Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Chexiya 0 0
2 Janubiy Koreya 0 0
3 JAR 0 0
4 Meksika 0 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

Navbatdagi o'yinlar.

11/06/26 Meksika - JAR
12/06/26 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Manchester Yunayted» tarixidagi qora sahifa...

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

1958-yil, 6-fevral. Klub Yevropa chempionlar kubogi doirasida Belgradda o‘yin o‘tkazib uyga qaytayotgandi. Samolyot yoqilg‘i quyib olish uchun Myunxenda to‘xtab o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Yonilg‘i bakining sig‘imi Belgraddan Manchesterga to‘xtamay parvoz qilish imkonini bermasdi.

Ish bitgach ekipaj ikki bor uchishga urinib ko‘rdi. Biroq, har ikki holatda ham chap dvigateldagi yuqori tebranish natijasida parvoz amalga oshmadi.

Grafikdan ortda qolishni istamagan ekipaj komandiri Myunxenda tunab qolib qolishni istamadi va uchinchi bor parvozga shaylandi. Bu orada kuchli qor yog‘ishi boshlangan va bu uchish yo‘lagi oxirida qor uyumi to‘planib qolishiga sabab bo‘lgandi. Layner bu hududga kirib borar ekan yerdan ko‘tarilish uchun lozim bo‘lgan tezligi pasaydi. Yakunda vaziyat nazoratdan chiqib, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagi oxiridagi to‘siqlarni yorib o‘tib, chap qanoti bilan yaqinroqdagi uyga borib urildi.

Bortdagi 44 insondan 21  nafari darhol jon berdi. Qolganlar orasida esa aksariyat xushini yo‘qotdi. Portlash ehtimolidan cho‘chigan komandir samolyotdan uzoqroqqa chekinishga buyruq berdi. Shunga qaramay MYU darvozaboni Harri Gregg xushsiz qolganlarga yordam berdi va bir necha insonni qutqarib qoldi...

Aeroport rahbariyati dastlab ekipaj komandiri Djeyms Teynni falokat sababchisi sifatida aybladi. Keyinchalik barchasi aynan aeroport xodimlarining mas’uliyatsizligi bois yuzaga kelgani oydinlashdi.

Fojiadan avval MYU o‘zining Angliya chempionatidagi qatorasiga uchinchi chempionligi uchun kurashayotgan, YECHKda yarim finalga chiqqan va allaqachon mamlakat kubogi sohibiga aylanib ulgurgandi. Keyinchalik klub o‘ziga kelishi uchun bir muncha vaqt kerak bo‘ldi. 1968 yil, oradan roppa-rosa o‘n yil o‘tib klub tarixida ilk bor Yevropada tengsiz bo‘ldi. Mett Basbi murabbiyligidagi bu jamoa tarkibida mash’um falokatdan omon chiqqan ikki nafar futbolchi bor edi. Ulardan biri bugungacha "Manchester Yunayted" o‘yinlarini "Old trafford" tribunalarida kuzatib kelmoqda. Bu inson - Ser Bobbi Charlton!

"Manchester Yunayted" klubi,  uning ashaddiy va ayni  vaqtda samimiy muxlislariga bag‘ishlanadi.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovorif
Kiritildi: 15:43, 06.02.2020. O'qildi: 6341 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик