Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Hindu"

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

28 aprel o‘tmishning yorqin posbonlari Dino Zoff va Dzenga bilan, bugunning sifatli o‘yinchisi Xuan Mata bilan eslanishi ham mumkin edi. Ammo ularning qarshisiga bir siymo chiqib qoldiki, hozir ana shu mutaxassisga ko‘proq to‘xtalishimizni hisobga olib, moziy yulduzlari va bugunning yetakchisini chetga surib turishga majburmiz. Bu – "Atletiko" klubi ustozi Diyego Simeonedir.

Yosh avlod Simeoneni murabbiy sifatida taniydi. Lekin klassik matchlarda "A" Seriya o‘yinlari namoyish etilganida, Lasio tarkibida markazda o‘ynagan futbolchini tanish qiyinmasdi. Diyego boshqa janubiy amerikalik futbolchilar singari yoshligidan futbolga oshino bo‘lgan, otasi futbolchi bo‘lolmaganidan unga e’tibor qaratgan, maktabni-da maydonga almashtirgan bolakay bo‘lgan. Yoshligidan uni El Cholo deb atashardi. Hindu degan ma’noni bildiradi. Gap Simeonening tashqi ko‘rinishida emasdi, axir, uning ota-bobosining qoni hindularga borib taqaladi, gap o‘yinida edi. Bolaligidanoq u to‘p uchun kurashda tajovuzkorligi bilan ajralib turardi. Hech qanday to‘qnashuvdan, kurashlardan qo‘rqmasdi. “Veles” klubidagi birinchi murabbiyi Spinetti eslaydi: “Diyegoning yoshligi bugunidan farq qilmaydi, xuddi shunaqa o‘ynardi. O‘zgarmagan.”

Shu bois qahramonimiz futbolchilik paytida yutgan sovrinlari, urgan gollaridan ko‘ra agressivligi va... simulyasiya ishlatib Bekhemga olib bergan qizil kartochkasi bilan eslanadi. Fransiyada o‘tgan mundial, nimchorak final, eng zo‘r juftlik – Argentina va Angliya, yoshgina Maykl Ouenning yorqin reydi va markazda Simeone yo‘q joyda Devid Bekhem unga nisbatan qo‘pollik ishlatgandek manzara hosil qilib, inglizlarning yetakchisiga alamli kartochka taqdim etadi. Bekhem uchun bu o‘sha paytlar fojia edi. Chunki aynan uning maydonda yo‘qligi sabab Argentina muvozanatni o‘zi tomonga og‘dirdi, kuchi yetmayotgan raqibini sindira oldi. Vaholanki, o‘sha yilgi futbol vatani vakillari chempionlik xarakterini ko‘rsatayotgan yurt edi. Tarkib juda kuchli edi.

Diyego Simeonening yaxshi tomoni, mana shu vaziyatlarni andavalab o‘tirmaydi, deylik, vatandoshi, adashi bo‘lgan daho futbolchi singari: bu mening qo‘limmas, hokazo, hokazo, deb. Balki rostini aytadi: “Biz Bekhem bilan to‘qnashib ketdik va birga yiqildik. Endi turayotganimda, meni ozgina turtib yubordi va men bu imkoniyatdan foydalandim. O‘ylashimcha, mening o‘rnimda hamma shu ishni qilardi!”

Ha, aynan mana shu masalada men Simeonega qoyil qolaman. Murabbiyligida ham bor vaziyatni aytadi. Krishtianu Ronaldu bilan xunuk harakatlar hodisasida: “U meni eslab qolgan va alamini oldi”, degandi. Yaqinda Ispaniya superkubogi finalida Madrid derbisining so‘nggi soniyalarida urugvaylik Valverde Moratani to‘xtatib qolganiga qanday izoh berganini bilasiz: “Men o‘zim Fedening oldiga bordim va to‘g‘ri qilganini aytdim. Boshqa futbolchi ham shu ishni qilardi. Sen bugun qahramonsan!”

O‘g‘lini ham o‘z jamoalarida o‘ynatmaydi. O‘zi harakat qilsin, otasining nomi sudramasin, deydi.

Ha, balki kimgadir uning futbolchiligidagi harakatlari yoqmas, murabbiyligidagi uslubi ma’qul kelmas, ammo u o‘zining futbolda mavjudligini, istalgan raqib bilan tengma teng kurasha olishini isbotlab kelmoqda. Maoshi ham shuning uchun hammadan ko‘proq. Pul beruvchilar odatda ahmoq bo‘lishmaydi, kimga va qay mehnatlari uchun berishayotganini bilishadi. Boshqa izohning hojati bo‘lmasa kerak. Darvoqe, Diyego bugun ellik yoshni nishonlaydi. Unga eng yaxshi sovg‘ani jamoasi yaqinda Enfildda taqdim etib bo‘ldi. O‘yindan so‘ng ispaniyalik jurnalistlar bu uchrashuvga zo‘r ta’rif berishdi, shu gap bilan Simeone haqidagi lavhani yopaman: “Klopp va Simeone jamoalari shaxsan murabbiy jamoalari hisoblanadi. Maydonda har bir "Atletiko" vakili Simeonega aylanadi, "Liverpul" futbolchisi Kloppga. Bugun Madrid yengganining sababi, maydonda o‘n bitta Simeone o‘n bitta Kloppga qarshi o‘ynadi. Ikkisining futbolchiligini ko‘rgansiz, shu holat bilan baholangchi, Kloppning kuchi Diyegoga yetarmidi?”

Manba: Хайрулла Ҳамидов телеграм канали
Kiritildi: 08:39, 28.04.2020. O'qildi: 5137 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик