Bugun 23 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chandiqli kishi. Islomni qabul qilgan Frank Riberi haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

1-qism
U nikaragualik quvg‘indi, isyonda qatnashgan qo‘zg‘olonchilar shtabida general edi. Agar o‘qi tugab qolmaganida hozir lotereya sotib yurmagan, aksincha Gvatemalada harbiy ministr bo‘lardi. Uni o‘limga hukm qilishadi. General undan so‘nggi tilagini so‘raydi. So‘nggi tilak esa sevgan ayolini so‘nggi marta ko‘rish bo‘lib, u qamoqxona tashqarisida turardi. Uning tilagi bajo keltiriladi. U ayolining bo‘yniga pichoq uradi. Ayoli uning qo‘llarida jon beradi. General esa undan bu ishni nima uchun qilganini so‘raganda: «Men uni sevardim» deydi. General uning mardligi uchun qamoqdan ozod qilib yuboradi.

Uning qisqacha tarixi shunday. Biroq uni hamma ham bilmaydi. Uni ham chandiqli kishi sifatida biladi. Chunki uning yuzida iyagiga qadar tushgan enli va qizg‘ish chandig‘i bor. Bu chandiq urush vaqtida ham, yoki janjal vaqtida ham orttirilgan emas. Shunchaki zanjabil sharobi shishasini ochayotgan bir vaqtda shisha sinib, uning yuzini chandiq qilgan.

Bu britaniyalik mashhur adib Somerset Moemga tegishli «Chandiqli kishi» (The man with the scar) hikoyasining qisqacha bayoni edi. Odamlar seni nimadir bilan eslashadi, yodida saqlab qoladi. Bu holat ko‘pincha tashqi ko‘rinish bilan bog‘liq bo‘ladi. «Chandiqli kishi» bilan ham shunday: u qanday ishlar qilgan bo‘lmasin, odamlar ko‘z o‘ngida birinchi navbatda yuzida chandig‘i bor kishi sifatida namoyon bo‘laveradi.

2-qism
U endigina ikki yoshda edi. Kunlarning birida u oilasi bilan jiddiy avtohalokatga uchraydi. Oilaning mashinasi yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketadi. Uning yuzi esa avtomobilning old oynasiga urilib, jiddiy shikastlanadi. Bolakayning o‘ng yuzida kattagina uzunlikdagi ikkita chandiq qoladi. Yillar davomida uni chandiqlardan jarrohlik amaliyoti orqali yo‘q qilishga bir necha bor undashdi. Ammo har safar u bu takliflarni rad etdi. U bu borada shunday deydi:

«Albatta, ularning bo‘lmagani yaxshi edi. Agar bor bo‘lsa, undan uyalishdan ne naf? O‘zimni taniy boshlaganimdan beri bu chandiqlar yuzimda bor axir. Mabodo ular bo‘lmaganda hayotim qanday kechardi to‘g‘risi, bilmayman. Tasavvur ham qila olmayman. U menga kuch va xarakter berdi. Odamlar aynan shu chandiqlar sabab meni badbashara deb masxara qilardi. Qayerga bormay hamma menga qarardi. Shunchaki yaxshi o‘ynaganim yoki futbol uchun emas, balki chandiqlar sabab. Yoshligimda sinfdoshlarimning ota-onalari ustimdan kulganlarini eslayman. Ayniqsa yosh bo‘lganim uchun bu juda og‘ir edi. Lekin hech qachon yig‘lagan emasman. Alloh menga boshqalardan ajralib turish imkoniyatini berdi. Chandiqlar — bir bo‘lagim. Odamlar meni qayerga bormay, borimcha qabul qilgani ma’qul».

Bu Bilol Yusuf Muhammadning kichik hikoyasi edi. U kim deysizmi? Albatta, to‘g‘ri topdingiz — Frank Riberi. Frank 2006 yilda islom dinini qabul qilgan va yuqoridagi ism-sharifni olgan. U jazoirlik Vohiba ismli ayol bilan oila qurgan.

Chandiqli ikki kishi, ikki taqdir. Ikkisini ham yuzidagi chandiq sabab odamlar yaxshi taniydi. Biroq birinchisini odamlar faqat chandiqli kishi sifatida bilsa, ikkinchisi bu narsani, o‘sha stereotipni buzib yubora olgan, o‘z hayot yo‘lini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘la olgan inson sifatida biladi. Xo‘sh, bu hikoyalarni nega eslab qolding, deysizmi? O‘sha muvaffaqiyatli inson — Frank Riberi 7 aprel kuni o‘zining 37 yoshini qarshi oldi.

Uning faoliyati, sovrinlari, 2013 yil «Bavariya»dagi fantastik o‘yini va barcha sovrinlarni yutib ham «Oltin to‘p»dan mosuvo bo‘lgani haqida uzundan uzun hikoya qilmoqchi emasmiz. Shunchaki 37 yoshida ham futbol bilan xayrlashmagan, Xitoy, Qatar, AQSH klublaridan tushgan «yog‘liqqina» takliflarni rad etib, ko‘hna va go‘zal Florensiyaga yo‘l olishni afzal ko‘rgan Frankni tavallud kuni bilan g‘oyibdan bo‘lsa-da muxlislari nomidan tabriklab qo‘ymoqchimiz, xolos.

Nima ham deymiz, «Chandiqli kishi», tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin!

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:01, 08.04.2020. O'qildi: 5673 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик