Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 2:1
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • 0:0
      • Levante
  • Superliga
      • 27.04.2026 19:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Buxoro
      • 27.04.2026 19:00
      • OKMK
      • 2:1
      • Lokomotiv
      • 28.04.2026 19:00
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
      • 28.04.2026 19:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Surxon
      • 28.04.2026 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Nasaf
      • 29.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Xorazm
      • 29.04.2026 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 29.04.2026 20:00
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Navbahor
  • «A» Seriya
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • 3:2
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • 3:3
      • Udineze
  • APL
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • 2:1
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 9 24
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 9 12
9 Qizilqum 9 12
10 Xorazm 9 12
11 Surxon 9 11
12 Andijon 9 10
13 Qo‘qon-1912 9 8
14 Dinamo 9 8
15 So‘g‘diyona 9 6
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv

Navbatdagi o'yinlar.

28/04/26 Andijon - Dinamo
28/04/26 So‘g‘diyona - Surxon
28/04/26 Paxtakor - Nasaf
29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

La liga. «Real» ikkinchi marta «Betis»ni mag‘lub eta olmadi (videosharh)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Ispaniya chepionatining 27-turi doirasida «Real» safarda «Betis» klubi mehmoni bo‘ldi. Ketma-ket 6ta o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmayotgan andalusiyaliklar mavsum peshqadamini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘yin davomida ancha dadil harakat qilgan mezbonlar bahsning 40-daqiqasiga kelib hisobni ochishdi. Sidney 12 metrlardan kuchli zarba bilan "to‘qqizlik"ni nishonga oldi. Madridliklar esa birinchi bo‘limning o‘zida muvozanatni tiklashdi. Himoyachining ehtiyotsiz harakati tufayli jarima maydoni ichida Marselo yiqitildi. Benzemaning penaltidan yo‘llagan zarbasini darvozabon qaytara olmadi — 1:1.

Ikkinchi bo‘limda ham "Betis" o‘z tempini tushirmadi. 55-daqiqada Fekir va Kanales kombinasiya orqali Xoakinni yakkama-yakka vaziyatga chiqarishdi. U Kurtuani aldab o‘tdiyu, bo‘sh qolgan darvozaga zarba berish o‘rniga uzatma berishga qaror qildi. Ammo to‘pni Modrich egallab oldi. Bahsning 70-daqiqasida "Real" ketma-ket 3ta zarba bilan to‘pni darvozaga joylay olmadi: darvozabon, to‘sin va noaniq zarba.

Uchrashuvning 82-daqiqasida esa Benzema maydon markazida bergan uzatmani Kristian Telyo egallab oldi, katta tezlikdan himoyachilardan o‘tib ketdi va aniq zarba bilan "Madrid" darvozasini zabt etdi.

O‘yin so‘ngida Zidan jamoasi hisobni tenglashtirish uchun 2ta imkoniyatga ega bo‘ldi. Ammo Ramos va Benzema vaziyatlardan foydalana olishmadi.

Shu tariqa, "el-klasiko"da g‘alaba qozonib, birinchi o‘ringa qaytgan "Real", bitta turdan keyinoq yana ikkinchi pog‘onaga tushib qoldi. Qizig‘i, "qaymoqranglilar" birinchi davrada ham ushbu raqib bilan o‘yinda ochko yo‘qotishgan edi (0:0).

Ispaniya La ligasi, 27-tur
BETIS – REAL MADRID - 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 40 Sidney, 1:1 – 45+2, penalti Benzema, 2:1 – 82 Telyo.
Betis – Robles, Sidney, Bartra, Moreno (Pedrasa, 77), Edgar Gonsales (Rodriges, 73), Emerson, Guardado, Xoakin (Telyo, 66), Kanales, Fekir, Moron.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Marselo (Mendi, 59), Varan, Militao, Modrich (Valverde, 79), Kroos (Mariano Dias, 69), Kazemiro, Vaskes, Vinisius Junior, Benzema.
Ogohlantirishlar: Marselo (55), Guardado (74).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:16, 09.03.2020. O'qildi: 11628 marta. Fikrlar: 54 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 6
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Нефтчи Stipe Perisa 5
4 Сурхон Chinedu Stefan 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Бухоро Sherzod Esanov 4
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
9 Нефтчи Alisher Odilov 3
10 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик