Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oybek Rustamov: “Barcha futbol muxlislarini uyda qolishga chaqiraman”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Qo‘qon futbolida yorqin yulduz bo‘lib porlayotgan yosh futbolchi, Osiyo chempioni, “Mard o‘g‘lon” ordeni sohibi Oybek Rustamovning bugun tavallud topgan kuni. Shunday kunda biz muxlislarimizga Oybek Rustamov haqida to‘liqroq ma’lumot berish maqsadida , futbolchini suhbatga tortdik. Suhbat onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

-Oybek futbolga kirib kelishingiz haqida gapirib bersangiz

-Futbolga kirib kelishimga sabab, bolaligimdan menda  “millionlar o‘yini”ga qiziqish juda katta edi. Uchko‘prik tumanidagi Olmurod qishlog‘i ko‘chalarida hamda keyinchalik esa o‘zim o‘qigan 33- maktab maydonida futbol o‘ynab, har xil musobaqalar, makatablararo o‘yinlarda qatnashardim.  Qolaversa amakim ham futbolchi bo‘lgani sababali meni ham o‘zlari bilan olib ketishar edi. 9 yoshimda amakim meni  mahallamizdagi futbol to‘gariga olib borishgan. Birinchi ustozim Samandar Meliboyev qo‘l ostida futbolning ilk sirlarini o‘rganganman. Ustozim bilan turli musobaqalarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritganmiz.

2012 yili Toshkentning “Spartak” klubga o‘tdim va u yerda  Miraziz Mirzaahmedov va Jamolidin Rahmatullayev qo‘l ostida to‘p surganman, Toshkent shahar chempionati 2-liga o‘yinlarida qatnashganman.

2016 yili esa “Qo‘qon-1912”  jamoasining o‘rinbosarlar tarkibiga kelib ko‘shildim. U yerda Muhsin Nizomidinov boshchiligida , oliy liga jamoalarining   o‘rinbosarlari ishtirokidagi chempionatda  faxrli 3-o‘rini egallaganmiz. 2016 yildan beri “Qo‘qon-1912” jamoasida to‘p surmoqdaman.

-2020-yilgi futbol mavsumidan nimalarni kutgan edingiz ?

-Ochig‘ini aytsam men bu yildan juda ko‘p narsalarni kutgandim. Yil boshida Tailand mamalakatida bo‘lib o‘tgan U23 Osiyo chempionatida ishtirok etdik. Men Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani aniq olamiz deb ishongan edim. Taqdir bizga olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishni nasib qilmagan ekan, terma jamoamiz yarim qadam qolganda bu yo‘llanmadan quruq qoldi. Mana shundan so‘ng biroz kayfiyatsiz holda “Qo‘qon-1912” jamoamiz yig‘inlariga kelib qo‘shildim.
Endi barcha umidlarim chempionatda munosib ishtirok etib, Qo‘qonlik muxlislarimizni , ota-onam , mahalladoshlarim va o‘rtoqlarimni xursand qilish.

-Muxlislar sizni markaziy himoya chizig‘ida to‘p surishingizga o‘rganib qolishgan edi. Ko‘rdikki bu mavsum “Qo‘qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi sizni markazda  o‘ynashingizni istamoqda ? Sizga o‘zi qanday pozisiyada o‘ynash qulay ?

-Xabaringiz bor, o‘tgan mavsumda  markaziy himoyada o‘ynadim. Jamoamizga yangi murabiy Baxtiyor Ashurmatov kelishdi. Har bir murabbiyning o‘z taktikasi o‘zining uslubi bo‘ladi. Bosh murabbiy tayinlangan vaqtda men O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo chempionatida qatnashayotgan edim.  Fevral oyida jamoamizga kelib ko‘shildim va bosh murabbiy bilan  ko‘rishdim.  Baxtiyor Ashurmatov menga markaziy yarim himoyada o‘ynatmoqchiliklarini, bu pozisiyada ham bemalol o‘ynab keta olishimni aytishdi. Men  har doim futbol  o‘ynashga tayyorman markaziy himoya yoki markaziy yarim himoyada ahamiyatsiz. Asosiysi jamoamga foydam tegsa bo‘ldi. Bosh murabbiyimiz va muxlislarimiz xursand bo‘lsalar men xursand bo‘laman. Aslida zamonaviy futbolda har bir futbolchi unversal bo‘lish kerak deb o‘ylaman.

