Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yana dars qoldirgani uchun tarsaki yegan Sadio Mane haqida...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Sadio Mane 1992 yil 10 aprel sanasida Senegal poytaxti Dakar shahridan 288 kilometr uzoqlikdagi Sediuda tavallud topgan. Ammo bo‘lajak yulduz yoshligida oilasi bilan Bambali nomli kichik qishloqqa ko‘chib boradi. Ular kichkinagina uyda 9 kishi istiqomat qiladi. Sadioning otasi masjid imomi edi.

Oila har doim pulga muhtoj bo‘lgan. Shu boisdan oila boshlari farzandlarining ta’lim olib, ishli bo‘lishini xohlardi. Sadio esa yoshligidan futbolga qiziqar, mahalliy bolalar bilan ko‘cha changitib koptok tepardi. Vaqt o‘tishi bilan televizor orqali dunyo yulduzlari ishtirokidagi o‘yinlarni ko‘rib, bolakayning niyati yanada jiddiylashdi. Hal qiluvchi holat esa 2002 yil yuz berdi. O‘sha yili Senegal terma jamoasi Jahon Chempionatida chorak finalga qadar yetib bordi. Mane esa futbolchi bo‘lishga qaror qildi.

Hozir Sadioning futbol akademiyasidan qaysi klubga va u yerdan qayerga o‘tgani, qanday sovrinlarga ega chiqqani haqida uzundan uzun hikoya qilish niyatida emasmiz. Aksincha futbolchining o‘z tilidan (dilidan) chiqqan gaplarni e’tiboringizga havola qilamiz.

16 yoshida uyidan qochgani haqida

«Bir tiyinim bo‘lmasa ham ketish uchun barcha narsalarni tayyorlab qo‘ygandim. Quyosh botishi bilan uyimiz oldidagi baland maysalar orasiga narsalarim solingan sumkani yashirib qo‘ydim. Erta tong 06:00 larda uyqudan turib, tishlarimni tozalagan holda yaqinlarimni ogohlantirmasdan uydan chiqib ketdim. Ketishim haqida faqat eng yaqin do‘stimga aytdim. Anchagina yo‘l bosib, biroz bo‘lsa-da pul qarz olish uchun uning uyiga bordim. Shundan so‘ng avtobusga o‘tirib, Dakar tomon yo‘lga chiqdim.

U yerda meni birinchi bor ko‘rib turgan yangi oilam kutib turardi. Darhol taniqli jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etdim. Bu vaqtda esa ota-onam meni har yerdan izlayotgandi. Ular qayerda ekanligim haqida do‘stim hammadan ham yaxshiroq bilishini tushunardi. Ammo do‘stim so‘zida turib, hech kimga lom-lim demagan. Shundan so‘ng uyimdagilarning bosimi sabab, u ham meni «sotish»ga majbur bo‘ladi.

Ota-onam qo‘ng‘iroq qilib, ortga qaytishimni talab qildi. Lekin men bunday qilishni xohlamasdim, chunki ortga qaytish sharmandalik bilan teng edi. Biroq bir shart bilan ularning talabiga rozilik berdim. Ota-onam o‘quv yili yakunlangandan so‘ng o‘zimni futbolda sinab ko‘rishimga ruxsat berdi».

Akademiya ko‘rigi haqida

Mane maktabni tamomlagandan so‘ng qishloqdagilar unga yo‘l uchun pul yig‘ib beradi. Sadio amakisi bilan Generation Foot akademiyasida ko‘rikdan o‘tish uchun Dakarga yo‘l oladi.

«U yerda o‘z imkoniyatini kutib turgan 200-300 yigit bor edi. Men uchun hammasi yomon boshlandi: o‘zimni ko‘rsatish imkoniyati berilishi bilan hamma ustimdan kula boshladi. O‘shanda futbolchiga ham o‘xshamagandim. Boisi egnimdagi libos futbol formasini eslatishi amri mahol edi-da. Butsilarimning esa momatalog‘i chiqib ketgandi. Ularni o‘zim qo‘lbola qilib ta’mirlab olgandim. Ko‘rik vaqtida hamma menga g‘alati nigoh bilan boqardi xuddiki: «Rostdan ham sen futbolchi bo‘lmoqchimisan?» deyayotgandek. Ularni tushunardim, biroq menda boshqa tanlov yo‘q edi. Biroq o‘yin borasida harakatlarim unchalik yomon chiqmadi va ular meni qabul qildi. Bu bolakay Sadio sayohatlarining boshlanishi edi».

Onasi haqida

«Oilamdagilarning hech biri futbolni yoqtirmasdi. Har safar futbol o‘ynayotganimni ko‘rgan onam quvib solardi. Bu og‘ir edi. O‘zimni biroz bo‘lsa-da yolg‘iz his qilardim. Nima uchun orzum bilan yashashimga imkon bermayotganliklarini tushunmasdim. Bolalik vaqtlarim nimadir yomon ish qilsam, onam yoki amakimdan tarsaki yerdim. Masalan, bundan holatga maktabdagi darslarni qoldirgan vaqtimda tushganman. Ba’zan ular urishi mumkinligini hisobga olib, uyga do‘stim bilan birga kelardim. Biroq bu tarbiyamning bir qismi edi, xolos. Shu boisdan ham soyada qolib ketmaganman. Doim e’tiborda bo‘lganman. Har kuni buning uchun onamga minnatdorchilik bildiraman».

Boylikning ta’siri haqida

«Pullar, OAV xabarlari — bularning hech biri menga ta’sir ko‘rsatmaydi. Albatta, men ham bu muhitning bir qismiman. Biroq bularning barchasiga ehtiyotkor ravishda yondashaman. Ijtimoiy tarmoqladan o‘zimni uzoq tutishga harakat qilaman. O‘zlikni yo‘qotmaslik uchun tez-tez qishlog‘imga borib turaman. Men yulduz emas, balki futbolchi bo‘lishni chin dildan istagan ehtiyotkor insonman. Ishoning, aldamayapman. Hammani birdek yaxshi ko‘raman, shu bilan birga atrofda bo‘layotgan voqealarga ko‘p e’tibor qaratmayman.

10 ta Ferrari, brilliantli 20 ta soat va 2 ta samolyotni nima qilaman? Bulardan ko‘ra odamlarga yordam berganim afzal. Dalada ishlaganman, och qolganman, yalangoyoq o‘ynaganman, maktabga bormaganman va og‘ir damlarni boshimdan o‘tkazganman. Bugun esa futbol o‘ynab, odamlarga yordam berishga harakat qilyapman.

Maktab, stadion qurdim, qashshoqlarga kiyim, poyabzal, ovqat olib berdim. Bundan tashqari, Senegalning kambag‘al qismida yashovchilarga yordam tariqasida oyiga 70 yevrodan tarqatyapman.

Ehtimol men Play Station o‘ynashni bilmaydigan yagona professional futbolchi bo‘lsam kerak. Terma jamoa va klubda ko‘p vaqtini kompyuter o‘yinlariga sarflaydigan jamoadoshlarim bor. Biroq men buni hech qachon o‘ynamaganman va bu hech qachon kaminani qiziqtirmagan. Hatto joystiklarni qanday boshqarishni ham bilmayman. Uno (qarta o‘yini) o‘ynashni afzal ko‘raman».

Eng katta orzusi — Afrika Kubogi 

«Qandaydir buyuk natijaga erishish o‘zimizga bog‘liq. Albatta, biz favoritlar qatoridamiz, buni yashirishdan foyda yo‘q. Ammo oxirigacha borish uchun favorit maqomining o‘zi yetarli emas. Afrika Kubogini uni hech qachon yutmagan jamoa bilan qo‘lga kiritishni qandaydir o‘zgacha hislarni beradi. Chempionlar Ligasidagi g‘alabani Afrika Kubogiga almashtirishga tayyorman. Senegal bu sovrinni hech qachon yutmagan. Dakarga qaytishga esa o‘zgacha bo‘lardi. Bu mening eng katta orzum».

Asror Abdunazarov tayyorladi

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:00, 13.04.2020. O'qildi: 4149 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик