Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • 5:0
      • Cremonese
      • 14.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Parma
      • 15.01.2026 00:45
      • Inter
      • -:-
      • Lechche
      • 15.01.2026 22:30
      • Verona
      • -:-
      • Bolonya
  • La-liga
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Selta
  • AFC U-23
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • 2:0
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • 0:1
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • 2:0
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • 1:1
      • Suriya
      • 14.01.2026 16:30
      • Iroq
      • -:-
      • Avstraliya
      • 14.01.2026 16:30
      • Tailand
      • -:-
      • Xitoy
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Vyetnam 3 9
2 Iordaniya 3 6
3 Saudiya Arabistoni 3 3
4 Qirg‘iziston 3 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Yaponiya 3 9
2 BAA 3 4
3 Suriya 3 4
4 Qatar 3 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 O‘zbekiston 3 7
2 Janubiy Koreya 3 4
3 Livan 3 3
4 Eron 3 2

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Xitoy 2 4
2 Avstraliya 2 3
3 Iroq 2 2
4 Tailand 2 1

O'tgan o'yinlar.

3-тур Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
3-тур Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
3-тур O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
3-тур Eron 0-1 Livan
3-тур Yaponiya 2-0 Qatar
3-тур BAA 1-1 Suriya

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Iroq - Avstraliya
14/01/26 Tailand - Xitoy

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Daydi o‘g‘il"ning kech qaytishi"

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

4 may. ManSiti vakili Fernandinyo tug‘ilgan kun, "Deportivo"-"Portu" o‘yiniga 16 yil to‘ldi, biroq biz Fabregas bilan cheklanamiz. Sababi, bu yigit jahon futboliga o‘z ovozi bilan kirib kelgan va ko‘p narsa bergan.

Faqat bir narsaga hayron qolaman: Sesk Kataloniyada tug‘ilgan, "Barsa" akademiyasi tolibi, ispan futbolining oltin avlodi vakili, lekin negadir yoshlar tarkibida yarim himoyada o‘ynab mavsumda o‘ttiztalab gol urib yurgan 16 yoshli umidli futbolchini "Arsenal"ga ketishiga rozi bo‘lgan. Arsen Venger yoshlar bilan yaxshi ishlay oladigan mutaxassis, shu bois bu talant beiz ketmadi. To‘g‘ri, Patrik Viyera va Jilberto Silva kabi yetakchilarning jarohati ham Fabregasning asosiyga kirib olishiga yordam berdi. Ammo baribir 17 yoshda o‘sha joyga munosib turib ham berish kerak edi, buni inkor qila olmaysiz. 21 yoshida sardorlik bog‘ichi unda edi.

Arsenalda to‘kin faoliyat yuritdi. Biroq, yangi dekada boshlanishi arafasida London klubida kichik inqirozlar kuzatila boshlandi. Balki shu bois, uning Tyerri Anri va Robin van Persi kabi futbolchilar qatorida jamoani tark etishiga bu safar Venger qo‘yib bergandir.

"Daydi o‘g‘il" qaytdi uyiga.

"Barselona"dagi debyutidayoq kubokni boshi uzra ko‘tardi – bu o‘yin Ispaniya superkubogining javob o‘yini edi, "Real" mag‘lub etilgandi. Bu kubokdan to‘qqiz kun o‘tgach Yevropa superkubogini ko‘tardi. O‘sha bahsda "Portu" darvozasiga Sesk Barsadagi ilk golini kiritdi. Ammo...

Shu yerda ammo deymiz. Fabregasning o‘yinlariga qarasangiz, Kataloniyada yomon emasdek. Biroq, Sesk Arsenalda lider bo‘lib shakllangandi. "Barsa"da esa, musiqani Xavi-Inyesta-Messi uchligi chalardi. Har qancha zo‘r o‘ynamasin, daydi o‘g‘ilning o‘yinlari o‘sha trio soyasida qolib ketardi. Aynan shu bois ham Fabregasning Londonga yana qaytishi xususidagi qaroriga Kataloniya tomondagilar yana ruxsat berishdi.

Qiziq, tarix yana qaytib keldi, ammo achinarli xotima bilan.
London bo‘lsa ham, bu safar boshqa klub – "Chelsi" edi jamoasi. Ilk mavsum yomon chiqmadi. 18 golga assist, APL g‘olibi va Liga kubogi sohibi. Sesk-Azar-Kosta uchligi istalgan raqibning yuragiga qo‘rquv ulashadigan darajaga chiqdi.

Ikkinchi mavsum esa, Chelsi uchun fojiali natija bilan tugagani yodingizda – 10-o‘rin. Va hammasiga aybdor Fabregas. Aynan uning o‘yinida pastga sho‘ng‘ish tufayli Chelsi qiynalayotgani ma’lum qilindi.

Konte kelib Fabregasni yana yoshlikka qaytargandek bo‘ldi. Joker roliga qo‘ydi, zaxiradan tushirsa ham muhim pallalarda tushirdi va navbatdagi mavsum ham "Chelsi" mamlakat chempioni bo‘ldi. Sarri davrida joyini butkul yo‘qotdi.

Terma jamoasi borasida Fabregas oltin avlod bo‘lgani bois, faqat faxralana oladi: Ikki marta Yevropa chempioni, bir bor jahon. Menimcha, klublaridagi faoliyatida ko‘tarilish, qulash, qayta turish va hokazolar bu ko‘rsatkich oldida hech narsa bo‘lmay qoladi.

https://t.me/xayrulla_hamidov/5098
Manba: Хайрулла Ҳамидов телеграм канали
Kiritildi: 09:26, 04.05.2020. O'qildi: 4984 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Ливан Leonardo Shahin 4
2 Иордания Ali Azayzeh 3
3 Япония Ryunosike Sato 3
4 БАА Ali al-Memariy 2
5 Япония Ozeki 2
6 Саудия Арабистони Rakan al-G‘amdiy 2
7 Вьетнам Nguyen Din Bak 2
8 Ўзбекистон Sardorbek Bahromov 1
9 Ўзбекистон Ravshan Xayrullayev 1
10 Ўзбекистон Amirbek Saidov 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.