Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 48
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Kristal Pelas 26 35
13 Fulhem 26 34
14 Brayton 26 32
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 15
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bum! «Real» operasiyasi: Avval Xoland, keyin Mbappe

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz “Real Madrid” ustozi Florentino Peresning qay darajada o‘z va’dasidan chiqa olishi mumkinligi borasida fikr almashadi.

Ispaniyaning “Marca” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “qirollik klubi” pandemiya davrida ham jamoaning kelajakdagi transferlari borasida bosh qotirishda davom etmoqda. Kecha Ispaniyaning birinchi raqamli nashrining jurnalida: “Xoland, keyin Mbappe” nomli maqola e’lon qilindi. Katta ehtimol bilan bu hazil emas.

“Real Madrid”ning hozirgi pallada katta transferlarga qo‘l urishiga virus to‘sqinlik qilish o‘rniga ko‘mak berib yuborishi hech gap emas. Ayni damda Peresning stoli ustida shunchaki taxminlar emas, hujum chizig‘ini rivojlantirish borasida aniq bir reja bor ekanligi ko‘rnib turibdi.

Agar Mbappe va Xolandni Madridga olib kelishning uddasidan chiqilsa, so‘zsiz “Real Madrid” muxlislarini “Galaktikos”ning 3-avlodi bilan tabriklashimiz mumkin. Shunday bo‘lsa-da, bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmasligi turgan gap. Katta transferlar uchun katta pullar va ulkan maoshga ega shartnomalar talab etiladi. Shunday bo‘lsada, “ayyor tulki” – Florentino Peres bu yigitlarni qo‘lga kiritish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni uddaburonlik bilan bajarishi aniq. Shunday ekan, o‘z vaqtida Bekxem, Zidan, Ouen, Ronaldo, Ronaldu, Kroos, Modrich, Ramos va boshqa ko‘plab yulduzlarni jamoasiga olib kelgan Peres uchun Mbappe va Xoland transferi katta muammo tug‘dirma kerak.

Boz ustiga, “Real Madrid”ning hujum chizig‘ida bugun muammolar yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi. Ronaldu bor paytda, bu narsa ko‘zga tashlanmayotgan edi. Afsuski, bugungi kunda “Real Madrid” hujum chizig‘ida butun dunyoda muxlislari bor birorta futbolchi qolmadi. Stabillik yetishmaydigan Benzema va Beyldan tashqari, hatto terma jamoaga ham kam chaqiriluvchi Vinisiusni, tez orada jamoadan ketishi kutilayotgan Vaskes, jarohatdagi Asensio, o‘spirin Rodrigo, nima uchun xarid qilingani jumbog‘ bo‘lgan Xames singari futbolchilar o‘rnini yangi megayulduzlar egallashi mantiqan to‘g‘ri. Bugungi kunda “Real” dunyodagi eng kuchli himoya va yarim himoyaga ega. Darvozabon borasida ham muammolar bartaraf etildi hisob. Endi navbat hujumga! Tan olish lozim, qariya Peres ishni ko‘zini biladigan prezident. Bejizga Madrid klubi uning qo‘lostida Yevropani bir necha bor zabt etgani yo‘q.

Xolandni Madridga olib kelish “Real” uchun katta muammo tug‘dirmasligi turgan gap. “Borussiya Dortmund” “qaymoqranglilar” bosimiga dosh bermasligi turgan gap. Afsuski, Mbappe borasida bunday deb bo‘lmaydi. Qatar amirlari Killianni jamoada saqlab qolish evaziga klubni “Barselona” va “Real” darajasiga olib chiqishni reja qilmoqda. Bu haqida, yaqinda rasmiy ma’lumot ham berilganidan xabaringiz bor. Shunga qaramay, “Marca”bejizga Mbappening transferini keyingi yil amalga oshishiga sha’ma qilgani yo‘q. Gap shundaki, Mbappe va “PSJ”o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, Agar parijliklaro‘z hujumchisini kelasi yil sotib yubormasa, unda erkin agent maqomiga ega bo‘lish huquqi paydo bo‘ladi. Ya’ni, Killian jamoa bilan shartnoma tuzishdan bosh tortadi va shartnoma muddatini o‘tib bo‘lgach (3 yildan so‘ng),istagan jamoasi bilan shartnoma tuzishi mumkin. Shunga qaramay, tez orada PSJ Killianni hayratda qoldirishga qodir shartnomataklif etishi kutilmoqda. Shunday ekan, Peres rejasining ikkinchi qismi 50/50 bo‘lib turibdi.

Xoland 75 million yevro

To‘g‘ri, Ronaldu ketgach, Karim ko‘p gol kiritishni boshladi, biroq tan olish lozim,u jarima maydonchasi ichidagi qotil emas. U shunchaki jamoaviy hujumda benazir forvard. Yovich borasida ham birorta iliq fikr bildirishning iloji yo‘q. U katta ehtimol bilan ijara asosida kelasi mavsum boshqa jamoa sharafini himoya qiladi. Shunday ekan, bugungi kunda “Real” uchun chinakam 9-raqam egasi suv va havodek zarur. Tez orada 33 yoshni qarshi oluvchi Karimning o‘rnini bosishga qodir futbolchilarni izlab topish oson ish emas. Norvegiyalik futbolchining agenti – Mino Rayola mijozi kamida 2021-yilga qadar Dortmundda qolishi, biroq undagi progress sababli hammasi 2020-yilda o‘zgarib ketishi mumkinligi haqida bayonot berganidan xabaringiz bor. E’tiborlisi shundaki, Rayola “Borussiya” bilan mijozi shartnoma imzolayotganida Erling uchun ajoyib bir bandni shartnomaga qo‘shtirgan edi. Unga ko‘ra, futbolchi uchun bir nechta klub 75 million yevro taklif qilsa, nemis klubi uni sotishga majbur. Bu klublar ro‘yxatida “Real Madrid”ning borligi kundek ravshan.

“Agar “Real” meni kuzatayotgan bo‘lsa, demak barchasini to‘g‘ri amalga oshiryapman. Bu yoqimli holat.Tayyormanmi? Avvalo bundan nima yutishim va nimalarni boy berishimni o‘ylab olishim kerak”.

Keyin Mbappe!

“PSJ” jamoasi Killianni olib qolish maqsadida hatto Neymardan voz kechishgacha borishi aniq. Boz ustiga, koronavirus sababli paydo bo‘layotgan muammolar yulduz futbolchilarni jamoada olib qolishni yanada mushkullashtirib yubormoqda. 2021-yilga kelib, Parij klubida vaziyat qanday bo‘lishi dargumon. Kuni kecha “PSJ” jamoasining sobiq futbolchisi Jeromi Roten bergan intervyudan so‘ng, Mbappening “Real Madrid”ga o‘tishi borasidagi mish-mishlar yanada avj oldi.

“O‘z manbalarimga suyandan holda shuni aytishim mumkinki, Mbappe allaqachon bir oyog‘i bilan “Real Madrid” futbolchisi bo‘lib ulgurdi. Qatar amirlarining vaziyatga aralashgani bois, bu mavsumda Killian Parijda qoladi, biroq kelasi mavsum u baribir Madridga ko‘chib o‘tadi”.

Korona-tanaffus nafaqat klublarning, balki futbolchilarning ham rejalarini buzib yubordi. Killian bu yili Olimpiada va Yevropa chempionatida to‘p surishi kerak edi. Bu musobaqalardagi zafarli yurish uning qiymatini yanada oshirishi kutilayotgan bir paytda, barchasi keyingi yilga qoldirildi. Bundan tashqari, Mbappe Parij klubi bilan yaxshi aloqalarni saqlab qolgan xolda xayrlashmoqchi. Futbolchi parijliklar tomonidan berilgan barcha va’dalarining ustidan chiqqani uchun minnatdor.

“Real” va Parij klubi o‘rtasidagi munosabatlar ancha do‘stona alfozga kelib ulgurgan. Katta ehtimol bilan 2021-yilda Mbappe katta summa evaziga (“PSJ”ni xafa qilmaydigan summa) Madridga ko‘chib o‘tadi. Killian va Zidan o‘rtasidagi o‘zaro qiziqish shu yo‘sinda yakun topishi ancha oldin taniqli nashrlar tomonidan bashorat qilingani bejiz emas. Faqat korona-tanaffusning yakunini kutish qoldi xolos.

Agarda “Real Madrid” “Avval Xoland, keyin Mbappe” operasiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirsa, ikkita porlab chiqayotgan yulduzlarning “dahshatli” tandemini ko‘rish imkonimiz paydo bo‘ladi. Faqat virus tezroq ortda qolsa bo‘lgani. Hozir bu tandemni ko‘rishimiz uchun shu to‘siqdan o‘tishimiz kerak. Qolgan deyarli barchasi hal etilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 08:04, 14.04.2020. O'qildi: 8803 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Фулхэм Xarri Uilson 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.