"Andijon” - “Buxoro” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Maksim Shaskix ishtirok etdi.
- To‘g‘risini aytsam, o‘yin menga yoqdi. Xavfli vaziyatlarni ko‘p yarata olmagandirmiz, biroq o‘yin tashkil qilish va uning sifatidan ko‘nglim to‘ldi. To‘g‘ri, g‘alabaga erisha olmaganimiz chakki bo‘ldi, lekin futbolchilar ishtiyoq bilan harakat qilishdi. Ulardan minnatdorman. Raqib ham yaxshi jamoa, ular O‘zbekiston Kubogi finalchisi. Biz finalchilarga qarshi maydonga tushdik. Qiziqarli va kurashlarga boy o‘yin guvohiga aylandik.
- G‘alaba uchun nima yetishmadi?
- Gollar yetishmadi. G‘alaba uchun gollar kerak va to‘p o‘tkazib yubormaslik lozim.
- Zaxiradan ko‘p o‘yinchi tushirilmadi. Umuman, maydonda o‘ynagan o‘yinchilarning harakatlariga qanday baho berasiz?
- Yana qaytaraman: bugungi o‘yindan qoniqdim. Almashtirishlar me’yorida. Taqvim tig‘iz, biz endi safarga chiqamiz va muhim o‘yin kutmoqda. E’tiborimizni endi shunga qaratamiz. Umuman olganda, zaxiradan tushganlar yaxshi harakat qilishdi, yomon emas.
- “Andijon”ni endi Bahraynda o‘yin kutmoqda. Bo‘lajak uchrashuv oldidan jarohat olganlar yo‘qmi, tayyorgarlik qanday bo‘ladi?
- Xudoga shukurki, jarohatdagi o‘yinchilar tiklanishdi. Zoteev ham, Mamatkazin ham mashg‘ulotlarda qatnashishyapti. Ular ko‘ngildagidek harakat qilishsa, natijalarimiz ham ijobiy ko‘rinish olishi mumkin. Zoteev jamoa bilan safarga ketadi, Mamatkazinga yana biroz vaqt kerak. Balki ertaga o‘rinbosarlar bahsida 45 daqiqa o‘ynatib ko‘rarmiz.
- Otabek Jo‘raqo‘ziyevni o‘yinidan qoniqish hosil qilyapsizmi?
- Ha, qoniqyapman" - dedi Shaskix.