Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APLning eng “zo‘r”lari bilan tanishing!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Aslida bu paytda PFA yilning eng yaxshilarini aniqlashi kerak edi. Endilikda, bu ishni ular uchun jurnalistlar va futbol nashrlari amalga oshirishmoqda. Stadion.uz va Dail Mail Angliyadagi yilning eng yaxshilarini aniqlashga urunib ko‘radi.

Yilnining eng yaxshi futbolchisi – Jordan Henderson

Bu juda muhim nominasiya. Uning g‘olibini aniqlash doimo mushkul kechgan. Boz ustiga, mavsumni “Liverpul” singari “Manchester Siti” futbolchilari ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazayotgan edi. Shunga qaramay, Henderson o‘zining yetakchilik qobiliyati bilan qolganlardan yaqqol ajralib turgani rost. Usiz “qizillar” maydon markazi bir nechta uchrashuvlardan oqsab qolganini ko‘rdik. Bejizga uni Stiven Jerrard Pol Skuolzga qiyoslamadi. Markazdagi universal futbolchisiz “Liverpul” o‘z drayvi va adrenalini yo‘qotib qo‘yishi bor gap.  Shu sababli bu nominasiya yorqin o‘yin ko‘rsatgan futbolchiga emas, doimo soyada qolib ketsada jamoa uchun juda muhim figura sanalgan futbolchiga topshirildi.

Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi – Trent

U nafaqat Angliyda, balki butun dunyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb e’tirof etilgani rost. O‘zining 21 yoshida “Liverpul”ning strategik quroliga aylangan Trend himoyachi bo‘la turib jamoa pleymeykiriga aylana oldi. Qo‘shimchasiga, uning himoyadagi va jamoaviy pressingdagi faolligini ham unutmaslik lozim! Qisqacha qilib aytganda,  bunaqasini katta futbolda har kuni ham uchratavermaysiz. Boz ustiga, futbolchi endigina 21 yoshga qadam qo‘ygan bo‘lsa!
Yilning eng yaxshi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy jamoa

Darvozabon – Alisson Bekker

Qachonlardir Braziliya terma jamoasining asosiy muammosi sifatli darvozabonlarning yo‘qligida degan g‘alati “fikr” bor edi. Endilikda, Ederson va Alisson bu g‘oyani to‘liqligicha yo‘qqa chiqarishmoqda. Ayniqsa, “Liverpul”ning braziliyalik posboni bu mavsumni juda yaxshi saviyada o‘tkazdi (o‘tkazmoqda). Jamoa erishayotgan yutuqlarning kamida yarmi uning hissasi mavjud.

Himoyachilar

Qanot himoyachisi – Endi Robertson

Uchar shotland “Liverpul”da Trend singari juda muhim  futbolchi. U Himoyada ham hujumda ham birdek faollik ko‘rsatuvchi sayyoramizdagi yagona futbolchi desak, adashmagan bo‘lamiz. APLdek shiddatli chempionatda 7ta assistni amalga oshirgan yigitchaga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q.

Markaziy himoyachi – Virjil Van Deyk

Yana bir “Liverpul” futbolchisi. Bu klubning futbolchilari ro‘yxatda bo‘lishga loyiq futbol namoyish etayotgani uchun ham ularni qo‘shmaslikning iloji yo‘q. O‘tgan mavsumda APLning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan golland bu mavsumda ham o‘z darajasida harakat qilmoqda. Aynan u “Liverpul”ning hal qiluvchi futbolchilaridan biri sanaladi.

Markaziy himoyachi – Chaglar Suyunju

23 yoshlik turk bu mavsumga qadar birorta klubda nom qozonishga muvaffaq bo‘lmagan edi. Kimsan Garri Maguayerning yo‘qligini hech kimga bilintirmagan himoyachini so‘zsiz mavsum kashfiyoti deyishimiz mumkin. Rojer talqin qilayotgan hujumkor futbol zamirida Suyunjuning hizmatlari juda katta ekanligini inobatga olsak, aynan u yilning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biriga aylanmoqda.

Qanot himoyachisi – Trend Aleksander Arnold

“No Comment”!

Yarim himoyachilar

Jordan Henderson

Qanday qilib yilning eng yaxshi futbolchisi razmiy jamoadan tushib qolishi mumkin? Boz ustiga, Hendersondek o‘z pozitsiyasida dunyoning eng kuchli futbolchisi sanaladi. Shunday ekan, yarim himoyadagi futbolchilarni bu ro‘yxatda Henderson boshqarib boradi.

Kevin de Bryuyne

Bu mavsumda belgiyalik futbolchi og‘ir jarohatga duchor bo‘lishiga qaramay, nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatishdan to‘xtagani yo‘q. “Manchester Siti”ning yuragi deb e’tirof etiluvchi futbolchi bir o‘zi “Real”ni mag‘lub etishga qodir ekanligini barcha guvohi bo‘ldi. Uning naqadar iqtidorli ekanligini inobatga olsak, kelajakda “oltin to‘p” uchun kurashga qo‘shilishi mumkin.

Jek Grilish

 “Aston Villa”dek cho‘kayotgan kemani elitada saqlab qolish uchun maydonda ter to‘kayotgan 24 yoshli sardori ajoyib mavsumni o‘tkazdi.(o‘tkazmoqda) U qolgan jamoadoshlari fonida shu qadar yorqin o‘yin namoyish etyaptiki, xatto klubning ashaddiy muxlislari ham Grilish Birmingemda uzoq ushlanib qolmasligini ich-ichidan tushunib turibdi.

Hujumchilar

Sadio Mane

Mane anchadan beri iqtidorli va sermahsul futbolchilar ro‘yxatidan joy olib kelmoqda. Uning o‘yinlarini tomosha qilish juda zavqli. Istalgan daqiqada vaziyatni umuman o‘zga tomonga burib yuborishga qodir futbolchi “Liverpul”ning bugungi kundagi gollarining barchasida ishtirok etmoqda. U gol kiritishda va uni yaratishda benazir futbolchi. Uning tezligi, jismonan baquvvatligi va mehnatkashligini alohida e’tirof etish darkor.

Muhammad Salah

Salah avvalgi mavsumlarda shu qadar yaxshi to‘p surdiki, o‘zi uchun o‘zi juda baland plankani o‘rnatib qo‘ydi. Endilikda, u bir mavsumda 20 ta gol(+9 ta assist) kiritsa ham tanqidlar ostida qolmoqda. Tan olish lozim, Salah o‘sha-o‘sha tehnikasi juda yuqori bo‘lgan, tezkor va juda foydali hujumchi. U sira o‘zgargani yo‘q.

Jeymi Vardi

33 yoshida APLning 100 million yevrolik hujumchilaridan ko‘proq gol kiritishi uddalagan kamtarin Vardini unutishga haqqimiz yo‘q.  U Brenden Rojers qo‘l ostida “tulkilar” bilan chempion bo‘lgan mavsumdan ham yaxshiroq mavsum o‘tkazayotgani haqiqat. Vardi uni erta ro‘yxatdan o‘chirib tashlaganlarga nimalarga qodir ekanligini isbotlashda davom etmoqda. APLning o‘rtamiyona jamoasining kuchli uchlikka kirishida Vardining o‘rni beqiyos.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:26, 27.04.2020. O'qildi: 7043 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.