-Bu yil tarkibga yangi qo‘shilgan futbolchilar va legionerlar  haqida fikringiz ?

-Tarkibmizga kelgan futbolchilar bilan tezda chiqishib bitta oiladek bo‘lib qoldik. Ko‘pchiliklari bilan avvaldan ham tanish edik.  Legionerlar borasida aytadigan bo‘lsam, Serbiyadan kelgan Ivan Yosovich  jamoamiz a’zolari bilan tezda kirishib ketdi. Yosovich juda odobli, odamjonli yigit ekan.  Superliga boshlanishiga yaqin qolganda Yakuba Bamba kelib qo‘shildi. U  hozirda barchada iliq taassurot koldirmokda. Muxlislarimiz ham ularni yaxshi kutib olishdi.  Qolgan futbolchilar mening akalarim bo‘lib qolgan. Yana bir xorijlik o‘yinchi Filip Rayevasga kelsak, uni ta’riflashga hojat yo‘q. O‘zi  salkam Qo‘qonlik bo‘lib qolgan, xatto muxlislar uni Abdullajon deb o‘zbekcha ism ham qo‘yishgan. O‘ylaymanki bosh murabbiyimiz anchagina kuchli tarkibni yig‘a oldilar. Yangi kelganlardan Muzaffar Muzaffarov, Botirali Ergashev kabi futbolchilarni superliganing deyarli barcha jamoalari o‘z tarkiblarida ko‘rishni istasalar kerak.

-Ayni kunlarda sport formangizni qay tarzda ushlab turibsiz ?

-O‘zingiz bilib turganingizdek koronavirus pandemiyasi hozirgi kunda butun dunyoda futbol uchrashuvlarini to‘xtab turibdi. Bunday vaziyatda biz futbolchilarga sport formamizni ushlab turish juda muhim hisoblanadi. Ayni kunlarda murabiylarimizning bizga bergan rejalari asosida uyda sport formamizni ushlab turish uchun  mashg‘ulotlarni bajarib turibmiz. Har kuni bosh murabbiyimiz telegramm orqali bizga sharoitimizdan kelib chiqib mashg‘ulotlar rejasini berib turishibdi. Umid qilamanki   tez orada bu koronavirus degan balo O‘zbekistonni tark etadi va yurtmizda yana bayramlar , futbol o‘yinlari davom etadi. Hozircha esa  “UYDA QOLING” shioriga amal qilyapmiz.

-Oybek Rustamovning futboldagi kumiri kim ?

Menga dunyo futbol yulduzlaridan, Braziliya termasi hamda Madridning “Real” jamoasining tayanch yarim himoyachisi  Kazimironing o‘yinlari yoqadi. Uning o‘yinlarini tomosha qilsam maza qilaman, undan nimalarnidir o‘rganishga harakat qilaman.

-Muxlislarga tilaklaringiz

Barcha O‘zbekistonlik futbol muxlislariga , shu jumladan Qo‘qonlik muxlislarimizga avvalo sog‘lik tilayman. Barchalarini ayni kunlarda uyda qolishga chaqiraman. Biz birlashsak albatta har qanday kasallikni yengamiz. Ishoninglar yaxshi kunlarga oz qoldi. Yana futbol uchrashuvlarida ko‘rishamiz.

Biz ham sizni barcha muxlislar nomidan bugungi tavallud ayyomingiz bilan yana bir bor tabriklaymiz !

Akramjon Mamadaliyev suhbatlashdi.

Manba: kokand-1912.uz
Kiritildi: 13:39, 02.04.2020. O'qildi: 1997 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик