Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronaldu sindromi bilan og‘rigan Azar yoki "Real"ning muammosi nimada?

Baho:
+3 | -1
YEVROPA / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yaqindagina Eden Azarning “Barselona” va “Manchester Siti”ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi borasida xabarlar tarqaldi. Ochig‘i,bunday yangilikdan so‘ng, belgiyalik futbolchi va uning yangi klubiga havas qilishning iloji yo‘q. Shunga qaramay, Eden “Real Madrid”ning yagona muammosi emas...

Aslida “Real Madrid”ning asosiy muammosi hali-hanuz Ronalduning yo‘qligi bo‘lib turibdi. Portugaliyalik jamoadan ketgach, klub uning o‘rnini ruhan va jismonan bosishga qodir futbolchini olib kelishni uddalay olmadi. Eden Ronaldu ketgach oradan bir yil o‘tib jamoaga taklif etildi. Keling,tan olaylik, Azarning Ronaldu bilan o‘xshash qirralari deyarli yo‘q edi. U hech qachon mavsum davomida 40 ta gol urmagan. Bundan tashqari, Azarning maydondagi asosiy funksiyasi so‘nggi zarbani berish emas, so‘nggi pasni ijro etishdan iborat. Eden qaysidir ma’noda ish berishi mumkin edi, biroq undagi jarohatlar bunga to‘sqinlik qildi. Agar jarohatlar bo‘lmaganida ham o‘ylashimcha juda katta effekt bermagan bo‘lar edi. Sababi, belgiyalik futbolchi jamoaga ijobiy ta’sir o‘tkazishi uchun markazda gol-odam harakat qilishi kerak.

Ochig‘i, Karim Benzemaning o‘yin uslubi biroz o‘zgacharoq. U jamoaviy o‘yinni xush ko‘ruvchi aqlli hujumchi. Unda “qotillik” instinkti deyarli mavjud emas. Hozir “Real Madrid” muxlislarining qoshlari chimirilib ketgan bo‘lsa, ajab emas. Keling,so‘zlarimni statistik ma’lumotlar bilan isbotlab beraman.

Ayni dam La Ligada darvozaga zarba yo‘llash borasida “Real Madrid” (407 ta zarba) yaqqol yetakchilik qilmoqda, biroq kiritilgan gollar sonida emas. Masalan, jamoa 407 ta zarba orqali 46 ta gol kiritgan bo‘lsa, “Barselona” 322 ta zarbadan 62 ta gol “yasashga” muvaffaq bo‘lmoqda.

Barcha tanqid qilayotgan “Barselona”ning hujum chizig‘i deyarli ikki barobar saviyaliroq o‘yin ko‘rsatmoqda. Qaysidir ma’noda Ronalduning ketishi yakunlovchi zarbalardagi aniqlikka ta’sir o‘tkazmoqda. Shuningdek, portugaliyalik futbolchi davrida “Real Madrid” o‘zi ishtirok etgan uchrashuvlarning atigi 8 foizidagina hisobni ochmagan ekan. Bu ko‘rsatgich bugungi kunda 23 foizdan oshib ketdi.

 

Muammo faqat Ronalduning yo‘qligida emas aslida. Muammo shundaki, “Real Madrid” xuddi oldinda Ronaldu bor degan fikr bilan o‘ynayotganida. Jamoa hujum chizig‘idagi futbolchilar uchun shu qadar ko‘p vazyat yaratib beryaptiki, xuddi oldinda Gabriyel Batistuta yoki Filippo Inzagi o‘ynayotgandek go‘yo. Aslida Karim chakki hujumchi emas. Krish ketgach u ham o‘z mavqeini ancha tiklab oldi, biroq u yuqorida aytilganidek,super yakunlovchi emas. U to‘p bilan markazdan qanotga o‘tishi, bir yoki ikkita himoyachini chalg‘itishi mumkin, biroq kerakli pallada kerakli joyda paydo bo‘lishda hali-ham oqsamoqda. Uning gollari soni ortishi vaziyat o‘nglanganini bildirmaydi. Shunchaki, hujumchi endi markazda o‘ynashga harakat qilmoqda. Ba’zan bu naf bersa, ba’zan Karim vaziyatlarni ko‘kka sovurmoqda.

E’tibor qaratgan bo‘lsangiz kerak, so‘nggi paytlarda “Real Madrid”ning hujumlaridagi keskinlik yo‘qolib bormoqda. Ayniqsa, pozision hujumlar chog‘ida jamoada keskin paslar yoki yuqori temp umuman ko‘rinmayapti. Oqibatda, klub o‘z hujumlarini yaxshi tayyorlanmangan zarbalar bilan yakunlashga majbur bo‘lmoqda. Masalan, Eden uchun ham gol kiritishi uchun 12 ta urinish kerak bo‘ldi. Vaholanki,zarbalarning 11 tasi jarima maydonchasining ichidan yo‘llangan edi.

Ayni damda Eden –“Real Madrid” uchun chinakam falokatga aylanib ulgurdi. Belgiyalikning omadsizligini faqat jarohatlar bilan bog‘lash noo‘rin. Uning o‘zidan ham o‘tgan joylari mavjud. Masalan, Eden “Real”ga o‘tgach, o‘z karyerasidagi maksimum darajaga chiqqanini his etdi va o‘zini erkin qo‘yib yubordi. Uni Ispaniyadagi eng qimmat mehmonhonada xordiq chiqarayotgan suratlari ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgach, futbolchi o‘sha mashhur: “ta’tilda hamma narsa mumkin” so‘zlarini aytdi.

Insoniylik jihatidan olib qaralsa, Edenga achinishingiz turgan gap, biroq mavsum oldi voqealarni bir yodga oling?! Futbolchi yangi jamoasiga ortiqcha vazn bilan yetib kelgan, professional testdan o‘ta olmagani, 100 millionlik futbolchining yangi jamoasidai suratini fotoshopda tayyorlashgani, motivasiyasiz mavsum va boshqa ko‘plab biz bilmagan muammolar futbolchini 4 bor jarohat olishiga sabab bo‘lgani bor gap. Futbolchining so‘nggi jarohati uni kamida 2 oy safdan chiqishini ta’minlab berdi. Bu deyarli Azar uchun mavsum tugadi degani.

Ochig‘i, “qaymoqranglilar”ning hujumdagi no‘noqligini Eden Azar bilan bog‘lash noo‘rin. Shunchaki Eden Azarni sotib olishdan “Real Madrid” qanday foyda ko‘rgani tushunarsiz. Boz ustiga, "Real"ning nursiz mavsumida barchaning ko‘ngliga iliqlik bergan yosh Vinisiusning o‘rniga xuddi u singari harakat qiladigan yangi braziliyalikni olib keldi. Bunisiga nima deysiz? Umuman izohsiz qarorlar ko‘payib bormoqda.

 

Ochiqchasiga aytganda

Umuman olganda, “Real Madrid” so‘nggi mavsumlarda borgan sari o‘zi uchun zararga ishlaydigan qarorlarni qabul qilishda davom etmoqda. Eden Azar iqtidorlimi? Ha unda olamiz! Benzema hujumkor futbolchi va ajoyib 9-raqam egasimi? Bo‘lmasa-chi, nayzaning uchida u harakat qiladi! Biz qaysi jamoamiz? “Real Madrid”! Biz nimani istaymiz? Juda ko‘p gol kiritishni! Shuncha golni kim uradi? Bunisini bilmaymiz! Jamoa qanchalar kuchli futbolchilardan tashkil topgan bo‘lmasin, tarkibida Levandovski, Messi,Ronaldu yoki hatto Xoland singari yakunlovchi bo‘lmas ekan, jamoadan yuqori sifatli o‘yin kutish juda mushkul. Agar, buni anglab turib ham to‘purar hujumchisiz harakat qilinsa, ushbu klub yakunda barcha frontdagi sovrinlarni raqiblariga topshirib qo‘yishi aniq.

YA.U

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 09:32, 24.02.2020. O'qildi: 12414 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик