Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jaloliddin Isoqulov: «Futbolchi hali hech narsa ko‘rsatmasdan turib, menga uni berasiz, buni berasiz demasligi kerak»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Surxondaryo futbolining yana bir afsonalaridan biri, o‘z vaqtida "Surxon", "Sho‘rchi-Lochin", "To‘palang" jamoalarida to‘p surgan, "YAPON" desa barcha muxlislar uni taniydigan, jarima zarbalari qiroli tajribali futbolchi, "Surxon" jamoasi sobiq futbolchisi Jaloliddin Isoqulov bilan suhbat uyushtirdik.

— Jaloliddin aka, uzoq yillardan so‘ng siz bilan yana suhbatlashib turganimdan xursandman. Aytingchi, futbolchilik faoliyatingizni tugatgandan so‘ng nimalar bilan bandsiz?
— Avvalo, shuncha yillik tanaffusdan so‘ng, meni eslaganiz uchun rahmat. Futbolchilik faoliyatimni yakunlagandan so‘ng, 2010 yildan beri Denov olimpiya zaxiralari maktab internatida murabbiy bo‘lib ishlab kelmoqdaman.

— Jalol aka, futbolchilik faoliyatingiz haqida ozroq gapirib bersangiz. O‘zi futbolga qanday kirib kelgansiz?
— Meni ilk bor futbolga dadam olib kelgan. Uyimizning yonida "Denov" markaziy o‘yingohi joylashgan edi va 7 yoshimdan men futbol bilan shug‘ullanishni boshladim. Adashmasam 1983-1984 yillarda futbol o‘ynay boshlaganman. Professional futbolga ilk qadamimni birinchi ligada "Sho‘rchi-Lochin" jamoasida boshlaganman. Meni "Sho‘rchi-Lochin" klubiga Ismoil Nomozov olib borgan. Bir mavsum birinchi ligada to‘p surdim. Shundang so‘ng, "Surxon" jamoasi safiga borib qo‘shildim. "Surxon"ga meni Sho‘rchi un zavod direktori Omon Beknazarov olib borgan. Shu tariqa futbolga kirib kelganman.

— O‘zingiz bilan bir paytda to‘p surgan Otabek Shomurodov, Bahodir Annamatov va boshqa futbolchilar bilan ham ko‘rishib turasizmi?
— Ha, albatta Otabek bilan ham, Bahodir bilan ham doim aloqadaman. Ular men to‘y qilganimda, yoki ular to‘y qilganda men xizmatda bo‘laman.

— Bir qator murabbiylar qo‘l ostida o‘ynagansiz. Ulardan qaysi birining taktik sxemalari sizga yoqardi?
— Menimcha, o‘sha paytdagi eng kuchli murabbiy Birodar Abduraimov edi. Uning qo‘l ostida to‘p surganman. Birodar aka haqiqatdan kuchli mutaxassis va murabbiy. U murabbiyni juda hurmat qilaman. O‘zi ham ajoyib futbolchi bo‘lgan. Futbolni tushunardi. Men ko‘p narsalarni aynan Birodar akadan o‘rganganman. O‘yin kunlari bolalarni zo‘r tayyorlaydilar. Hayotda va menimcha futbolda ham qattiq qo‘l inson.

— Futbolda murabbiyning roli shunchalik kattami?
— Albatta roli katta. O‘yinga sizni ham jismonan, ham ruhan tayyorlash aynan murabbiyga bog‘liq. Murabbiy sizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Qaysi tomonga qaysi payt yugurishingiz kerakligini, qaysi paytda texnikaga e’tibor qaratish kerakligini aynan murabbiy o‘rgatadi.

— Jalol aka, siz mana bir necha yil birinchi ligada, o‘rinbosarlar tarkibida ham to‘p surdingiz. Aytingchi, nega bugungi kundagi ko‘pgina futbolchilar o‘rinbosarlar, ya’ni U-21 jamoasida o‘ynab, amaliyotga ega bo‘lishni xohlashmaydi?
— Bu menimcha noto‘g‘ri. Futbolchi agar yaxshi futbolchi bo‘lishni xohlasa albatta o‘rinbosarlar tarkibida to‘p surib, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak. Sizni fikrlaringizdan shunday xulosaga kelmoqdamanki, futbolchilar mehnat qilishni xohlashmaydi. Lekin mehnatsiz biror bir narsaga erishib bo‘lmaydi. O‘rinbosarlar tarkibida to‘p surayotgan futbolchilar kimdan o‘rnak oladi unda? Aynan o‘sha futbolchidan yosh futbolchilar o‘rnak oladi-ku. Yodingizda saqlang: avvalo bu meni fikrim "o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynagan futbolchi, yanada oldinga siljishda davom etadi".

— O‘rinbosarlar tarkibi jamoasi asosan o‘yin kuni o‘sha viloyatga tashrif buyuradi va agarda jamoa mag‘lub bo‘lsa, yo‘lda qiynalganliklari sabab mag‘lub bo‘lganligini aytishadi. Aytingchi, sizningchi bu fikr to‘g‘rimi?
— Avvalo, bu rahbariyatga va klub byudjetiga bog‘liq. Masalan, men o‘rinbosarlar tarkibida to‘p surganimda, 2-3 kun oldin borib, o‘sha viloyatga va stadionlariga moslashar edik. To‘g‘ri, bizda ham shunaqa ko‘p holatlar bo‘lardi. Yana takrorlayman, bu avvalo klub byudjetiga va rahbarlariga bog‘liq. Mening shaxsiy fikrim, jamoa kamida 1 kun oldin o‘sha viloyatga borishi kerak. Aynan shu sababli mag‘lubiyatga uchrashi esa o‘sha futbolchilarning jismoniy holatiga bog‘liq. Jismonan kuchli bo‘lsa, ishtiyoq kuchli bo‘lsa o‘yin kuni borib ham, yutib kelish mumkin.

— Nega futbolchilik faoliyatingizni yakunlagach, futbol ichida yana biror bir klubda murabbiy bo‘lib ishlamadingiz?
— Futbolchilik faoliyatimni yakunlagach, futbol klubda ishlashni xohlamadim. Futbol qiyin. Shuncha yil futbol ichida (ko‘chada) bo‘ldim. Endi oila parvarishiga ko‘proq vaqt ajratishga qaror qildim. Uchta o‘g‘limni tarbiyasiga e’tibor qaratyapman.

— Jalol aka, 3 nafar o‘g‘lingiz bor ekan. Ular futbolga qiziqishadimi? Ularni futbolchi bo‘lishini xohlaysizmi?
— Yo‘q, o‘g‘illarim futbolga qiziqmaydi. Futbol o‘ynash va futbolchi bo‘lish oson emas. To‘g‘ri, dastlab ularni futbolga berdim. Lekin, bir kuni ularni o‘yinini ko‘rib, "o‘g‘lim, qo‘y sendan futbolchi chiqmas ekan, kasb-hunar o‘rgan" dedim. O‘zlari kasb-hunar o‘rganishni xohladi. Qiziqmagan bolani futbolga bermagan ma’qul. O‘zi sevgan kasb bilan shug‘ullansin.

— Hozir ham "Surxon" jamoasi o‘yinlariga tashrif buyurasizmi?
— Yo‘q, hozircha bu yilgi bahslariga ish sabab borolmadim. Boz ustiga o‘zingiz ko‘rib turibsiz "koronavirus" sabab barcha davlat chempionatlari to‘xtatilgan. Lekin o‘tgan yili "Surxon" jamoasini barcha uchrashuvlariga borardim. "Surxon" g‘alaba qozonsa ich-ichimizdan quvonamiz.

— Nima deb o‘ylaysiz, nega bugungi kunda Surxondaryodan Shomurodovlar, Toirovlar, Bozorovlar yetishib chiqmayapti?
— Nega Shomurodovlar, Toirovlar, Bozorovlar chiqmayotganligiga sabab, futbolchilar mehnat qilishmayapti. Yuqorida ham aytib o‘tdim mehnatsiz biror nimaga erishib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Surxondaryoda ancha vaqt futbol bo‘lmadi. Balki, shu ham bir sabab bo‘layotgandir.

— Siz "Surxon" jamoasida o‘ynaganingizda, "Alpomish" stadioni muxlislar bilan to‘lib-toshar edi. "Surxon" jamoasi garchi o‘tgan mavsumda (2019) o‘z tarixida ilk bor 6-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa ham, stadion muxlislar bilan to‘lib toshmayapti. Bunga sabab nimada?
— To‘g‘ri, bugungi kunda stadionlarimiz muxlislar bilan to‘lmayapti. Bunga sabab ko‘proq hozirgi futbolimiz taktikaga moslashgan, yopiq futbol hisoblanadi. Bir hujumchi bilan o‘ynash, raqamlar, taktik sxemalar, so‘nggi xatoni kutish hokazolar. Lekin biz o‘ynagan davrda ochiq, chiroyli futbol ko‘rsatilar edi. Agar jamoa hujumkor futbol ko‘rsatsa, odamlar futbolga kiradi. Muxlis futbolga kirganda zerikmasligi kerak. Ko‘proq ochiq futbol o‘ynashimiz kerak. Hozirgi futbolda xatolar ko‘p. Imkon qadar individual mahoratini ko‘rsatishi kerak. Futbolchi dastlab mehnat qilishi kerak. Kelmasdan turib menga uni berasan yoki buni berasan demasligi kerak. Hujumkor futbol ko‘rsatilsa, muxlislar albatta stadionlarga qaytadi.

— "Surxon" deyarli doimiy ravishda Termizda yani o‘z maydonida "Paxtakor"ni doim mag‘lub etgan. Siz o‘ynagan paytda ham "Paxtakor" bilan o‘yinga murabbiylar sizlarni boshqacha tayyorlarmidi? Yana ham aniqroq qilib, futbol tilida aytganda "nastroy" boshqacha bo‘larmidi?
— To‘g‘ri, "Paxtakor"ni doim yutardik. "Paxtakor" bilan Termizda bo‘lsin yoki Toshkentda doim raqobat bo‘lardi. Albatta, O‘zbekistonning eng kuchli va grand klubiga qarshi o‘ynaganizdan keyin "nastroy" boshqacha bo‘ladi. O‘zi futbolda shunaqa grandlarga qarshi natija ko‘rsatmasangiz, hech kim sizni eslamaydi. Kollektiv inoq bo‘lsa, futbolchilar bir bo‘lib harakat qilishsa, mag‘lub etib bo‘lmaydigan jamoaning o‘zi yo‘q.

— Qaysi o‘yin doim esingizda?
— 2000 yili "Surxon" jamoasi tarkibida o‘ynaganimga, Samarqandning "Dinamo" jamoasi bilan Termizda bo‘lgan o‘yin doim esimda. Juda shiddatli o‘yin bo‘lgandi. 5-3 hisobida yutganmiz. Chiroyli o‘yin bo‘lgan.

— Jarima to‘plarini zo‘r tepardingiz . Jarima zarbasi bo‘lsa, muxlislar "Jalol", "Jalol" deya sizdan gol kutishardi. Jarima zarbalarining siri nimada?
— O‘sha zarbani berish uchun qancha mehnat qilish kerakligini bilasizmi? Doim mashg‘ulotlardan so‘ng, o‘sha paytdagi "Surxon" jamoasi darvozaboni Aleksandr Korneychukni olib qolib, 20-30 daqiqa ichida 100 dan ortiq jarima zarbalarini tepardim. Tinimsiz mehnat qilardim. Hech kim menga hech qachon sen qolib jarima zarbalariga tayyorlangin demagan. O‘zim qolib mehnat qilardim.

— Siz o‘ynagan paytning eng kuchli futbolchilari kimlar bo‘lgan?
— Mirjalol Qosimov, Vali Keldiyev, Ro‘ziqul Berdiyev va boshqalar. Umuman biz o‘ynagan davrda, har bir chiziqda juda kuchli futbolchilar bo‘lardi. Ularni son bilan aytib bo‘lmasdi.

— Surxondaryo futboli oldinga qarab siljiyaptimi?
— Ha, Surxondaryo futboli oldinga siljimoqda. Superliga bahslari yaxshi bo‘layapti. Lekin birinchi liga bahslariga e’tiborni kuchaytirish kerak. Afsuski, hozirgi birinchi ligani unchalik kuchli deb bo‘lmaydi. Iloji bo‘lsa Surxondaryodan yana bitta jamoa birinchi ligada ishtirok etishi kerak. Chunki, iqtidorli bolalar yo‘q bo‘lib ketayapti. Chetga borib o‘ynash uchun esa sharoiti yo‘q. Surxondaryoda birinchi ligaga jamoa qo‘yilsa, bolalar shu yerdan mahorat to‘plab, "Surxon" jamoasiga boradi. Avval "Sho‘rchi-Lochin" aynan xuddi shu vazifani bajarib berardi. Yani "Surxon" jamoasiga futbolchilarni yetkazib berar edi.

— Ko‘pincha futbolda milliy terma jamoa yoki olimpiya terma jamoasiga mundialga chiqishi uchun omad yetishmay qoladi. Futbolda "omad" degan tushuncha nima o‘zi?
— Futbolda ham hayotda ham omad kuchlilarga boqadi deb ko‘p eshitganmiz. Lekin rostdan ham, futbolda ba’zida omad kelmaydi. Shunaqa o‘yinlar bo‘ladi yuzlab hujumlar qiladi, lekin yakunda mag‘lub bo‘ladi. Omad kerak, omad bo‘lmasa qiyin. Bu gaplarim bilan bolalar mehnat qilmayapti degan fikrdan yiroqman. Shunchaki, boshqa davlat futboli o‘sishda bizga qaraganda ancha oldinda. Hamma davlatda futbol rivojlanayapti.

— Jalol aka, mazmunli suhbat uchun sizga minnatdorchilik bildiramiz.
— Sizlarga ham e’tibor uchun rahmat.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 21:21, 30.03.2020. O'qildi: 3727 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.