Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6344 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2596 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 13.10.2025

      06:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      10:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      13:55 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      15:50 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      16:55 Д/ф "Манчестер Юнайтед". Вперёд к славе".
      18:05 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Флуминенсе".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Флуминенсе".
      04:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 13.10.2025

      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Греко-римская борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      10:15 Д/ф "Новак Джокович. Только победа".
      11:15 Плавание. Кубок мира. Этап 1 в Кармеле, США.
      13:00 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". SMP TCR. Гонка 1.
      14:15 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". SMP GT4. Гонка 1.
      15:25 "Команда мечты".
      15:55 "Сюрпляс".
      16:25 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 7 в Краснодаре, Россия.
      18:25 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 1 с.
      19:15 "Страна спортивная".
      19:30 "Непобедимый".
      20:00 Греко-римская борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      22:30 Академическая гребля. Чемпионат мира в Китае.
      00:15 Д/ф "Льюис Хэмилтон".
      01:30 "Команда мечты".
      02:00 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". SMP TCR. Гонка 1.
      03:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". SMP GT4. Гонка 1.
      04:15 Плавание. Кубок мира. Этап 1 в Кармеле, США.
  • MATCH-TV
    • Sana: 13.10.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Баскетбол. Единая лига ВТБ. УНИКС (Казань) - "Уралмаш" (Екатеринбург).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Иван Штыль.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Абу-Даби, ОАЭ. Кори Сэндхаген против Умара Нурмагомедова.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Век нашего спорта". "Истоки".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 LIVE Громко. Прямой эфир.
      18:55 "Что за спорт?". "Экстрим".
      19:25 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Рио-де-Жанейро, Бразилия. Чарльз Оливейра против Матеуша Гамрота.
      21:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Автомобилист" (Екатеринбург). Прямая трансляция.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:25 Матч! Парад.
      02:00 Д/ф "Конор МакГрегор - ирландец".
      03:00 "Эволюция спорта".
      04:00 Волейбол. Кубок Победы. Мужчины. Финал 4-х в Москве. Матч за 3-е место.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 13.10.2025

      06:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/2 финала.
      07:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      08:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      09:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/2 финала.
      11:00 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Прямая трансляция.
      14:00 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      15:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      16:30 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Прямая трансляция.
      19:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      21:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал.
      23:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Финал. Ledro Sky Trentino в долине Ледро, Италия. Женщины.
      00:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Финал. Ledro Sky Trentino в долине Ледро, Италия. Мужчины.
      01:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 14 в Риме, Италия.
      03:00 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      04:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Uning o‘yinidan zavq olmaslik — jinoyat». Dunyo futboli yulduzlari braziliyalik «sehrgar» Ronaldinyo haqida

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Dunyo mamlakatlari uchun mart oyi koronavirus pandemiyasi sabab oson o‘tmadi. Shuningdek, futbol klublari, futbolchilar, muxlislar uchun ham. Futbolchilar o‘zining sevimli mashg‘ulotlaridan, muxlislar esa millionlar o‘yinidan oladigan zavqlaridan bebahra qoldi. Mart oyi 40 yoshni qoralagan braziliyalik Ronaldinyo uchun ham oson o‘tgani yo‘q. Boisi «Barselona»ning sobiq yulduzi va uning akasi Roberto de Assis Moreyra soxta pasport bilan Paragvay hududiga kirgani sabab hibsga olingandi. «Oltin to‘p» sohibi qariyb bir oyni Paragvay qamoqxonasida o‘tkazgandan so‘ng garov puli evaziga ozodlikka chiqarildi.

Hozir Ronaldinyoning terma jamoa va klublardagi faoliyati hamda maqtanishga arzigulik shaxsiy sovrinlari, yoki qanday qilib qamoqqa tushish darajasiga kelib qolgani haqida uzundan uzun hikoya emas, balki u haqida hamkasblari, taniqli murabbiylar hamda sobiq jamoadoshlari tomonidan bildirilgan fikrlarni e’tiboringizni havola etiladi.

Zlatan Ibrahimovich

«Barchasi oddiy, Ronaldinyo – futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. Uning o‘yinidan zavqlanmaslik – haqiqiy jinoyat».

Zinedin Zidan

«Ronaldinyo – buyuk o‘yinchi. U – tezkor, elastik va favqulodda texnika egasi. Ko‘pchilik aynan dribling uning asosiy ustunligi deb o‘ylaydi. Biroq men bunday fikrda emasman. U – ajoyib pleymeyker va jamoa hujumlarini boshlab beruvchi universal futbolchi. Meni uning vaziyatlarni oldindan o‘qiy olish xislati qoyil qoldirardi».

Lionel Messi

«16-17 yosh paytimda Ronaldinyo menga juda ko‘p yordam bergan. Qaysidir ma’noda men uni ustozim deb bilaman. Maydonda har doim uni qidirardim, afsuski, biz u qadar ko‘p vaqt birga o‘ynamadik. Ronaldinyo bilan uzoqroq o‘ynashni istagan bo‘lardim».

Serxio Ramos

«Faoliyatining eng yaxshi yillarida Ronaldinyoni deyarli to‘xtatishning imkoni yo‘q edi. U nafaqat hujumchi, balki pleymeyker ham edi. U futbol tarixida abadiy qoladi. Uning ishtirokidagi ‘El-Klassiko‘lar o‘zgacha tus olardi».

Selso Rot (Ronaldinyoning ilk jamoasidagi («Gremio») murabbiyi)

«Men murabbiylik faoliyatim davomida ajoyib o‘yinchilar bilan ishladim, ammo Ronaldinyo qolganlardan bir bosh ustun edi».

Viktor Valdes

«Ronaldinyo kelguniga qadar biz ko‘p yillardan beri sovrin qo‘lga kirita olmayotgandik. Ronni kelib, «Barselona»ni butun dunyoga mashhur qildi. Ronaldino men ko‘rgan eng iste’dodli o‘yinchi. Unga hatto Messi ham tenglasha olmaydi».

Kilian Mbappe

«Men Ronaldinyoning o‘yinini tomosha qilib ulg‘ayganman. Ronning to‘p va raqiblar bilan qilgan harakatlariga aql bovar qilmaydi. Hamon uning o‘yinidan olingan lavhalarni ko‘rib, hayratlanaman».

Deku

«Men uchun Ronaldinyo dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Maydonda nima qilish kerakligini bilmaganimizda, u har doim golli vaziyatlar yarata olardi. Ronni maydonda shunday harakat qilardiki, boshqa hech kim buni takrorlay olmasdi».

Iker Kasilyas

«Ronaldinyo mening darvozamga juda ko‘p gollar urgan, ammo futbol muxlisi sifatida men uning o‘yinidan zavq olaman. U – chinakam «sehrgar»dir. U bilan yana birga o‘ynashni va uning zarbalarini to‘sishni xohlagan bo‘lardim».

Xosep Gvardiola

«Ronaldinyo «Barsa»ning o‘ziga bo‘lgan ishonchini qaytarishda eng ko‘p harakat qilgan futbolchilardan biri edi. U bir necha yillar mobaynida yuqori darajada o‘ynadi, chempionat va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. Ronaldinyo – boshqa darajadagi o‘yinchi. Messigacha Ronaldinyo kabi futbolchini ko‘rmaganman».

Sadio Mane

«Meni o‘z qishlog‘imda yaxshi tanishgan va Ronaldinyoga o‘xshatishgan. Ular hatto meni Ronaldinyo deb ham chaqirishardi. Men har doim uning muxlisi bo‘lganman».

Villian

«Ronaldinyo – eng zo‘ri bo‘lgan. Albatta, Ronaldu va Messi juda ko‘p gollar urdi. Ammo Ronni maydonda bajargan harakatlarini hech kim takrorlay olmaydi. U karyerasini erta yakunlagani achinarli. Ronaldinyo – mening birinchi raqamli kumirim bo‘lgan».

Klod Makelele

«Chelsi» – «Barselona» uchrashuvi paytida men Ronaldinyoning oldiga borib, unga shunday dedim: «Men bilan o‘yinda odatdagi fintlaringdan foydalan. Agar Play Station’dagi kabi harakatlarni qilsang, seni shifoxonaga jo‘nataman». U esa bunga javoban mendan kechirim so‘ragandi. U – ajoyib futbolchi va kamtar inson».

Xavi

«Men uchun eng zo‘ri Ronaldinyo. Ehtimol, unga barqarorlik yetishmagandir. Faqat Messi barqarorligi tufayligina Ronaldinyodan ustunroq bo‘lishi mumkin».

Virjil van Deyk

«Ronaldinyo – mening futboldagi birinchi raqamli kumirim bo‘lgan».

Bernard

«Ronaldinyo chindan ham dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri. U bilan birga o‘ynaganim uchun undan ko‘p narsani o‘rgandim. U – men uchratgan eng yaxshi inson. Avvalo Ronaldinyo menga futboldan zavqlanishni o‘rgatdi».

Neymar

«Hech qaysi futbolchini Ronaldinyo bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Uning noodatiy harakatlari, zarbalari, ajoyib to‘p uzatishlari, gollari. Bularning barchasi uning buyukligidan dalolat beradi. U «Barselona» va Braziliya terma jamoasi tarixiga kirishga muvaffaq bo‘lgan kam sonli o‘yinchilardan biri».

Edgar Davids

«Dribling va boshqa texnik jihatlardan olib qaraganda, Ronaldinyo dunyoning eng yaxshi futbolchisidir».

Eden Azar

«Men Ronaldinyodan juda ko‘p narsalarni o‘rganganman. Futbol taktik o‘yin bo‘lib, sizni jiddiy bo‘lishga majbur qiladi, ammo u menga tabassum bilan o‘ynashni va har qanday vaziyatda ham futboldan zavqlanishni o‘rgatdi. Tan olaman, YouTube’da Ronnining o‘yinidan lavhalarni soatlab tomosha qilardim».

Devid Bekhem

«Ronaldinyo «Barselona»da o‘ziga xos tarzda o‘ynardi. Yengil, xotirjam va doimo yuzida tabassum bilan. To‘p bilan u chinakam daho».

Frenk Lempard

«Ronaldinyo – boshqalarga o‘xshamaydi. U – boshqa darajadagi futbolchi».

Nani

«Ronaldinyo – futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchidir. Hech kim unga teng kela olmaydi. U – haqiqiy «sehrgar». Har doim yuzida tabassum bilan yurardi».

Diyego Maradona

«Ronaldinyo – men ko‘rgan eng buyuk o‘yinchilardan biri».

Pele

«Ronni – dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi. Uning o‘yinini tomosha qilish o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. U har bir braziliyalikka oz bo‘lsada baxt ulasha oldi».

Kaka

«Ronaldinyo – haqiqiy chempion. U – buyuk va takrorlanmas futbolchi».

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:43, 20.04.2020. O'qildi: 6387 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.