Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shvesiya 7 6 4 17
8 Shveysariya 6 8 7 21
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Ikkinchi Karius» bo‘lma, Kepajon!

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Dunyoning eng qimmat darvozaboni Kepa Arrisabalaga so‘nggi turlarda Lempard tomonidan “chetga” surib tashlangani ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Stadion.uzham o‘z fikrini bildirish uchun vaziyatga xolis baho berishga urinib ko‘radi.

Darvozabonning xatolarini kechirib bo‘lmaydimi?

Agar doimo asosiy tarkibda maydonga tushsang, albatta o‘yin tempini darrov “ilib” olishing mumkin. Ayniqsa, yuqori ritm talab etiladigan chempionatlarda bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shunday bo‘lsa-da, darvozabonlar uchun bundan-da muhimroq omil mavjud. Bu ruhan “sinib” qolmaslik. Masalan, «Liverpul»posboni Loris Karius YECHL final o‘yinidagi xatolaridan so‘ng, shunchalar tushkunlikka tushib qoldiki, hatto Turkiya birinchiligida ham o‘ziga kelishga qiynalmoqda.

Kepaga qaytamiz. Yodingizda bo‘lsa, Kubok uchrashuvi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi bahsda zaxiraga olinishini istamay, Sarrining qaroriga qarshi chiqqan holda maydonni tark etmagan Kepa ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.“Tamaki shinavandasiga” qarshi borishga jur’at etgan darvozabon ruhiy tomonlama “sinib” qolmagani rost. Shunday bo‘lsa-da, uning maydondagi foydali harakatlari keskin kamaygani ham bor gap. Ayni damda kiper darvoza sari yo‘llangan zarbalarning 53 (kuchli beshlikdagi darvozabonlar o‘rtasida 123-o‘rindagi natija) foizinigina bartaraf etgan xolos. Bu ko‘rsatkich Alissonda 85 foiz ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, Lempardni tushunish qiyin emas. O‘tgan mavsumda qahramonimiz ancha ishonchliroq ko‘ringan va 14 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan bo‘lsa, bu mavsumda atigi 4 ta o‘yinda “yuzi yorug‘” bo‘ldi. Jamoa murabbiyi nafaqat o‘tkazib yuborilayotgan gollardan, balki Kepaning himoyachilarni boshqara olmayotganidan ham ranjimoqda. Futbolchilik faoliyatining katta qismini PetrChexdek yuqori saviyadagi darvozabon bilan bir jamoada o‘tkazgan Lempardning darvozabolarga baho berish mezoni yuqori ekanligi tushunish mumkin. Balki Frenk Chexdek buyuk darvozabonning fonida Kepaning xatolarini bizdan yaxshiroq ilg‘ayotgan bo‘lishi mumkin. Murabbiyi darvozabonni ochiqchasiga tanqid qilishga ham ulgurganidan ko‘rinib turibdi-ki, “Chelsi” ustozi 80 million yevrolik darvozabondan to‘liqlicha qoniqmayapti.

 

“Chelsi” yangi darvozabon izlashi shartmi?

Arrisabalaga nafaqat Frenk, balki Abramovichning ham “qora ro‘yxati”dan joy olib bo‘lgan. Kubok uchrashuvining penaltilar seriyasida maydonni tark etishni istamagan kiper yakunda seriyani boy bergani ko‘pchilikning yodida bo‘lsa, ajab emas. Uning o‘sha “qilig‘i”dan so‘ng, jamoa rahbarlari kim bilan ish qilishayotganini darrov anglashgani aniq. To‘g‘ri, Kepa keyinchalik “Ayntraxt” bilan uchrashuv so‘ngida “lotereya”ni yutib berib jamoani Yevropa ligasi finaliga olib chiqdi, biroq uning jamoada qolishi o‘sha qahramonlik bilan bog‘liq emas. Agarda, “aristokratlar”ga transfer ta’qiqi qo‘yilmaganda, katta ehtimol bilan Abramovich birinchi imkoniyat tug‘ilishi bilan ispanlik darvozabondan qutilgan bo‘lar edi. Endilikda, uning nafaqat xarakteri, balki xatolari ham ko‘zga tashlanishni boshladi.

 

Lempard jamoasida himoya juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Jamoa darvozasiga «Liverpul”niki singari kam zarba berishsa-da“Chelsi” baribir juda ko‘p gol o‘tkazib yubormoqda. Shu omil tufayli jamoalarning musobaqa jadvalidagi o‘rni ham tamomila o‘zgacha.

 

Lempard “Lester”ga qarshi uchrashuv oldidan Kepani zaxiraga olganidan xabaringiz bor. Barcha bu vaziyatga o‘zicha baho berishi mumkin. Bizningcha, Lempard Kabalyero variantini ham sinovdan o‘tkazish orqali transferga qo‘l urmay muammoni yechmoqchi bo‘lgandek tuyuldi. Ba’zilar, nega unda qishda ta’qiq olib tashlangan bo‘lsada yangi darvozabon sotib olinmadi deb o‘ylashlari mumkin. O‘rinli savol. Bilasizmi, zamonaviy futbolda kuchli darvozabonga ega bo‘lish tobora mushkullashib bormoqda. Kepa bilan bog‘liq vaziyat esa, yanada chigal. Ayni damda uning transfer qiymatida sezilarli pasayish kuzatilmoqda. Uni sotib yuborish yoki zaxiraga olish orqali katta pullarni shamolga uchirib yuborish xavfi paydo bo‘ladi. Yuqorida aytilganidek, uning o‘rnini bosishga qodir darvozabon uchun kamida yana 60 milliondan voz kechish kerak. Bu summaga Kepani uchun ketgan 80 millionni qo‘shsangiz, “Chelsi” qanchalar og‘ir vaziyatda ekanligini payqaysiz. Shunga qaramay, yaxshi yangiliklar ham yo‘q emas.

 

Jamoa skautlari anyni damda bir nechta iqtidorli darvozabonlarni ham “ko‘z ostiga” olib qo‘ygani rost. Masalan “Sheffild” posboni Din Xendersonni olaylik. Yoki “Everton” darvozaboni Pikford ham chakki tanlov emas. Anchelotti jamoasidagi tartibsizlik sababli Pikfordning o‘yinlari yorqin emas, biroq u Angliya terma jamoasining birinchi raqamli darvozaboni! U ham Kepa singari endi 26 yoshni qarshi oladi. Bu mavsumda o‘yini qovushmayotganga Nik Poup variant ham ko‘rib chiqilishi mumkin. To‘g‘ri, Poup avvalgidek emas, biroq hatto Poupning ham shaxsiy statistikasi ispaniyaliknikidan yaxshiroq taassurot qoldirmoqda.

Balki u ikkinchiDe Xeadir?


Mark Shvarser o‘zining “Chelsi”dagi so‘nggi mavsumida hamkasbi Kepani yana 15 yil yuqori saviyada futbol o‘ynay olishini bashorat qilgan edi. Bu bashorat amalga oshishi to‘liqligicha Lempardga bog‘liq. Ha, ha,aynan Lempardga bog‘liq. Qachonlardir De Xea ham tumanli albiondagi ilk mavsumlarida Arrisabalaga singari keskin tanqidlarga uchragan edi. O‘shanda Fergi bobo oxirigacha Davidga imkoniyat bergan va uning tanlovi yakunda to‘g‘ri bo‘lib chiqqan edi. Qaysidir ma’noda Lempardning darvozabonga ishonch bildirishi kelajakda kuchli posbonga ega bo‘lish imkoniyatini yaratishi mumkin, biroq bu shunchaki taxmin xolos. Coddaroq qilib aytganda —tavakkal qaror.

Achinarlisi shundaki, De Xeadan farqli o‘laroq o‘zini qo‘lga olish uchun Arrisabalagada imkoniyat juda kam. Murabbiyning undan “ko‘ngli sovib bo‘ldi”, ichki birinchilikda kuchli to‘rtlik uchun “boltachopqi” ketyapti va YECHLda “Bavariya”ga qarshi o‘yinlar tobora yaqinlashib kelmoqda. O‘zi shundoq ham qiziquvchan ingliz jurnalistlari tomonidan katta bosim ostida turgan Kepaga bu o‘yinlarda ikki hissa qiyinroq bo‘ladi. O‘zi uchun begona uslubda to‘p suruvchi birinchilikka to‘liq moslashmay turib, katta natija ko‘rsatish juda mushkul. Boz ustiga YECHL fovoritiga qarshi ikkita og‘ir uchrashuv ham ularni kutib turibdi.

Kepa yana asosiy tarkibga qaytishi, yana hech narsa bo‘lmagandek faoliyatini davom ettiraveradi, biroq asosiy savol ochiqligicha qolaveradi.Nima uchun Ispaniyadagi ikkinchi raqamli darvozabon uchun 80 million yevro to‘landi? U dunyo rekordini o‘rnatish uchun birinchi raqamli bo‘lishi kerak emasmidi? Masalan, Buffon uchun “Yuventus” transfer oynasini “portlatganda” barcha bu pullar havoga uchib ketmasligiga amin edi. Ikkinchi Oblak bo‘lishi kutilgan Kepa uchun Oblakning o‘sha paytdagi transfer summasini to‘lash yakunda baribir noto‘g‘ri qaror bo‘lib chiqdi.

Lempard qanchalar tirishqoq va harakatchan bo‘lmasin, ikkinchi darvozabon Villi bilan musobaqalarda g‘olib chiqishning iloji yo‘qligini bilib turibdi. Katta ehtimolki, murabbiylar ispaniyalik darvozabon bilan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali muammodan vaqtincha bo‘lsada chiqib ketishga urinib ko‘rishadi. Ularda ayni damda boshqa yechim ham yo‘q.

Lempard murabbiy sifatida darvozabonning kamchiligini darrov payqagani taxsinga sazovar, biroq kuchli mutaxassis muammolarni payqash bilan birgalikda bu kamchiliklarni qanday bartaraf etishni ham bilishi lozim. Grand klubda faoliyat olib borayotgan murabbiylarning o‘rtamiyonalar ustozlari bilan o‘rtadagi farqi ham ana shunda. Istaymizmi, yo‘qmi,Kepaning kelajagi qanday ko‘rinish olishi avvalo o‘ziga, keyin Lempard qabul qiladigan so‘nggi qarorga bog‘liq. Agar Frenk yozda yangi kiperni talab qilsa, katta ehtimol bilan Kepaning faoliyatida keskin burilish yuz berishi mumkin, biroq darvozabonda hammasini o‘nglash uchun imkoniyat hali-hamon saqlanib turibdi. Buning uchun mavsumning hal qiluvchi uchrashuvlarida yuqori motivasiya va sovuqqonlik bilan darvozani qo‘riqlash lozim.

Kichik imkoniyat

Qahramonimizga APLdagi tanaffus qo‘l kelishi mumkin. “Chelsi” 17 fevral sanasiga qadar qishki ta’tilga chiqib ketgan. 14 kundan so‘ng, jamoani “Manchester Yunayted” bilan oson bo‘lmagan o‘yin kutib turibdi. Oraliqda ispaniyalik darvozabon xotirjamlik bilan mavsumning hal qiluvchi bahslariga tayyorgarlik ko‘rish imkoniga ega. Umid qilamizki, Lempard ham, Kepa ham muammoni o‘zlari va jamoa uchun ijobiy hal etishni uddalashadi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:19, 03.02.2020. O'qildi: 7444 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.