Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Parda ortidagi darvozabon

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Janubiy Amerikaning eng kuchli darvozabonlaridan biri – Klaudio Bravo borasida fikr almashadi.

Bugun “Manchester Siti”da juda kam ko‘rinish berayotganiga qaramay, Chili terma jamoasi darvozasini qo‘riqlayotgan va tez orada boshqa jamoaga o‘tishi mumkin bo‘lgan Klaudio Bravo borasida so‘z yuritamiz.

Yaqindagina “Manchester Siti” darvozasini Liga Kubogi finalida darvozani qo‘riqlagan Bravo o‘yindan so‘ng, jamoadan ketmoqchi ekanligi borasida fikr bildirdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Chili futboli tarixidagi eng kuchli darvozabon vaziyat taqozo qilganida emas, doimo o‘yin ichida bo‘lishni istamoqda. 36 yoshli darvozabonning bunday qarorga kelgani tahsinga sazovor!

 

Klaudio “Real Sosyedad” darvozasini klub uchun og‘ir kunlarda munosib himoya qilgan, “Barselona”ning nozik o‘yin uslubiga tezda moslashib ketgan posbon. Chililik kiper Ispaniyada ikkita chempionlik, ikkita mamlakat kubogi, YECHL, KO‘JCHni qo‘lga kiritibgina qolmay, “Barselona” tarixida eng uzoq muddat to‘p o‘tkazib yubormagan (754 daqiqa) darvozabon ekanligi ko‘pchilikning yodidan ham ko‘tarilib ketgan bo‘lsa, ajab emas. O‘z vaqtida Ter Shtegenni zaxira o‘rindig‘iga mixlab qo‘ygan Bravo ikki bor terma jamoa safida “Kopa Amerika” musobaqasi g‘olibiga aylandi. Bo‘yi atigi 180 sm bo‘lishiga qaramay, Bravo yakka kurashlarda va to‘p bilan munosabatda bo‘lish borasida benazir kiperlardan biri edi...

 

Aslida Bravo dunyoning eng kuchli darvozaboni sifatida Pep Gvardiola jamoasi safiga kelib qo‘shilganda, uning birinchi raqamli posbon bo‘lishiga hech kim shubha qilmagani aniq. Afsuski, “Kondora”(uning laqabi shunday)Angiliyada o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. U o‘zining debyut uchrashuvidayoq jamoasi uchun muammolar yaratishni boshlab yubordi. Barchasi omadsizstart 2016-17-mavsumning ikkinchi qismida Bravoning zaxira darvozaboniga aylanishi bilan yakunlandi. O‘sha davrlarda, uning jarangdor familiyasi va maydondagi o‘yinlari sira bir-biriga mos kelmayotgani butun ingliz nashrlari uchun asosiy mavzuga aylangani yodingizda bo‘lsa, ajab emas. Achinarlisi shundaki, Ispaniyadagi 10 yillik faoliyat va Chili bilan ko‘rsatilgan qahramonliklarni barcha qisqa muddatda unutib yuborildi.

Oradan bir yil o‘tib “Benfika”dan Ederson o‘z omadini sinab ko‘rish uchun “shaharliklar” safiga kelib qo‘shildi. “Manchester Siti” Edersonni dunyoning eng qimmat darvozaboniga aylantirdi. Bu esa, o‘z-o‘zidan uning zaxirada o‘tirmasligini anglatib qo‘ydi. Bravo esa, ikkinchi darajali uchrashuvlarda o‘z imkoniyatini kuta boshladi. Asosan aralash tarkib harakat qiladigan kubok o‘yinlari davrida Bravo bir necha bor qahramonliklar ko‘rsatdi, penaltilar seriyasini bir o‘zi yutib bergan o‘yinlar ham bo‘ldi, biroq Bravo Konfederasiyalar kubogining eng yaxshi darvozaboni deb e’tirof etilishi ham vaziyatni yumshata olmadi. To‘g‘rirog‘i, Bravoga ikkinchi imkon taqdim etmadi. 2017/18-yilgi mavsumda “Kondora” atigi 3 ta APL o‘yinidagina darvozani qo‘riqlagan bo‘lsa-da, aynan uning ishonchli o‘yini evaziga “Man-Siti”Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi. O‘tgan mavsumda darvozabon barchasiga nuqta qo‘yishi mumkin edi, biroq yana bir bor urinib ko‘rishga qaror qildi. Afsuski, jarohatlar uni deyarli boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ydi.

 

Bu mavsumga kelib darvozabon oyoqdagi og‘riqlardan xalos bo‘lgach, yana o‘z ritmiga tushib oldi. E’tiborlisi shundaki, noyabryoyida taqdir Chili sardoriga YECHL uchrashuvida maydonga tushish imkonini taqdim etdi. “Atalanta”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Edersonni almashtirgan darvozabon qizil kartochka sababli o‘yinni yakunlayolmadi. So‘nggi daqiqalarda Kayl Uoker uning qo‘lqoplarini kiygani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak.

 

Ederson kutilganidanda tezroq sog‘aygani bois, Bravo yana o‘z joyiga qaytarildi. Ushbu mavsumdagi Liga Kubogi final uchrashuvi ham “Kondora”ning benefisiga aylanib ketganini barcha ko‘rdi. Agar uning ishonchli va sovuqqon harakatlari bo‘lmaganida, “shaharliklar” sovrinni Grilish boshchiligidagi “Aston Villa”ning “bezorilari”ga berib qo‘yishi hech gap emas edi. Qaysidir ma’noda ikki mavsum YECHLdan chetda qolishi kutilayotgan jamoa uchun kubokdagi zafar katta yutuq bo‘lmasa-da, Bravoningo‘zi va muxlislar uchun hali hech narsa yakun topmaganini ko‘rsatib qo‘ydi.

 

Endilikda uning uchun sarflangan pullarni havoga uchdi deyishga hech kimning haqqi yo‘q! U omadsiz startni sovrinlar bilan berkitib tashladi. 36 yoshida dunyoning eng badavlat jamoasida katta maosh evaziga zaxira o‘rindig‘ida o‘yin tomosha qilish yoqimli, biroqBravo uchun emas! Britaniya nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, darvozabon o‘z faoliyatini uchta jamoada davom ettirishi mumkin ekan.

 

“Shaharliklar” o‘z darvozabonini MLSdagi “Nyu-York Siti”ga “uzatib yuborishlari” haqidagi mish-mishlarga ko‘zingiz tushgan bo‘lsa, ajab emas. Aslida “Siti”ning MLS variantida Shon Jonson ancha ishonchli ko‘rinmoqda. Katta ehtimol bilan Bravo u yerda ham ikkinchi darvozabon maqomida bo‘ladi. MLSda zaxirada o‘tirish bilan APL o‘yinlaridan chetda qolishning farqi katta.

 

Ikkinchi variant – Meksikaning “Monterrey” klubi. Meksika klubi darvozasini qo‘riqlayotgan 36 yoshli Marselo Baroveroning ishlari chakki emas, biroq Yevropadan kelgan yulduz statusidagi darvozabon uchun uni chetga surib tashlashlari aniq. Bravo Meksikada chempionlik uchun kurashda asosiy da’vogar sanalgan “Monterrey” jamoasida o‘zini ancha erkin his qilishi turgan gap. Boz ustiga, u yerda darvozabonlardan oyoq bilan yaxshi o‘ynashni hech kim talab qilmaydi!

 

So‘nggi variant. Jonajon “Kola-Kola” klubiga qaytish va o‘sha yerda so‘nggi nuqtani qo‘yish. Bravo bundan 14 yil avval ushbu klubni tark etgan edi. Endi unda “Kola-Kola”ga mashhur bo‘lib qaytish imkoni mavjud. Brayn Kortes jamoaning faxri uchun o‘z o‘rnini bo‘shatib berishdan qattiq ranjimasligi aniq. Sababi, Bravo yana bir mavsum yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatishi mumkin xolos, biroq qanday chiroyli yakun! Shunday emasmi?

 

Hozircha, qahramonimizning oldida bir-biridan qiziq uchta variant turibdi. Do‘ppini qo‘lga olib o‘ylasak, unda to‘rtinchi yo‘l ham bor ekan. Bu qanday yo‘l ekanligini anglagan bo‘lsangiz kerak. Manchester shaxrida qolish va yana bir kubokni qo‘lga kiritgancha boshni tik ko‘tarib barchasiga qalin nuqta qo‘yish.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:08, 08.03.2020. O'qildi: 4953 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.