Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 01.11.2025 01:00
      • Xetafe
      • 2:1
      • Jirona
      • 01.11.2025 18:00
      • Vilyarreal
      • 4:0
      • Rayo Valyekano
      • 01.11.2025 20:15
      • Atletiko
      • 3:0
      • Sevilya
      • 01.11.2025 22:30
      • Real Sosyedad
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 02.11.2025 01:00
      • Real Madrid
      • 4:0
      • Valensiya
      • 02.11.2025 18:00
      • Levante
      • -:-
      • Selta
      • 02.11.2025 20:15
      • Alaves
      • -:-
      • Espanyol
      • 02.11.2025 22:30
      • Barselona
      • -:-
      • Elche
      • 03.11.2025 01:00
      • Betis
      • -:-
      • Malyorka
  • Superliga
      • 01.11.2025 17:00
      • Andijon
      • 1:1
      • Buxoro
      • 02.11.2025 15:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Surxon
      • 02.11.2025 15:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 02.11.2025 17:15
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Qizilqum
      • 03.11.2025 18:30
      • Paxtakor
      • -:-
      • Bunyodkor
  • «A» Seriya
      • 01.11.2025 19:00
      • Udineze
      • 1:0
      • Atalanta
      • 01.11.2025 22:00
      • Napoli
      • 0:0
      • Komo
      • 02.11.2025 00:45
      • Cremonese
      • 1:2
      • Yuventus
      • 02.11.2025 16:30
      • Verona
      • -:-
      • Inter
      • 02.11.2025 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lechche
      • 02.11.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Piza
      • 02.11.2025 22:00
      • Parma
      • -:-
      • Bolonya
      • 03.11.2025 00:45
      • Milan
      • -:-
      • Roma
      • 03.11.2025 22:30
      • Sassuolo
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 01.11.2025 20:00
      • Byornli
      • 0:2
      • Arsenal
      • 01.11.2025 20:00
      • Kristal Pelas
      • 2:0
      • Brentford
      • 01.11.2025 20:00
      • Fulhem
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 01.11.2025 20:00
      • Nottingem Forest
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 01.11.2025 20:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Lids
      • 01.11.2025 22:30
      • Tottenhem
      • 0:1
      • Chelsi
      • 02.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 2:0
      • Aston Villa
      • 02.11.2025 19:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 02.11.2025 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Bornmut
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 27 58
2 Neftchi 26 57
3 Paxtakor 26 52
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 26 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 Qizilqum 26 32
9 So‘g‘diyona 26 31
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 26 29
12 Surxon 26 28
13 Buxoro 27 25
14 Xorazm 27 24
15 Mash’al 26 23
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

02/11/25 Neftchi - Surxon
02/11/25 Mash’al - Qo‘qon-1912
02/11/25 So‘g‘diyona - Qizilqum
03/11/25 Paxtakor - Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 8371 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2881 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

16 yoshgacha qizlar bilan mashg‘ulot o‘tkazgan Erling Xoland haqida qiziqarli ma’lumotlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Erling bugun ham o‘zining nimalarga qodir ekanligni isbotlab qo‘ydi. Bugun uning “Borussiya” safidagi fantastik statistikasiga alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Uning “Zalsburg” va “Molde” jamoalari safida nimalar qilganidan ko‘pchilikning xabari bor, biroq uning birinchi jamoasi sanalmush «Bryune» klubidagi sarguzashtlari kichik sirligicha qolmoqda. Bu futbolchini yaqindan bilish uchun juda muhim kerakli ma’lumotlar bo‘lishiga shubhamiz yo‘q. Sababi, "PSJ"ga qarshi uchrashuv qahramoni 16 yoshga qadar aynan «Bryune» jamoasda futboldan saboq olgan.

Erling 2000-yilda Angliyaning Lids shahrida dunyoga keladi. O‘sha paytlari uning otasi Alf-Inge endigina “Manchester Siti” klubiga bilan shartnoma imzolagan edi. Alf Erling 3 yoshga to‘lganda butsalarini mixga iladi va oilasi bilan tug‘ilib o‘sgan Norvegiyaning Bryune shahriga qaytib keladi.

Bryune Norvegiyaning janubiy g‘arbida joylashgan 12 ming aholiga ega kichik shaharcha. Ushbu shaharcha 1980-yilga qadar kombayn va ekskavator ishlab chiqargan bo‘lsa, ayni damda to‘liqligicha qishloq xo‘jaligiga moslashgan. Bryune shahri skandinaviyalik mashhur haykaltarosh Fris Reudoning vatani hisoblanadi. Shuningdek, shaharda “Bryune” futbol klubi ham mavjud. Bu jamoa 2001-2003-yillar oralig‘ida Norvegiyaning oliy dvizionida kurash olib borganiga qaramay, ayni damda 3-divizionda jon salqab qolish bilan ovora.

Xoland ham barchasini “Bryune”da boshlagan

Erlingning ota-onasi “Bryune” klubi sport maktabiga o‘g‘lini 6 yoshda joylashtiradi. Futbolchi o‘zining ilk klubi safida kirib kelishidan 4 oy avval “Bryune” qishda ham shug‘ullanish mumkin bo‘lgan sport zalini qurib ishlatish uchun topshirgan edi. Aynan shu kichik detal yakunda hal etuvchi rolni ijro etib berdi. Gap shundaki, Norvegiya iqlimi sovuq mamlakat bo‘lgani bois, yosh futbolchilar qishda to‘p tepishga qiynalishar, bahorda esa kuchli yomg‘ir sababli mashg‘ulot o‘tkazishning iloji yo‘q edi. Qahramonimiz sport maktabida avvaliga gandbol, keyin yengil atletika bilan jiddiy shug‘ullanadi. 10 yoshga to‘lgachgina, futbolchi bo‘lishiga qaror qiladi. To‘g‘ri, Erling “Bryune”dagi tengdoshlaridan bir bosh balandroq futbol o‘ynar edi, lekin 12 ming aholisi bor kichik shaharchadagi bolani katta klublarda to‘p surishiga ko‘pchilik shubha qilgan.

Xoland shug‘ullangan guruhda bir yo‘la 40 bola bo‘lib, murabbiylar yosh futbolchilarning imkoniyatlariga qarab guruhlarga ajratishmagan. Zamonaviy uslublarga qarshi chiqqan norvegiyalik murabbiylar iqtidorli va iqtidori yo‘q bo‘lajak futbolchilarni birga mashg‘ulot o‘tkazishlarini istashadi. O‘zgacha yondashuv. Shunday emasmi? “Bryune” barcha yosh futbolchilarni bir guruhda jamlagancha deyarli 10 yil davomida bolalarga futboldan saboq berishadi. Erlingning o‘sha davrlardagi jamoadoshi Tort Saltening aytishicha, murabbiylarning bunday uslubdan foydalanishi katta naf keltirgan ekan: “Bizda doimo maydonga kuchli futbolchilar tushar edi desa, adashmagan bo‘laman. Shunga qaramay, biz guruhdagi futbolchilarning barchasi bir saviyadagi futbolchilar deb hisoblar edik. Hech kim o‘zini ojiz his etmagani uchun maydonda o‘zini erkin tutar, xato qilishdan qo‘rqmay futbol o‘ynar edik”.

Erling 16 yoshga qadar hatto qiz bola bilan ham bir jamoada to‘p surishga muvaffaq bo‘lgan. Kulishga shoshilmang! Erling bilan bir guruhda shug‘ullangan Andrea Nordxaym yaqindagina “Piteo” safida Shvesiya chempionligini qo‘lga kiritgan mashhur futbolchi qiz. Saltening aytishicha, klub qo‘llagan uslub futbolchilarni yanada yaqinroq bo‘lishini ta’minlab bergan ekan: “Mening akam ham shu akademiyada tahsil olgan, biroq u paytlari barchani bir jamoaga aylantirish metodikasi qo‘llanilmagan. Eski qo‘llanmaga ko‘ra, iqtidorlilar alohida, nisbatan kuchsizroq futbolchilar alohida guruhdalarda shug‘ullanar, bu esa ular o‘rtasidagi tafovutni keskin oshib ketishiga sabab bo‘lar edi. Masalan, kuchli guruhdagi bolalar o‘sishdan to‘xtab qolsa, kuchsizroq bolalarda ruhiy “sinish” ko‘p kuzatilar edi”.

Dam olish kunlari Erlingning guruhi mashg‘ulotdan tashqari yig‘ilishar va kechgacha futbol o‘ynashgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, “Bryune” klubi bolalarga birinchi navbatda futboldan lazzat olishni o‘rgata olgan. Futbolchini Norvegiyaning eng katta akademiyalari chorlagan bo‘lsada, Erling “Bryune”da o‘zini baxtli his etgani uchun hech qayerga ketmaydi. Uning juda sabrli ekanligini ham alohida qayd etib o‘tish joiz. Qahramonimiz 2019-yilda “Yuventus” safiga borib qo‘shilishi mumkin edi, biroq u Avstriyada qolishni afzal ko‘rdi. Katta ehtimol bilan barchasiga sekin-astalik bilan erishishni rejalashtirgan bo‘lsa, ajab emas. Futbolchining o‘zi «Zalsburg” futbol klubi rasmiy saytiga bergan intervyusida shunday degan edi: “Agar “Bryune” bo‘lmaganida, meni birorta klubda ko‘rikdan o‘ta olmagan bo‘lar edim. Murabbiylar tanlagan uslub menga ham juda katta yordam bergan. Aynan ular sababli o‘zimni hech qachon o‘zgacha futbolchi deb his qilmaganman”.

Shu o‘rinda juda muhim faktni keltirib o‘tishimiz kerak. Erling o‘zi shug‘ullanayotgan guruhdagi eng bo‘yi past futbolchi bo‘lgan. Ayni damda 194 sm bo‘y egasining yoshlikdagi suratiga razm soling! 14 yoshli Tord Salte va uning tengdoshi Erling Xoland.

“Bryune” jamoasi murabbiylari futbolchining bo‘yi tezroq o‘sishi uchun maxsus dasturdan foydalanishadi. Unga ko‘ra, Erling har oyda kamida 1 santimetr o‘sishi uchun, uning mashg‘ulotdagi yuklamalari yengillatiladi. Ba’zan unga shug‘ullanmaslikni ham buyurishgan paytlar bo‘lgan. Erling sabr va matonat bilan bo‘y borasidagi barcha muammolarni yengib o‘tadi, biroq uning ozg‘in oyoqlari yakka kurashlarda ko‘pincha pand bera boshlaydi. Qahramonimizning bu muammosiga o‘sha paytlardagi “Molde” ustozi One Gunar Sulsher yechim topadi. Futbolchining aytishicha, Sulsher Erlingni bir necha oy uglerodli taomlar iste’mol qilishini talab qilgan ekan. Hujumchi 12 kg ortiqcha vazn to‘plagach, undagi bor yog‘larni tosh ko‘tarish orqali mshaklarga aylantirishadi.

“Molde”da uning jismoniy imkoniyatlariga mos tushmagan atlet tanasi uchun “Manchild” (ulkan bolakay) laqabi beriladi. U bilan 40 ta bolakaylar safida shug‘ullangan futbolchilarning aytishicha, Erling doimo sovuqqon va murabbiylar talabini bajarishga intiluvchanligi bilan qolganlardan doimo ajralib turgan. Uning birinchi ustozi Berntsen futbolchini quyidagicha xotirlaydi: “Erling juda mehnatkash bolakay edi. Ochig‘i, uni biror marotaba mashg‘ulotlarda dangasalik qilganini ko‘rmaganman. Bundan tashqari, u o‘z vaqtida uxlashga va to‘g‘ri ovqatlanishga doimo e’tiborli bo‘lgan”.

Erling bugun "PSJ" darvozasiga ikkita gol urganiga qaramay, o‘yindan so‘ng bergan intervyusida uni futbolchi qilib tarbiyalagan shahar jamoasiga minnatdorchilik bildirishni unutmadi. Xoland o‘zini juda yaxshi his etgan kamtarin “Bryune” haqidagi shirin xotiralarini abadiy saqlab qoladi degan umiddamiz.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 20:34, 19.02.2020. O'qildi: 5086 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Насаф Husayn Norchayev 14
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Luis Kachorri 8
8 Насаф Dragan Cheran 8
9 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
10 Бунёдкор Imeda Ashortia 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.