Bugun 8 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Paxtakor» afsonalari: Gennadiy Krasnitskiy

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Paxtakor» tarixida o‘chmas iz qoldirgan, O‘zbekistonning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi Gennadiy Krasnistkiy faoliyatiga nazar solib o‘tamiz.

GENNADIY KRASNITSKIY
To‘liq ismi: Gennadiy Aleksandrovich Krasnitskiy
Tug‘ilgan sanasi va joyi: 27.08.1940, Toshkent
Vafot etgan sanasi va joyi: 12.06.1988, Qo‘rg‘ontepa, Tojikiston
Ampluasi: hujumchi
Faoliyati: "Paxtakor" 1958-1970 (400dan ortiq uchrashuv, 200dan ortiq gol)
SSSR terma jamoasida 3 o‘yin o‘tkazib, 1 gol muallifi bo‘lgan.
Murabbiylik faoliyati: 1970 "Traktor", 1971 "Paxtakor", 1972 "Yangiyer", 1973 "Traktor", 1974-76 "Paxtakor", 1977 "Yangiyer", 1983-85 "Zvezda" (Jizzax).
1986-87 yillarda Respublika kasaba uyushmalari qo‘mitasida futbol bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Grigoriy Fedotov to‘purarlar klubi a’zosi (113 gol bilan). "Shuhrat" medali sohibi (2006 yil).
"Paxtakor"da 322 uchrashuvda 142 gol urishga erishgan.

O‘zbek futboli tarixida Gennadiy Krasnitskiyning ismi muhim o‘rin tutadi. Chunki u birinchi bo‘lib Grigoriy Fedotov nomidagi to‘purarlar klubiga a’zo bo‘lishni uddalagan, O‘zbekistonning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. "Pishevik" stadionida millionlar o‘yini bilan shug‘ullanishni boshlagan Genadagi iqtidorni uning birinchi murabbiyi Gennadiy Yermakov o‘z vaqtida payqagan. Aynan Yermakov musobaqa tashkil qilib, iqtidorli bolalarni tanlab olgan paytda ularning qatorida Gena ham bor edi. 1956 yilda Krasnitskiy O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi safida "Paxtakor" Markaziy stadionida maydonga tushgandi. Ungacha esa o‘smirlar tarkibida bir necha musobaqalarda g‘alaba qozongan. 1958 yil 18 yoshga to‘lgan o‘yinchini mamlakatning bosh jamoasi hisoblangan "Paxtakor"ga qabul qilishadi. O‘zining birinchi uchrashuvidayoq Gena buyuk iste’dod egasi ekanligini namoyish qiladi. O‘sha kuni birinchi ligada Nijniy Tagilning "Metallurg" klubiga qarshi uchrashuvda Krasnitskiy 79-daqiqada hisobni 2:0ga yetkazdi. Birinchi mavsumda hujumchi 12 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Keyingi mavsumlarni ham u ajoyib tarzda o‘tkazdi. 1959 yil 12ta gol urgan Gena jamoasining oliy ligaga yo‘llanma olishiga o‘z hissasini qo‘shdi. 1960 yil ilk marta oliy ligada o‘ynagan iqtidor egasi o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va birin-ketin tajribali sanalgan himoyachilarni ortda qoldirdi. Mavsumni 19 bor to‘p kiritgan holda yakunlagan Krasnitskiy ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. 1961 yilda dastlabki yetti uchrashuvdan keyin uning hisobida olti gol bor edi. Bu narsa terma jamoa murabbiylari diqqatini ham o‘ziga jalb qildi va Krasnitskiy navbatdagi yig‘inga taklif etildi. Debyutini u Varshavada Polsha termasiga qarshi kechgan o‘yinda nishonladi. O‘sha paytlarda polshaliklar nafaqat Yevropaning, balki jahonning yetakchi jamoalaridan biri sifatida e’tirof etilishardi. Bahs 1:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Mazkur bellashuvda hamyurtimiz keyinchalik butun jahonga mashhur murabbiyga aylangan Valeriy Lobanovskiyning o‘rniga maydonga tushgan. Umuman olganda, millatchilikka yo‘l qo‘yilmagan taqdirda Gena terma jamoa bilan ko‘proq uchrashuvlarda ishtirok etishi ham mumkin edi. Lekin u vaqtda terma jamoada asosan rus va ukrain o‘yinchilar to‘p tepishardi. Qolgan millat futbolchilari har qancha ajoyib o‘yin ko‘rsatishmasin, faqat o‘rtoqlik o‘yinlari yoki yig‘inlarga taklif qilinardi. Yevropa va jahon chempionatining final bahslariga murabbiylar o‘z "qadrdon"larini taklif etishgan. Ikkinchi o‘yinini Krasnitskiy 1965 yil Avstriya termasi bilan Moskvadagi uchrashuvda o‘tkazgan. O‘sha kuni Igor Netto terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasagan. 1966 yil Yugoslaviya bilan Belgradda o‘tgan bellashuvda Gena terma jamoa uchun birinchi va oxirgi golini urgan. O‘shanda Angliyadagi jahon chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egallagan terma jamoa mundialdan keyingi ilk bahsida maydonga tushgandi.

Bu orada uning klubdagi faoliyati ancha yaxshi davom etdi. 1961 yil 20 to‘p kiritib yana bir ajoyib ko‘rsatkichni qayd etdi. O‘sha mavsumda u 24 uchrashuvda maydonga tushgandi. Shu ko‘yi Krasnitskiy faoliyatining oxirigacha "Paxtakor" uchun o‘ynashda davom etdi. 1971 yilda esa faoliyatini tugatishga qaror qildi. Shu yillar ichida Janubiy Amerikaga uyushtirilgan turneda qahramonliklar ko‘rsatdi (jarimadan ajoyib gollar urib, darvoza to‘rini teshib yuborib), Grigoriy Fedotov nomidagi to‘purarlar klubiga a’zo bo‘lgan birinchi "paxtakorchi"ga aylandi. Unga ko‘p marta tazyiq o‘tkazishga urinishgan, sport ustasi unvonini yarim yildan keyin bekor qilishgan, turli gap-so‘zlarni tarqatishgan.

Diyego Maradona o‘zining futbolni tanlashiga sabab sifatida aynan Krasnitskiyning uzoq masofadan darvoza to‘rini teshib yuborgan golini tilga olgan. Genaga havas qilgan argentinalik bolakay oxir-oqibat yulduzga aylandi. Bu faktni ko‘pchilik hozirgacha bilmagan bo‘lishi mumkin. Maradona o‘sha gol haqida yozilgan maqolani o‘z arxivida saqlab qo‘ygan.

Krasnitskiy futbol, Toshkent va "Paxtakor"ni sevgan. O‘zi tug‘ilib o‘sgan yurt futbolining rivojlanishi uchun bor kuchini bergan. Matbuot tomonidan unga uyushtirilgan hujumlar sababi nimada bo‘lgan? Ehtimol, Moskva yoki Kiyevning "Dinamo"si yoki SSKAning taklifini qabul qilmagani uchundir. Boshqa futbolchilar yuqoridagi klublardan taklif bo‘lishini kutib yashashardi va birinchi imkoniyatdayoq o‘ylab o‘tirmasdan chetga ravona bo‘lishardi. Gena bo‘lsa bir necha marta taklif olganiga qaramay, faoliyatining oxirigacha "Paxtakor"ga, O‘zbekistonga sodiq qolgan. Oxir-oqibat uni tan olishdi. Shunday hollar yuz berganki, boshqa mamlakatlardan muxlislar aynan Krasnitskiyning o‘yinini ko‘rish uchun Toshkentga kelib ketishgan!

Futbolchilik faoliyatini tugatgach, u "Traktor", "Paxtakor", "Yangiyer" hamda "Zvezda" jamoalarida ishlagan. Umrining oxirgi yillarida esa nazoratchi sifatida xizmat qilgan. 1988 yilning 12 iyun kuni u Tojikistonda navbatdagi uchrashuvda o‘z vazifasini bajargan. O‘yin yakuniga yetgach, kutilmaganda Krasnitskiy o‘zini uchinchi qavatdan yerga tashlab yuborgan va hayotdan ko‘z yumgan.

Juda kuchli zarbaga ega bo‘lgan Genaning bu qobiliyati ko‘plab raqiblarga qiyinchilik tug‘dirgan. Uning zarbasidan so‘ng noqulay ahvolga tushib qolish darvozabonlar uchun oddiy holatga aylangan.

Gena jarima zarbalarini uzoqdan yugurib kelib tepardi. Uning shu harakatining o‘zidayoq raqiblar talvasaga tushishardi. Shuningdek, 185 sm bo‘y, 90 kg vazn va 39-o‘lchamli butsida berilgan zarbadan keyin to‘p fantastik kuch bilan uchardi. Ha, Krasnitskiy shunday iqtidor sohibi edi.

Bugungi kunda Krasnitskiyning nomi O‘zbekiston futbol tarixiga yozib borilmoqda. U XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, har yili turli xotira turnirlari o‘tkazib kelinadi. Taniqli futbol jurnalisti Vladimir Safarovning Krasnitskiyning hayotiga bag‘ishlangan kitobi nashrdan chiqqan. O‘FF ijroiya qo‘mitasi esa "Gennadiy Krasnitskiy nomidagi to‘purarlar klubi"ni tashkil etishga qaror qildi va faoliyatida 100 gol urgan futbolchilarga klub a’zoligini bildiruvchi mukofot topshirib kelinmoqda. Bu faktlar ushbu afsonaning xotirasi hozirgi va keyingi avlod tomonidan ham yodga olinishini ko‘rsatadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 06:16, 17.04.2020. O'qildi: 3825 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик