Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Neymar haqida sizni hayratda qoldiruvchi 10 ta fakt

Baho:
+1 | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Zamonaviy futbolda Messi va Ronalduning darajasiga eng yaqin futbolchi sifatida barcha Neymarni ko‘rsatishiga o‘rganib ham qoldik. Shunday bo‘lsada, futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi sifatida Messi va Ronaldudan ilgarilab ketishga ulgurgan Neymar haqida siz bilmagan ma’lumotlar yetarlicha topiladi.

Neymar kam sonli futbolchilardan biri

Neymar Libertadores va Yevropa chempionlar ligasida zafar quchgan 6 nafar futbolchidan biri sanaladi. Qahramonimiz 19 yoshida “Santos” bilan Janubiy Amerikada tengsizga aylangan bo‘lsa, 23 yoshida “Barselona” safida Yevropani zabt etgan.

Neymar uchun YECHLning qadri baland emas

Neymar terma jamoa miqiyosida ham,klub miqiyosida ham sovrinlarga boy faoliyat olib bormoqda. Qahramonizmizning sovrinlar muzeyida YECHL, Kopa Amerika, La Liga, Liga 1, Ispaniya kubogi va klublar o‘rtasidagi JCH oltin medallari mavjud. Shunga qaramay, braziliyalik hujumchi uchun eng qadrli medal 2016-yilda bo‘lib o‘tgan Olimpiada qo‘lda kiritilgan. O‘sha musobaqada qahramonimiz terma jamoasi bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. O‘sha voqeadan so‘ng, Neymar o‘z badaniga esdalik sifatida oltin medalning suratini chizdiradi.

Time” jurnalining muqovasida ko‘rinish bergan birinchi futbolchi

Hujumchi bugungi kunda futbol afsonasi darajasiga chiqib bo‘ldi. Uning maydondagi harakatlari millionlab muxlislar orttirganidan xabaringiz bor. Taniqli “Time” jurnali Neymarni ta’sir doirasi kuchli sayyoramizdagi 100 insondan biri deb rasman tan olgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Bundan tashqari, Neymar “Time” jurnalining muqovasida ko‘rinish bergan birinchi futbolchi ham sanaladi. Messi va Ronaldu davrida bunday natijaga erishish qanchalar qiyin ekanligini tasavvur qilyapsizmi?

Neymar “Vest Xem”da ?!

Neymarning “Santos”dan “Barselona”ga o‘tishi qanchalar uzoq davom etgan jarayon ekanligini barchangiz yaxshi eslasangiz kerak. Aslida, Neymar borasida birinchi tasmiy taklif bilan chiqqan klub Londonning “Vest Xem” klubi sanaladi. “Marca”nashrining ma’lum qilishicha, “bolg‘achilar” Neymarning dadasi bilan kelishib olishga ham ulgurgan ekan. Braziliyalik futbolchi borasida “Barselona” taklif jo‘natgach, Neymar Londonga yo‘l olishdan bosh tortgan ekan. Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, agar Kataloniya klubi biroz kech qolganida, Neymar o‘z faoliyatini Londonda boshlagan bo‘lar edi.

Neymarning oyoqlarida nuqson bor

Qizig‘i shundaki, 21-asrning eng kuchli futbolchilarida sog‘liq bilan muammolar kuzatilmoqda. Misol uchun,Ronalduning yuragi operasiya qilingan bo‘lsa, Messi gormon yetishmovchiligidan aziyat chekkan. Neymarda esa, vaziyat yanada chigal. Qahramonimizning chap oyog‘io‘ng oyoqqa nisbatan 0,5 sm kaltaroq. Uning ikki oyoqda amalga oshiruvchi driblinglari shu omil bilan bog‘liqdir? Yana kim biladi deysiz?!

Neymarda Messi va Ronalduda yo‘q sovrin mavjud

Neymar qaysi klubda harakat qilishidan qat’iy nazar, sovrinlar uni quvib yurishda davom etmoqda. Sovrinlar orasida “Pushkash” nomidagisi ham borligi quvonarli holat. Qizig‘i shundaki, bu sovrin Leoda ham,Ronalduda ham mavjud emas. Neymar bu sovringa “Santos” safida to‘p tepgan chog‘larida(2011) loyiq ko‘rilgan.

O‘spirin paytida ota bo‘lgan

Neymarning erta ulg‘ayishi bejiz emas. Hujumchi 19 yoshida ota bo‘ladi va ma’suliyatni erta his etishni boshlaydi. Bu fakt ko‘pchilik uchun yangilik bo‘lsa, ajab emas. Juda yosh chog‘idanoq ota bo‘lish Neymarni katta zafarlar sari odimlagan bo‘lsa, ajab emas. Neymar farzandining onasini himoya qilish maqsadida uning nomini bugungi kunga qadar oshkor qilmay kelmoqda.

“Real Madrid”

Neymar 14 yoshga to‘lganida, otasi bilan birgalikda “Real Madrid”da ko‘rikdan o‘tish uchun Madridga tashrif buyuradi. Eng qizig‘i shundaki, futbolchi murabbiylarda yaxshi taassurot qoldiradi va uni Madridda olib qolishni taklif qilishadi. Shunday bo‘lsada, futbolchining otasi o‘g‘li Braziliyada mashg‘ulot o‘tkazishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi va “Real Madrid”ning taklifini rad etadi. Agar, “qirollik klubi” Neymar va uning oilasi uchun muoliyaviy yaxshi shartnoma taklif qilganida bormi! Bugun barchasi o‘zgacha ko‘rinish olishi mumkin edi.

Neymar qaysi superqahramonga muxlis?

Bugungi kunda Marvel va DC qahramonlari o‘rtasidagi raqobat avjiga chiqayotgani rost. DC muxlislari o‘z saflarida Neymarni ko‘rishdan xursand bo‘lishlari turgan gap. Braziliyalik futbolchi Betmenning ashaddiy muxlisi sanaladi.

Neymar Gollivudda suratga tushgan

Qahramonimiz allaqachon Semyuelem L. Djekson bilan birgalikda "XXX" filmida ko‘rinish berishga ham ulgurdi.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 08:30, 05.04.2020. O'qildi: 10987 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик