Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maradona achchiq haqiqatni oshkor qildi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz futbol olamidagi eng mashhur insonlardan birining hayotidagi qora chiziqlariga qisqacha to‘xtalib o‘tadi.

Maradona va narkotik modalar

Narkotik bilan bog‘liq mummo haqida

Men hech narsani his qilmay qo‘ydim. Xuddi tirik murda singari! Men futbol o‘ynab yurgan chog‘larim narkotik qabul qilganman. Shunday bo‘lsa-da, bu yanada kuchliroq bo‘lish uchun emas edi. Eslab qoling, agar kokain iste’mol qilgan xolda professional futbolchilik faoliyatini olib borishning iloji yo‘q. Bunday insonlar tez orada maydonga tushaolmay qolishadi. U sizning barcha kuch-quvvatingizni sug‘urib oladi. Afsuski, bu modda sizga va hayotingizga nisbatan juda beshavqat!

Birinchi bor

Ilk bor 1982-yilda Yevropada narkotik bilan to‘qnash kelganmiz. O‘shanda 22 yoshda edim. Men uchun bu o‘zimni tirik his etishimga yetarli bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, men narkotik moddalarni atayin emas, shunchaki o‘sha davrda futbol olamidagi barcha qabul qilgani uchun tatib ko‘rganman.

Eng alamli daqiqalar

Eng achinarli shundaki, meni qizim Dalma og‘uni qabul qilayotgan chog‘imda ko‘rib qolgan. Men yuvinish honasiga kirib, chiroqni o‘chirib qo‘ydim. Shu payt qizim xavotirlanib eshikni taqillatib qoldi. Qo‘rqib ketdim. O‘zimni juda yomon his eta boshladim. Ana shunda tushknib yetdimki, giyohvand kimsa barchaning nazdida giyohvandligicha qolib ketadi. Afsuski, ular barchasini tashlagan taqdirida ham tobelik uni tark etmasligini hamma yaxshi anglab turadi. Aynan shu vaj sababli ularni hech qachon kechirishmaydi!

Maradona va janjallar

Avtomatdan otilgan o‘q

1994-yilda bo‘lib o‘tgan JCH chog‘ida, argentinalik afsonaning qonidan narkotik moddalar aniqlanadi. Oqibatda, futbolchi musobaqadan chetlatiladi...

“Menga musobaqadan chetlatilganim haqida aytishganida, g‘azabdan yorilib ketay dedim. Nima qilishni bilmay qoldim. To‘g‘ri uyga ravona bo‘ldim. O‘sha oqshom uy atrofini jurnalistlar o‘rab oldi. Ruhan tushkun kayfiyatda bo‘lganim bois ularni ko‘rishni istamadim. Aksiga olib jurnalistlar uyim atrofi ko‘paya boshladi. Keyin g‘azab otiga mingancha qurolimni olib chiqib ularga qarata o‘q uzdim. Tan olishim kerak. O‘sha kuni sira o‘zimga o‘xshamadim”.

Maradonaning jurnalistlarga otgan o‘qidan hech kim vafot etmagan bo‘lsa-da, 4 kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yuboriladi. Uning bu qilig‘i sababli davom etgan sud jarayoni 5 yilga cho‘zilgan bo‘lsada, futbolchi suvdan quruq chiqadi.

Maradona barchaga qarshi

LionelMessi

Har uchrashuv oldidan 20 bor hojatxonaga kirib chiquvchi sardordan foyda yo‘q. Hech kim Messining qadrli futbolchi ekanligini rad etayotgani yo‘q. Shunchaki u eng zo‘r futbolchi emas!

Ronaldu

Krishtianu ko‘p gol kiritadi va sizga soch yuvish vositalarini sotadi. O‘ylashimcha,u ajoyib biznesmen!

Ronaldu va Messi

Tan olaman, Ronalduning argentinalik bo‘lib qolishini juda istaganman. Shunga qaramay, bizda u singari Gabriyel Batistuta ismli futbolchi bo‘lgan. Shunday ekan, menga Messi ko‘proq yoqishda davom etadi.

Siyosat

Jorj Bush – U qotil! U bilan do‘st bo‘lishdan ko‘ra Fidel Kastro bilan aloqa o‘rnatgan ma’qul.

Donald Trapm – U hech qanday prezident emas. Shunchaki qo‘g‘irchoq xolos!

Qachonlardir Amerikaga sayohat qilmoqchi edim. Afsuski, meni termosni eslatuvchi Bill Klinton AQSHga kirishimni istamagan.

Pele

Pelega ayting. Iltimos u o‘zi ochgan muzeyga qaytsin! Uning Neymar Messidan kuchliroq deganini eshitdingizmi? Buva o‘ylashimcha dorilarini o‘z vaqtida ichmayapti. Yosh o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan ko‘rinadi. U 20 yildan beri aytarli hech qanday karomat ko‘rsatgani yo‘q. Siz uni hatto supermarketda ham uchraymaysiz! Pele faqat FIFA prezidentlari tashkillashtiradigan bazmlardagina ko‘rinish beradi. Uning harakatlari menga qo‘g‘irchoqni eslatib yubormoqda.

Argentina futboli

Menimcha,AFA qarorgohini portlatib yuborish kerak. Ana shundagina Argentina futbolini noldan qurish mumkin.

Joze Avelnj (FIFAning 1974-88-yillar oralig‘idagi prezidenti)

Bilishimcha, u hech qachon futbol o‘ynamangan. Shunchaki suv polosi bilan shug‘ullangan xolos. Agar u haqida ko‘proq ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz, www.o’g’ri.comsaytiga kirishni maslahat berman.

“Real Madrid”

Joze Mourinyo kelguniga qadar “Real Madrid” maishatxonaga aylanib bo‘lgan edi. U barchasini tiklagachgina jamoa sovrin yutishni boshladi!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:40, 11.04.2020. O'qildi: 6993 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик