Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Nyukasl - Brayton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Tuyog‘ingni shiqillat»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz avvalroq “Manchester Yunayted”ni tark etishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tgan edi. Endi navbat Italiyaning so‘nggi yillardagi eng kuchli klubi “Yuventus”ga!

Ayni damda, Turin superklubi musobaqalarda ishtirok etish uchu 23 futbolchini aniqlab olgandek tuyulgan edi. Shunga qaramay, ayni damda klubda ijrochilar soni keragidan ortib ketgani rost. Bejizga jamoa qishda Emre Janni “Borussiya Dortmund”ga qo‘yib yubormadi. Qaysidir ma’noda jamoani tushunsa bo‘ladi. Gap shundaki, mavsum so‘nggida klub ijaraga bergan futbolchilari ortga qaytariladi. Bundan tashqari Kulushevski, Luka Pellegrini va Kristian Romero singari kelajagi porloq futbolchilar uchun ham o‘yin amaliyotini taqdim etish juda muhim. Boz ustiga, klub yozda yangi ijrochilarni (Sarrining talabiga binoan) xarid qilishni reja qilgan. Shunday ekan, klub bir nechta futbolchini sotishga majbur. Xo‘sh,ular kimlar? Kim Turinni tark etish uchun birinchi raqamli nomzod bo‘lib turibdi? Bugun shu savollarga qisqacha javob berib o‘tamiz.

Mattia Perin

Mattia Buffonning o‘rnini egallashi mumkin edi. Hatto klub unga yetarlicha o‘yin amaliyotini ham taqdim etdi. Afsuski, undagi surunkali jarohat barchasini barbod etdi. Bechora darvozabon ketma-ket 4 ta operasiyani boshidan o‘tkazgach, futbol bilan xayrlashmoqchi ham bo‘ldi, biroq millionlar o‘yiniga bo‘lgan qiziqish kuchlilik qildi. Ayni damda, uni klub o‘zining jonajon “Jenoa” klubiga ijaraga berib yubordi.

Qahramonimiz qishda borib qo‘shilgan jamoasida o‘zini chakki namoyish etmadi. Ajoyib seyvlar va quruq o‘yinlardan so‘ng, unda o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch qaytgan ko‘rinadi. Shunday ekan, “Yuve” o‘z futbolchisini sotib yuborishi mumkin. Boz ustiga, tez orada Buffonningo‘rnini egallashga qodir darvozabon sotib olish kerak. Shunday ekan, Perinni jamoada olib qolishdan hech qanday naf yo‘q.

Daniyel Rugani

Birinchilardan bo‘lib koronavirusga chalingan himoyachi uzoq yillardan beri “zebra”lar sharafini himoya qilganiga qaramay, hech qachon asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. Bonuchchi, Kyellini, De Ligt, Demirel singari ijrochilar bilan raqobatda yengilgan himoyachini chempion klub olib qolishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

Allaqachon 25 yoshni qarshilgan qahramonimiz bu mavsumda A Seriyaning atigi 3 ta o‘yinida maydonda ko‘rinish berdi xolos. U “Yuventus”ning beshinchi raqamli himoyachisiga aylanib bo‘lganini shundan ham anglash mumkin. Bundan tashqari, Ruganiga bo‘lgan talab boshqa klublarda mavjud. Misol uchun “Zenit” uni o‘z tarkibida ko‘rish uchun kichik bo‘lmagan summani to‘lashga rasman tayyor ekanligini e’lon qildi. Eng muhimi,yozda “Jenoa”da ijara asosida to‘p surayotgan Romero ortga qaytadi. Klub yosh iqtidorga imkon berishi uchun ham Ruganini transferga qo‘yishi shart.

Mattia De Shilo

Abadiy kelajagi porloq futbolchilar qatorida qayd etiluvchi qanot himoyachisi allaqachon 27 yoshga chiqib bo‘ldi. Uning futbolchi sifatida o‘sishiga ishonish juda mushkul. To‘g‘ri, Mattia o‘zi ishtirok etgan uchrashuvlarda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymaydi, biroq maydonda yarq etib ko‘zga tashlanib ham turmaydi. Soddaroq qilib aytganda, o‘rtacha klassdagi futbolchi.

Agar, mavsum so‘ngida ijaradagi Pellegrini ortga qaytmaganida, De Shilyoga boshqa jamoaga o‘tishni maslahat bermagan bo‘lar edik. Agar Turin klubi tarkibni yoshartirishni, jismonan baquvvat tajavuzkor futbolchini qo‘lga kiritishni istasa Pellegriniga imkon berishi kerak. Buning uchun esa o‘z fulbeklaridan bo‘lmish De Shilyoni transferga qo‘yish talab etiladi. Qahramonimiz o‘zining eng gullagan davrlarida ham almashtirib bo‘lmas futbolchi statusida bo‘lmaganini inobatga olsak, undan kelajakda mo‘’jiza kutishning hojati yo‘q.

Miralem Pyanich

“Yuventus”da maydon markazidagi futbolchilar tanlovi borasida imkoniyat juda katta. Hatto Emre Janning “Dortmund”ga o‘tib ketishi ham variantlar soniga salbiy ta’sir o‘tkaza olmadi. Remzi, Bentankur, Matyudi, Xedira va Rabioklubda o‘z o‘yin paytini kutmoqda. Boz ustiga, “zebralar” yozda “Barselona”dan Arturni, “Lasio”dan Sergey Milenkovich-Savichni jamoaga jalb etishni reja qilishgan. Bundan tashqari, Kante, PolPogba, va hatto Veratti borasida ham mish-mishlar urchib bormoqda.

Nima uchun effekt berayotganyarim himoyachi? O‘rinli savol. Gap shundaki, Miralem 30 yoshdan o‘tib ketdi. Endilikda uning o‘yinida ham transfer qiymatida ham faqat va faqat pasayish kuzatiladi. U “Yuventus” uchun o‘zining eng yaxshi yillarini berib bo‘ldi. Boshqacharoq qilb aytganda,u qayta ishlab chiqarishning iloji yo‘q mahsulotga o‘xshab qoldi. Uning shartnomasi 2023-yilda qadar mo‘ljallanganini inobatga olsak, nafi kamroq tegishini bilib turib katta maosh oluvchi futbolchini transferga qo‘ymaslikning iloji yo‘q. Pyanich, uzog‘i bilan yana bir mavsumgina o‘rtacha mavsum o‘tkazishi mumkin. Keyin uni 50 million uyoqda tursin, hatto 20 millionga ham pullashning iloji bo‘lmay qoladi. Bugun unga futbol bozorida ehtiyoj bor. Demak,transferdan yaxshigina pul ishlab olish orqali jamoaga yangi “qon quyish” kerak.

Duglas Kosta

“Yuventus” safidagi billur futbolchi. Oxiriga yetmay qolgan mavsumning o‘zida naqd 3 bor jarohat olib safdan uzoq muddatga tushib qolgan braziliyalik futbolchi koronavirusdan so‘ng yaqinlashib kelishi kutilayotgan krizis chog‘ida jamoaga ortiqcha yukka aylanishi turgan gap.

Uning jamoaga keltirayotgan nafi juda kam. Maoshi esa juda baland. Braziliyalik kreativ yarim himoyachini hozir ham grand jamoalar o‘z safida ko‘rish uchun yaxshigina summa to‘lashga tayyor. Xo‘sh,nima uchun Kostani Turinda olib qolish kerak? Albatta, sotuvga qo‘yish orqali yozda kattaroq transferlar uchunpul yig‘ish o‘rinli qaror bo‘ladi. Qo‘shimchasiga, “Parma”da juda ishonchli mavsum o‘tkazayotgan yosh, kuchga to‘la va g‘alabalarga o‘ch Deyan Kuleshevskiy katta ishtiyoq bilan Turinga yetib keladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, mavsumning yarmini jarohatlar bilan o‘tkazadigan futbolchini sotib yuborishning ayti payti.

Gonsalo Iguain

Bonuslarsiz ham yiliga 7,5 million yevro maosh olayotgan zamonaviy futboldagi eng omadsiz futbolchiga Turin klubi chidab kelishda davom etmoqda. Argentinalik hujumchi allaqachon ortiqcha vazn bilan muammolarga o‘ralashib qolgan. Boz ustiga, 32dan oshib ketgan hujumchidan endi tezkorlik yoki chaqqonlikni kutishdan hech qanday naf yo‘q. O‘tgan mavsum boshida klub uni sotib yuborishni istasa ham ketmagan hujumchi yozda yana yangi “hunar” ko‘rsatishga tayyorlanmoqda.

Uning otasi va agenti bergan xabarlarga qaraganda, Gansalo shartnomasining yakuniga qadar jamoada qolmoqchi ekan. Turin klubi nima qilib bo‘lsada bunga yo‘l qoldirishi kerak emas. Agar Chempionlar ligasida zafar quchishni va sifatli hujumchiga ega bo‘lishni istasa, Iguainni sotib yuborish shart! U bugungi ro‘yxatimizdagilar ichida klubdan ketishi kerak bo‘lgan birinchi raqamli nomzod!

Kishtianu Ronaldu

Bu mavzuda ancha oldin suhbatlashgan edik( Ronaldu qolishi kerekmi? Yoki Ketishi?.) O‘ylashimizcha “Yuventus”ning Ronalduni olib qolishi uchun ham, ketkazib yuborishi uchun ham yetarlicha sabablari mavjud. Besh bor “Oltin to‘p”ga ega chiqqan portugaliyalik futbolchining Turinda qolishi yoki qolmasligi borasida fikr almashganimiz bois, alohida to‘xtalib o‘tishga hojat yo‘q.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:42, 30.04.2020. O'qildi: 6893 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик