Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ularni barcha yaxshi ko‘radi

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Zamonaviy futbolda birorta mashxur futbolchi yo‘qki, ularni yomon ko‘ruvchi muxlisalar bo‘lmasa. Xatto Ronaldu va Messi ham bunday muxlislardan xoli emas. Shunday bo‘lsada, ayrim futbolchilar bor-ki, ularni budun dunyo hurmat qiladi va yaxshi ko‘radi. Bugun ana shunday kam sonli futbolchilar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Ngolo Kante

Kamtarin, mehnatkash va oqko‘ngil Ngolo Kante haqida barcha birdek yaxshi fikrda ekanligini sezganmisiz? Ngolo amaldagi JCH g‘olibi, APL chempioni bo‘lishiga qaramay, maydonda ham uning ortida ham hech kim bilan janjallashmaydi. Vaholanki, u harakat qiladigan nuqtada keskinlik keragidan ortiq topiladi. Zamonaviy tayanch yarim himoyachilaridan farqli o‘laroq, Kante maydonda qo‘pollik ishlatmasdan ham o‘z ushini yuqori darajada amalga oshirishni uddalab kelmoqda. Muxlislar Ngoloni doimmo o‘zgacha hurmat qilib kelishgan.

Andreas Inyesta

Professional va juda kamtarin inson. “Barselona”ning yangi asrdagi eng kuchli ispan futbolchisi. Qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlar egasi. Aslida, u erishgan yutuqlar bilan maqtanish mumkin, biroq ispaniyalik yulduz bundan mustasno. U doimo maydonda o‘z ishini yuqori darajada bajarishga e’tibor qaratadi. Uning mashxurlik bilan hech qachon ishi bo‘lmagan. U bilan bir davrda harakat qilgan Xavi ham asablarini jilovlay olmagan pallalar bo‘lgan, biroq hech kim Andreasning g‘azabini ko‘rmagan. Hech qachon soch turmagiga vaqt ajratmagan mega yulduzni butun dunyo muxlilsari hurmat qilgan va qilib kelmoqda. Xatto u “Barselona”dan ketganida azaliy raqib muxlislari ham qarsaklar bilan olqishlab turgani yodingizda bo‘lsa kerak. Umuman olganda, Andreas Ispaniyani birlashtira olgan kam sonli futbolchilardan biri edi.

Sadio Mane

Sengallik futbolchining qo‘lida singan smartfonni ko‘rgan OAV bu mavzuni uzoq yoritishga harakat qilishdi. Haftasiga 170 ming funt maosh oladigan yigit har kuni yangi telefon olishga qodir, biroq Mane pullarini o‘tkinchi havasga ishlatib yuboradiganlardan emas. Boshqa futbolchilardan farqli o‘laroq, uning ajoyib yaxtasi, yoki super mashinasi yo‘q. U bu ishlarga sarf etiladigan pullarni Senegalda yangi maktab va shifoxonalar qurishga ishlatadi. Yaqindagina qahramnimiz o‘zi katta bo‘lgan shaxarcha uchun yangi maktab va shifoxona qurib berdi va bu uning rejasidagi so‘nggi hayriya ishlari emas. Shuningdek, uni Liverpul shaxridagi masjidda ham ko‘p uchratishadi. Masjid imomining aytishicha, amaldagi YECHL g‘olibi doimo xufton namozidan so‘ng, qolib masjidni tozalar va uyiga velosipedda qaytib ketar ekan.

Andrea Pirlo

Kamgap va juda aqlli futbolchi uzoq muddat davomida yuqori darajasini ushlab turishni uddalay oldi. Italiyaning uchta grand jamoalarida to‘p surganiga qaramay, uni muxlislar doimo yaxshi ko‘rishdi va hurmat qilishdi. Andrea maydonda hech kim bilan tortishmas, hech qachon janjalli vaziyatlarga tushib qolmas edi. O‘z futbolchilik faoliyati davomida qo‘lga kiritish kerak bo‘lgan deyarli barcha katta musobaqalarda g‘olib chiqqan Pirlo hech qachon intervyularda katta gapirmaslikka harakat qildi. Qiziqqon italiyalik futbolchilardan farqli o‘laroq, biror marotaba tanqidiy fikr bildirmadi. Ayni damda muxlislar uni  chinakam jentelmen sifati yodga olishlari ham shu sababli bo‘lsa, ajab emas.

Stiven Jerrard

Istanbuldagi fantastik final bosh qahramonlaridan biri Stiven Jerrard ham ushbu ro‘yxatdan joy olishga yuz foiz haqli insonlardan biri. U deyarli butun faoliyatini “Liverpul”ga bag‘ishlabgina qolmay, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Real Madrid” singari jamoalarning fantastik shartnomalarini ham rad etishga qodir chinakam klub sardori edi. Katta futbolga juda erta kirib kelgan ingliz 21 asrda “Liverpul”ning chinakam timsoli darajasiga ko‘tarildi. Afsuski, “Chelsi” bilan o‘yindagi sirpanish bo‘lmaganida, u APL chempionligini ham boshi uzra ko‘targan bo‘lar edi. Mayli bunisi boshqa masala. Jerrard “Liverpul”ga o‘smirin paytida keldi va katta inson sifatida uni tark etdi. U endi “Enfild”da maydonga tushmasada, muxlisalar u haqidagi qo‘shiqlarni tez-tez kuylab turishadi. Mana shunaqa hurmat egasi edi Jerrard.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:02, 06.02.2020. O'qildi: 7985 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик