osiyodagi taniqli ikkala klubning xalqaro kelishuvi tomonlar uchun foydali va samarali bo‘ladi», deya fikr bildirdi «Bunyodkor» Bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev. 
 
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, «Baniyas» futbol klubi rahbarlarini Toshkentga tashrif buyurishi mart oyiga rejalashtirilgan. Mehmonlar «Bunyodkor» stadioni, akademiyasi, infrastrukturasi bilan yaqindan tanishadi. Shundan so‘ng tomonlar memorandumning amaliy bosqichiga o‘tishadi. O‘zaro kelishuvlar hayotga tatbiq qilinadi. 

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 21:12, 01.02.2020. O'qildi: 3778 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
4 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
5 Пахтакор Doston Hamdamov 2
6 Пахтакор Piotr Pajishek 2
7 Нефтчи Alisher Odilov 2
8 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
9 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
10 Насаф Sharof Muhitdinov 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик