Xalqaro dzyudo federasiyasi prezidenti Marius Vizer ijtimoiy tarmoqlar orqali tez-tez muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob berib turadi. Janob Vizer kecha tvitterdagi sahifasida dzyudo muxlislarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob berib o‘tdi. E’tiboringizga ular orasida qiziqarli bo‘lgan ba’zi savol-javoblarni havola qilamiz.
– Janob Vizer, Olimpiya o‘yinlari 2021 yilga kechiktirildi. Bu 2021 yil O‘zbekistonda o‘tishi kerak bo‘lgan jahon chempionatini 2020 yilga ko‘chirishi mumkinmi? Aytmoqchimanki, 2020 yil oktyabrdagi Toshkent Gran-prisi JCHga aylanib ketishi ehtimoli bormi?
– Hozir biz uchun mutlaqo yangi vaziyat. Albatta, vaziyat iziga tushgach, Olimpiya saralash musobaqalari va boshqa turnirlar taqvimini qaytadan ko‘rib chiqamiz.
– Dzyudoda Tokio-2021 uchun saralash tizimi qanday bo‘ladi endi?
– Tez orada Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bizga yangi yo‘riqnoma beradi. COVID-19 pandemiyasiga barham berilgach, biz ham yangi strategiya va taqvim ishlab chiqamiz.
– 2024 yilgi Parij Olimpiadasi ham Tokioda bo‘ladigandek 1 yilga surilishi mumkinmi?
– Tokio Olimpiadasining surilishini hozirgi kundagi vaziyat nuqtai nazaridan to‘g‘ri qaror deb bilaman. Bunday qarorga kelish oson bo‘lgani yo‘q. O‘ylaymanki, 2024 yilda barchasi yaxshi bo‘lib tursa, Parij Olimpiadasi o‘z vaqtida o‘tadi.



















































Ҳасанали ота
Фурқат Қурбонов
Холис таҳлилчи блоги
Жалолиддин Қобилжонов
Яҳёхўжа Улуғхўжаев
Сафарали Сиддиқов
«InterFutbol» газетаси
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги
Маъмуржон Ибрагимов

Қаҳрамон Асланов
Шуҳрат Шокиржонов
Шерзод Ражабов