Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Paxtakor»ning esda qolarli tarixiy xalqaro uchrashuvlari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Paxtakor
Rukn: Yangiliklar
A A A

Katta tarixga ega «Paxtakor»ning eng muhim xalqaro bellashuvlari haqida muxlislarimizga ajoyib ma’lumotlar taqdim etishni davom ettiramiz. Voqealarga boy tariximizdan boxabar bo‘ling.

1956 yil, “Paxtakor” – Efiopiya terma jamoasi – 3:0
13 iyun kuni Toshkentga Efiopiya terma jamoasi tashrif buyurgan. Endigina tashkil qilingan “Paxtakor”ning birinchi xalqaro uchrashuvi katta qiziqish uyg‘otgan. Bellashuvda Kanunnikov uch to‘p kiritib, afrikaliklarning yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrashlarini ta’minlagan. O‘sha paytlarda bu jamoamizning turli terma jamoalarni dog‘da qoldirishi odatga aylangan.

1960 yil, “Paxtakor” – Yaponiya terma jamoasi – 6:1
6 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan bahsda “Paxtakor” yaponlarning terma jamoasini 6:1 hisobida tor-mor keltirgan! Bundan 55 yil avval klubimiz saviyasi Yaponiyani mensimaydigan holatda bo‘lgan desak yanglishmaymiz. Stadnik, Krasniskiy, Belyakov, Tazetdinov tomonidan urilgan gollar yirik hisobda g‘alaba keltirgan. O‘sha yili “Paxtakor” Sobiq Ittifoq chempionati oliy ligasida debyut qilgandi.

1962 yil, “Paxtakor” – GDR olimpiya terma jamoasi – 2:2
3 avgust kuni Germaniya demokratik respublikasi olimpiya termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etilgan. Tojirov va Tazetdinov tomonidan urilgan gollar o‘yinning durang bilan tugashiga sabab bo‘lgan. O‘sha yili jamoamiz Indoneziya terma jamoasini ikki bor va Kamboja termasini bir marta o‘rtoqlik bellashuvlarida mag‘lubiyatga uchratgan. Turnelar sababli o‘shanda jamoa 14 bor xalqaro o‘rtoqlik bahslarida maydonga tushgan.

1964 yil, “Paxtakor” – “Pirasikaba” – 1:0
1964 yil jamoa uchun eng mashhur yillardan biri sanaladi. O‘shanda Toshkentda o‘tkazilgan ikki o‘rtoqlik bellashuvi tufayli “Paxtakor”ning nomi Yevropaga tanilib ketgan. Dastlabki bahs 19 aprel kuni Braziliyaning “Pirasikaba” klubiga qarshi o‘tkazilgan. O‘yin taqdirini Lyubushinning 18-daqiqada urgan goli g‘alaba keltirgan. O‘yinni stadionda 60 ming ishqiboz kuzatgan. O‘sha paytlarda Braziliya futboli jahonda gegemon sanalgani bois klublarning o‘yini ham juda katta qiziqishga sabab bo‘lgan.

“Paxtakor” – “Nasional” – 2:1
8 iyun kuni esa Urugvayning mashhur “Nasional” jamoasi Toshkentda mehmon bo‘lgan. O‘sha kuni ham stadion to‘lib-toshgan. Turnega chiqqan urugvayliklar Toshkentdagi bellashuvga qadar Shvesiya, Germaniya, Italiya, Avstriya, Belgiya, Moskva, Kiyev va Olma-Otadagi o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchrashmagandi. Toshkentdagi bahsda dastlab mehmonlar a’zosi Sanfilippo hisobni ochgan. Bunga 29-daqiqada Tojirov javob bergan. Ikkinchi bo‘limda Lyubushin kiritgan to‘p “Paxtakor”ga 2:1 hisobida yutuq keltirgan. Mazkur uchrashuvni Tofiq Bahromov boshqarib borgan.

1966 yil, “Paxtakor” – “Tuluza” – 5:0
1965 yil Gresiyaga safar uyushtirib, “Panionis”, “Aris” va AYEKga dars bergan “Paxtakor” 1966 yil 7 avgust kuni Toshkentda Fransiyaning mashhur jamoasi “Tuluza”ni mehmon qilgan. Tuluza shahri jamoasi Fransiya futbolida katta nomga ega klublardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda mazkur jamoa vakillari qaqshatqich mag‘lubiyatni qabul qilishgan. Bellashuvda Abduraimov xet-trikka erishgan. Krasniskiy va Ibrohimovning bittadan kiritgan to‘pi o‘yinning 5:0 hisobida tugashini ta’minlagan.

1969 yil, Kuba terma jamoasi - “Paxtakor” – 1:3, 1:0, 0:1
1969 yil “Paxtakor” Kuba bo‘ylab turne tashkil qilgan. 14-25 noyabr kunlari jamoa Kubada 4 o‘yinda maydonga tushgan. Dastlab Kuba yoshlar termasi 4:0 hisobida dog‘da qoldirilgan. Keyingi 3 bahs Kuba milliy termasi bilan o‘tkazilgan. E’tiborlisi, ularning ikkitasida vakillarimiz zafar quchganlar. Birinchi uchrashuvda Varyuxinning dubli va Krasniskiyning bir goli 3:1 hisobida g‘alabani ta’minlagan. Keyingi o‘yinda Kuba kichik hisobda zafar quchgan. Uchinchi bellashuvda Ibrohimovning goli yagonaligini saqlab qolgan. Ushbu o‘yindan keyin “Paxtakor”ning nomi Janubiy Amerika mamlakatlarida ham ko‘p marta tilga olingan.

1971 yil, Afrika bo‘ylab turne
1971 yil 14 noyabrdan 2 dekabrgacha bo‘lgan muddatda “Paxtakor” Afrikaning 3 mamlakatida 10ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan. Syerra-Leoneda ikki bor shu mamlakat termasi dog‘da qoldirilgan. Yana ikki bellashuv hududiy jamoalar bilan o‘tkazilib, ularda ham muvaffaqiyatga erishilgan. Keniyadagi 3 bellashuvda bittadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat qayd etilgan. Efiopiyaga safar 2 g‘alaba va 1 durang bilan yodda qolgan. 19 kun ichida 10ta uchrashuvda maydonga tushish va turli davlatlarda bo‘lishga futbolchilarning dosh berganiga qoyil qolish lozim.

1972 yil, “Roma” – “Paxtakor” - 1:1
1972 yilda jamoa turnesini Italiya bo‘ylab uyushtirgan. Narni va Sorrento shaharlarida uch uchrashuv o‘tkazilgan. Dastlab Narni viloyati terma jamoasi 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratilgan. 28 sentyabr kuni Sorrentoda “Roma” bilan o‘yin bo‘lib o‘tgan. O‘shanda “Roma” “A” seriyada ishtirok etardi. Muysan rimliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, bellashuv yakunlanishi arafasida Fyodorov muvozanatni tiklagan. O‘yinda jamoalar quyidagi tarkibda maydonga tushganlar.

“Roma” (1-bo‘lim): Ginulfi, Morini, Pechchenini, Salvori, Bet, Santarini, Orazi, Spadoni, Muysan, Kordova, Fransot.
“Roma” (2-bo‘lim): Ginulfi, Sharatti, Bertini, Rokka, Kappelli, Santarini, Banelia, Pellegrini, Muysan, Kordova (Di Bartoyomey, 65), Vichi.
“Paxtakor”: Govorov, Basov (Mo‘minov, 46), Shtern, Varyuxin, Turg‘unov, Ivanov (Lisakovskiy, 73), Soloxo (Ibrohimov, 46), Kuzmin, Abduraimov, Fyodorov, An.

Shuningdek, o‘sha yilning noyabr oyida Toshkentda Shvesiyaning “Xalmshtadt” klubi bilan o‘yin ham tashkil etilgan. Unda 1:0 hisobida shvedlar zafar quchgan.

1975 yil, “Paxtakor” – Yaponiya terma jamoasi – 3:1
Oradan 15 yil o‘tgach, yaponlar yana Toshkentga tashrif buyurishgan. 19 iyul kuni “Paxtakor” stadionida kechgan bellashuvda mezbonlarning qo‘li baland kelgan. To‘g‘ri, hisob avvalgidek o‘ta yirik ko‘rinish olmagan. Ashirov, Korchenov va Bakanov tomonidan urilgan gollar 3:1 hisobida yutuq olib kelgan.

1981 yil, Tunis terma jamoasi - “Paxtakor” – 0:0
Sfaks shahrida o‘tgan bellashuvda “Paxtakor” Tunis terma jamoasi bilan golsiz durangga imzo chekkan. Hozirgi paytda Afrikaning eng kuchli termalaridan biriga aylangan Tunisda o‘tgan asrning 80-yillarida futbol borasida barchasi yaxshi emasdi. Lekin asta-sekinlik bilan ular yaxshi saviyaga chiqib borishdi.

1991 yil, “Olimpiakos” – “Paxtakor” – 4:3
1991 yil may oyida “Paxtakor” Gresiyaga safar qilgan. Dastlab Vasilis Xadzipanagis o‘ynagan “Iraklis” bilan bellashuvda 2:5 hisobida imkoniyat boy berilgan. 23 may kuni Afinada Gresiyaning eng nomdor ikki jamoasidan biri “Olimpiakos”ga qarshi uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Denisov va Maqsudovning ikki goliga mezbonlar 4 to‘p bilan javob qaytarishgan. O‘sha bellashuv yoshlardan iborat “Paxtakor”ning saviyasi yomon emasligini ko‘rsatib bergandi.

1993 yil, “Paxtakor” – “Vitess” – 2:3
17 avgust kuni Toshkentga Gollandiyaning “Vitess” klubi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘ynash uchun tashrif buyurgan. Qosimov va Ma’rufaliyevning gollariga mehmonlardan Laamers va Gilxaus (2 gol) 3 marta javob qaytarishgan.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 19:58, 14.04.2020. O'qildi: 4083 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик