Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jamoliddin Bobojonovdan O‘zbekiston chempionatini davom ettirish bo‘yicha takliflar

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yurtimizda koronavirus asta-sekin chekinayotgandek. Endi yurtimizda futbol mavsumni qayta boshlash variantlari haqida o‘ylash mumkin. Kecha "Oriat Dono" radiosida bo‘lib o‘tgan "Futbol plyus" dasturida jurnalist Jamoliddin Bobojonov qiziq taklifni ilgari surdi. Uning taklifini, ba’zi jihatlarga aniqlik kiritgan holda, e’tiboringizga havola qilamiz.

Mashg‘ulotlar va mavsumni qachon boshlash kerak?
Mamlakatimizda karantinning asosiy muddati 10 may kuni yakuniga yetib, vaziyat biroz yumshatila boshlagach, klublarga jamoaviy mashg‘ulot o‘tkazish uchun ruxsat berish mumkin. Oradan 2-3 hafta o‘tib esa mavsumni davom ettirishni o‘ylab ko‘rish kerak. Shunda may oyining oxiri va iyun oyining ilk kunlaridan tur o‘yinlarini belgilasa bo‘ladi. Bu borada O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbari mamlakat rahbariyati bilan muzokara olib borishi kerak.

Qancha tur yo‘qotildi?
Superligada hozircha 3ta tur o‘yinlari o‘tkazilgan. Agar chempionat taqvim bo‘yicha davom ettirilganida may oyi so‘nggiga qadar 11-tur yakunlangan bo‘lar edi. Iyun oyida esa 2ta tur o‘tkazilib, chempionat tanaffusga yo‘l olishi kerak edi. Demak, iyun oyi oxirigacha birinchi davrani grafikka yetkazib olish uchun 10ta tur o‘tkazish talab etiladi. Albatta, bu uchrashuvlarning barchasi tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

G‘oya
Taklifim shundan iboratki, mana shu 10ta tur o‘yinlarini bitta shaharda o‘tkazish kerak. Masalan, Toshkentda. Buning bir nechta yaxshi jihatlari bor.

Birinchidan, bu zich grafik ostida o‘tkazish uchun qulay. Jamoalar duch kelishi mumkin bo‘lgan ortiqcha yo‘l bilan bog‘liq ortiqcha charchoqlar va xarajatlarning oldini oladi. Buning uchun poytaxtda barcha 14ta jamoa uchun mehmonxonalar yetarli. Ayniqsa, viloyatlararo transport tizimi to‘xtatib qo‘yilgan hozirgi sharoitda bu foydali bo‘ladi.

Ikkinchidan, Toshkentda naq 10ta tur uchrashuvlarini o‘tkazish uchun stadionlar yetarli. O‘ylaymanki, "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Jar", Toshkent temiryo‘l muhandislari instituti (TTYMI) stadionlari 1 oy davomida 70ta o‘yin yuklamasini ko‘tara oladi.

Uchinchidan, o‘yinlarning bitta shaharda o‘tkazilishi ularni jonli translyasiya qilish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Natijada stadionga kira olmagan ishqibozlar, umuman, barcha futbol muxlislari o‘yinlarni “Sport” telekanali orqali tomosha qilishlari mumkin.

Taqvim
Demak, har 4 kunda bitta tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Barcha o‘yinlar jonli translyasiya qilinishi uchun bir kunga ikkita o‘yin belgilanadi. Iyun oyidagi FIFA kunlari bekor qilingani uchun tur bahslarini uzluksiz o‘tkazish mumkin. Shunda muxlislar 35-40 kun davomida har kuni jonli translyasiyalarga guvoh bo‘lishadi. Birinchi davra iyul oyi avvalida yakunlanadi va ikkinchi davra odatdagidek taqvim asosida o‘tkaziladi.

Poytaxt jamoalari ustunlikka ega bo‘ladimi?
Stadionlarga tomoshabinlar kiritilmasa-da, 10ta turning Toshkentda o‘tkazilishi "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Bunyodkor"ga kichik ustunlikni taqdim etishi mumkin. Ammo buning oldini olishi uchun taklifim bor:

"Paxtakor", "Lokomotiv" va "Bunyodkor" klublari 10ta tur davomida birorta o‘yinni o‘z maydonida o‘tkazishmaydi. Ular poytaxtning boshqa arenalarida o‘ynashadi. Shunda ular ham betaraf maydonda o‘ynagandek bo‘lishadi. O‘ylaymanki, shunday yo‘l tutilsa, boshqa klublarda e’tiroz yuzaga kelmaydi.

FIFA taklifi
Albatta, uzoq muddatli futbolsiz tanaffusdan keyin jamoalar zich grafik ostida o‘ynashlari oson bo‘lmaydi, o‘yinchilarning jarohat olish ehtimoli oshadi. Buni his qilgan FIFA mana shunday davr uchun bitta o‘yinda 5tagacha o‘yinchi almashtirish uchun ruxsat berish g‘oyasi haqida o‘ylamoqda. Bunga rasman ruxsat berilsa, O‘zbekiston superligasi ham bunday foydalanishi mumkin.

Pro-liga
Pro-liganing ushbu mavsumida 8ta jamoa ishtirok etayotganidan xabaringiz bor. Dastlabki rejaga ko‘ra, ular 4ta davra davomida 28 turda maydonga tushishlari kerak edi. Ushbu musobaqani qay tarzda o‘tkazish masalasini o‘ylab ko‘rish kerak. Ehtimol, musobaqa 3ta davrali tizimda o‘tkazilib, ulardan bir davrasini, xuddi Superligada bo‘lgani kabi bitta shaharda o‘tkazish mumkin.

O‘zbekiston kubogi va Liga kubogi
Katta ehtimol bilan ushbu mavsumda Liga kubogi musobaqasidan voz kechiladi. Boz ustiga, hozirgi sharoitda qo‘shni mamlakatlar klublarini unga qo‘shishning imkoni yo‘q. Chegaralar yopiq, koronavirus tarqalishi xavfi va hokazo.

O‘zbekiston kubogining barcha bosqich o‘yinlari ikkinchi davraga qayta rejalashtiriladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:37, 28.04.2020. O'qildi: 5647 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.