Bugun 23 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Marat Qurbonov: «75 kg. vaznda lisenzion musobaqada Isroil Madrimov ishtirok etadi»

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati boks bo‘yicha terma jamoamiz bosh murabbiyi Marat Qurbonov bilan suhbat uyushtirdi.

— Yaqinda Iordaniyada Tokio Olimpiadasiga lisenziya beruvchi musobaqa yakuniga yetdi. Unda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladik. Ammandagi turnirdan ko‘nglingiz to‘ldimi?
— Ha barchasi ajoyib. Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun bizga barcha sharoitlar yaratib berildi. Bu yutuqlar butun O‘zbekistonniki. Intervyu avvalida yurtimizda boksni rivojlantirish yo‘lida yaratib berilayotgan sharoitlar uchun mamlakatimiz rahbariga minnatdorchilik bildiraman. Hukumatimizga ham rahmat. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston boks federasiyasi va homiylarga ham o‘z rahmatimni aytib qolaman.

Musobaqa haqida gapiradigan bo‘lsam, barchasi ko‘ngildagidek kechdi. Axir biz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdik. Faqat -75 kg vazn toifasida rejalarimiz biroz o‘zgarib ketdi. Ayrim sabablarga ko‘ra Bektemir Meliqo‘ziyev musobaqada qatnasha olmadi, shu sababli ozgina muammo bo‘ldi. Uning o‘rniga turnirda Fanat Qahramonov qatnashdi. To‘g‘risini aytaman, uning musobaqada ishtirok etishi rejada yo‘q edi. Musobaqada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ustida ishlaymiz, nasib qilsa jahon lisenzion turnirida yo‘llanmalarni qo‘lga kiritamiz.

— Tokio Olimpiadasi 2021 yilga qoldirildi. Bu o‘z navbatida rejalarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Endi terma jamoa qanday yo‘l tutadi?
— Hozirda bokschilarimiz o‘z uylarida mashg‘ulot olib borishmoqda. Yaxshi bilasiz, mamlakatimizda karantin e’lon qilingan. Ushbu jarayon o‘z yakuniga yetganidan so‘ng shunga qarab rejalar tuzamiz. Karantindan keyin yig‘inlarni boshlab yuboramiz. Ayni paytda oldimizda ko‘plab takliflar turibdi. Ulardan sizga aytishim mumkin bo‘lgani, yozda Rossiyada o‘tkaziladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlaridir. U yerda Rossiyadan tashqari Kuba va Qozog‘iston terma jamoalari ham bo‘lishadi. Yig‘in yakunida har to‘rtta terma jamoa bokschilari ishtirokida jamoaviy janglar tashkil etiladi. Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini biz uchun foydali bo‘lishiga ishonaman. Bundan tashqari, yana bir necha mamlakat terma jamoalaridan O‘zbekistonda yig‘in olib borish taklifi kelib tushgan. Ammo, biz vaziyatdan kelib chiqqan holda ish tutamiz. Shunga qarab reja tuzamiz.

Bundan tashqari, shu yili 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati ham o‘tkaziladi. Terma jamoa a’zolari ichida bunday yoshga to‘g‘ri keladigan 30 nafarga yaqin bokschi bor. Parallel ravishda ularni ham mazkur Osiyo chempionatiga tayyorlamoqdamiz.

— Ikki vazn toifasida Parijdagi lisenzion musobaqada qaysi bokschilarimiz ishtirok etishadi?
— Ushbu musobaqada -81 kg vazn toifasida Dilshod Ro‘zmetov yurtimiz sharafini himoya qiladi. -75 kg vaznda esa katta ehtimol bilan Isroil Madrimov musobaqada qatnashadi. Ko‘p narsa musobaqaning qachon va qayerda o‘tkazilishiga bog‘liq. Shundan so‘ng bu borada yana aniq ma’lumot bera olaman. Hozircha ushbu lisenzion turnirning qachon o‘tkazilishi noma’lum.

— Lisenzion musobaqa oldidan turnirga kimlar borishi bo‘yicha bahs-munozaralar ko‘payib ketdi. Shu masalada ma’lumot bera olasizmi? Boboumon Baturov va Shahram G‘iyosov o‘rtasidagi tanlov qanday amalga oshirildi?
— Ushbu masala bo‘yicha oldimizda qiyin tanlov turgandi. Shahram G‘iyosov kuchli bokschi. Jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari finalchisi. Ayni paytda professional boksda faoliyatini olib bormoqda. Agar bilsangiz, professional boks va havaskor boks o‘rtasida farq katta. U yerda 10-12 raundlik janglarga tayyorgarlik ko‘riladi. Bu yerda esa boshqacha tizim. Bobousmon Baturov ham ikkinchi darajadagi bokschi emas. U Osiyo o‘yinlarida, Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi. Jahon chempionati sovrindori bo‘ldi.

Yanvar oyida Shahram G‘iyosov va Bobousmon Baturov o‘rtasida sparring tashkil etdik. Ushbu sparring-jangda hakamlar bir ovozdan Bobousmon Baturovning g‘alabasini qayd etishdi. Yana bir marta aytaman. Ularning har ikkisi ham kuchli bokschilar. Ammo, biz yakunda Bobousmon Baturovni tanladik va u lisenzion musobaqada Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

— Elnur Abduraimov va Iqboljon Xoldorov o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida nima deya olasiz?
— Iqbol yosh bokschi. Lekin ortiqcha vazn to‘pladi va 70 kilogrammdan oshib ketdi. U avvaliga -69 kg vaznda Shahram G‘iyosov va Bobousmon Baturovga raqobat qilmoqchi bo‘ldi. Ammo ushbu vaznda shundoq ham raqobat kuchli edi. Unga «Istasang -63 kg vaznda o‘z omadingni sinab ko‘r» dedik. Sparring kuniga -63 kg emas, 65 kilogrammgacha vazn tashlashiga ham ruxsat berdik va u buni uddaladi. Ammo, unda ko‘zi bilan bog‘liq muammo bor edi. Yakunda o‘zaro sparringda Elnur Abduraimov Xoldorovni mag‘lub etdi.

Mavzu ochilgani uchun qo‘shimcha qilib o‘tishni istardim, Xoldorov musobaqadan qolib ketganidan so‘ng terma jamoada andijonlik bokschilar yo‘qligi haqida gap-so‘zlar ko‘payib ketdi. Shuni aytishni istardimki, men terma jamoaga sportchi jalb qilayotganimda uning qaysi hududdan ekanligiga qarab o‘tirmayman. Kuchli, natija ko‘rsatib bera oladigan bokschini nima uchun chetga surib qo‘yishimiz kerak? Biz terma jamoalarga O‘zbekiston chempionatida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kirita olgan bokschilarni jalb qilamiz. Avvallari Andijondan ko‘plab bokschilar yig‘inlarimizda qatnashishardi. Mana shunday kuchli boks maktabining bunday holatga tushib qolganiga mening ham jonim achiydi. O‘z o‘rnida sovrinli o‘rinlarni egallab, terma jamoaga kira olmagan bokschilar o‘z hisobidan bo‘lsada, yig‘inimizga kirishni istashadi. Men ularni haydab yubormayman. Chunki, ular orasida ham kuchli bokchsilar bo‘ladi. Terma jamoa yig‘inida qatnashgan bolaning saviyasi oshadi. Nima uchun Andijon bokschi tushib ketmoqda? Chunki hozirda u yerda aniq bir tizim yo‘q. Kuchli, xizmat ko‘rsatgan murabbiylar yetarli bo‘lsada, nima uchundir viloyat boksi saviyasi tushib ketmoqda. O‘z vaqtida Ruslan Chagayev, Muhammadqodir Abdullayev, O‘tkirbek Haydarov kabi yulduzlar yetishib chiqqan maskanning shunday holga tushib qolganidan afsusdaman.

Yana andijonlik bokschilar ichidan Hasanboy Do‘smatov prof boksda faoliyat olib borishga qaror qildi. Jasurbek Latipov esa Shahobiddin Zoirovga raqobatda yutqazdi.

— Sanjar Tursunovning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
— Sanjar o‘z vazni uchun juda yosh bokschi hisoblanadi. Undagi kamchiliklarni o‘zimiz ham bilamiz. U lisenzion turnir vaqtida rejadan tashqari vaqtlarda ham vazn haydash uchun bizdan yashirib mashg‘ulotlar o‘tkazibdi. Bundan tashqari, u lisenziya qo‘lga kiritganidan so‘ng biroz bo‘shashgan. Biz bu masalaga qat’iy qaraymiz va uning yanada kuchayishi uchun ishlaymiz.

— Yaratib berilayotgan sharoitlar haqida nima deya olasiz?
— Xudoga shukr, sharoitlar masalasida barchasi a’lo darajada. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston boks federasiyasi tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bunday e’tibor kishiga o‘ziga yarasha mas’uliyat ham yuklaydi. Biz istagan barcha sharoitni, istalgan mamlakatda yig‘in o‘tkazish imkoniyatini yaratib berishmoqda. Ko‘z tegmasin, bu borada muammo yo‘q. Shuning uchun ham yurtimizda boks rivojlanmoqda, natijalar ham yaxshi ketmoqda.

— Murabbiylar shtabida ish qanday tashkil etiladi? Shu haqida ham gapirib bera olasizmi?
— Murabbiylar bilan birga o‘z rejamizni ishlab chiqqanmiz. Biz reja tuzamiz, maslahatlashamiz, kerak bo‘lsa o‘zaro bahslashamiz ham. Yakunda esa aniq bir qarorga kelamiz. Terma jamoamiz murabbiylari o‘z ishlarini ajoyib bajarishadi. Janglar vaqtida e’tibor bersangiz, men bilan birga Rahmatjon Ro‘zioxunov, shuningdek bokschining shaxsiy murabbiyi chiqadi. Ular o‘zlariga biriktirilgan vazifani uddalashmoqda.

Ish davomida avvalgi Olimpiya o‘yinlarini tahlil qilib chiqaman. Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, oldingi Olimpiya o‘yinlarida jamoalarimiz hozirgidan ham kuchli bo‘lgan. Ajoyib bokschilar yig‘ilgan. Ammo ishni tashkil etishda xatoliklar bo‘lgan. Bokschilarga yuklama berishda ularning imkoniyatlari hisobga olinmagan. Boksda har qanday mayda omillar natijaga ta’sir ko‘rsatadi.

— Terma jamoadagi yordamchilaringiz haqida nima deya olasiz?
— O‘zbekiston terma jamoasida menga Rahmatjon Ro‘zioxunov va To‘lqin Qilichev yordam berishmoqda. Jang davomida Rahmatjon bokschilarning ruhini ko‘taradi, burchakda turib katta hajmdagi ishni bajaradi. To‘lqin esa tashkiliy masalalarda faol. Ularning har ikkisining xizmatlarini alohida e’tirof etib o‘tishni istardim. Ular ishni samarali tashkil etishda menga katta yordam berishadi.

— Yaqin-yaqin vaqtlardan buyon yirik musobaqalarga bokschilarning shaxsiy murabbiylari ham olib borilmoqda. Bu natijalarga ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqdami?
— Albatta. Aytib o‘tganimdek jang vaqtida men va Rahmatjon Ro‘ziohunov bilan birga bokschilarimizning shaxsiy murabbiylari ham burchakda turishadi. Musobaqa, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari davomida bosh murabbiydan tashqari bokschining shaxsiy murabbiy ham ishlaydi. Bu ularga psixologik tomondan foydali. Bunda bokschi o‘zini erkin his qiladi. Yaxshi bilasiz, yoshligidan birga shug‘ullanib yurganidan keyin murabbiy sportchi uchun otadek bo‘lib qoladi. Buning uchun O‘zbekiston boks federasiyasiga ham rahmat aytmoqchiman. Chunki, bunday yondoshuv yuksak natijalarda o‘z samarasini bermoqda.

— Marat Galiyevich, vaqt ajratib suhbatlashganingiz uchun tashakkur. Terma jamoamizga oldinda turgan mas’uliyatli musobaqalarda omad tilaymiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 06:54, 11.04.2020. O'qildi: 4339 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик