Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 01.08.2025 20:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Paxtakor
      • 01.08.2025 20:00
      • Buxoro
      • 0:2
      • OKMK
      • 02.08.2025 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 02.08.2025 20:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Nasaf
      • 02.08.2025 21:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Navbahor
      • 03.08.2025 19:00
      • Andijon
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 03.08.2025 20:00
      • Sho‘rtan
      • -:-
      • Xorazm
      • 03.08.2025 21:15
      • Surxon
      • -:-
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 OKMK 16 30
4 Paxtakor 16 29
5 Dinamo 15 29
6 Bunyodkor 15 27
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 16 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 16 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

16-тур Mash’al 0-1 Paxtakor
16-тур Buxoro 0-2 OKMK

Navbatdagi o'yinlar.

02/08/25 Neftchi - Bunyodkor
02/08/25 So‘g‘diyona - Nasaf
02/08/25 Dinamo - Navbahor
03/08/25 Andijon - Qo‘qon-1912
03/08/25 Sho‘rtan - Xorazm
03/08/25 Surxon - Qizilqum

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘z otasi bilan sudlashuv, irqchilik sabab Germaniya termasidan ketgani haqida Mesut O‘zil intervyusi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mesut O‘zil — zamonaviy futbolning eng ko‘p tilga olinadigan futbolchilaridan biri. Ispaniyaning Marca nashri Mesut bilan «Real»ga qanday borib qolgani, Joze Mourinyo bilan munosabatlari, Madrid klubini tark etishi haqida suhbat uyushtirdi. «Daryo» suhbatni o‘zbek tilida taqdim etadi.

Stol tennisi uchun futbolni tark etishiga bir baxya qolgan daho
Mesut O‘zil — so‘nggi 10 yillikning eng taniqli va iste’dodli futbolchilaridan biri. Ko‘pchilik Mesutning yoshligida futbolni emas, balki stol tennisini tanlashiga bir baxya qolganini bilmasa kerak.

«11-12 yosh bo‘lgan vaqtim maktabda ping-pongni (stol tennisi) juda yaxshi o‘ynardim. Hatto bir safar futbolni uch oyga yig‘ishtirib, tennis bo‘yicha birinchi musobaqamda qatnashib, barcha raqiblarimni mag‘lub etishga erishgandim. Biroq tennis — men kelajakda shug‘ullanishni xohlayotgan sport turi emasligini tushunib turardim. Boisi o‘sha holatlarda ham menga futbol yetishmasdi. O‘sha damlarda futbolga bo‘lgan muhabbatimdan mosuvo bo‘lib qolgandim deya olmayman, biroq haqiqatan ham menga stol tennisi juda ma’qul kelib qolgandi», — deydi Mesut.

Gvardiolaning befarqligi sabab «Real»ni tanlagani haqida
2010 yilgi mundialdan so‘ng O‘zilning xizmatlariga juda ko‘plab top-klublardan qiziqishlar bo‘ladi. Mesut Zidanga kumir sifatida qaraganiga qaramay, «Real»ga o‘tish uning uchun asosiy maqsad emasdi. Ammo hammasi Pep Gvardiola va Joze Mourinyo bilan suhbatlardan so‘ng sodir bo‘lgan.

«2010 yilgi Jahon Chempionatidan so‘ng men bilan «Real», «Barselona», «Arsenal», «Bavariya» hamda «Manchester Yunayted» shartnoma imzolashni xohlagandi. Men uchun birinchi raqamli jamoa «Barselona» edi: hech qaysi jamoa ular kabi chiroyli o‘yin ko‘rsatmasdi.

O‘zim ham «Barselona» bilan shartnoma imzolayman deb o‘ylagandim. Ammo Gvardiola chindan ham meni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlayotgani haqida aniq gap aytmadi. U tomonidan qiziqish yo‘qligi sabab menda shubha paydo bo‘ldi. Hatto Pepning o‘sha vaqtda ta’tilda ekanligini aytishdi.

Joze Mourinyo esa Pepga qaraganda qat’iyatli, samiymiy hamda ishonarli edi. Shu tariqa men Joze hamda «Real»ni tanladim», — deya xotirlaydi Mesut.

«Real» va Joze Mourinyoga bo‘lgan muhabbati haqida
O‘zil Madridga kelgan vaqtda u bilan hammasi juda yaxshi boshlandi. O‘z kumiri Zinedin Zidan bilan tanishdi. Mourinyo ishonchiga kirdi, kiyim almashtirish xonasida ham uni juda yaxshi qabul qilishdi. La Liganing 2011/12 yilgi rekordli mavsumida ham Mesut jamoaning eng barqaror va ishonchli o‘yinchilaridan biri bo‘ldi.

«Rostdan ham o‘sha vaqtda asabiylashgandim. Biroq «Real»ga o‘tganimdan baxtli edim. Shunday buyuk klubdan buning uchun minnatdorman. Men u yerda o‘z kumirim Zidan kabi o‘ynashni orzu qilardim. Sen jamoada yangi ekansan, kiyim almashtirish xonasida jamoaning boshqa o‘yinchilaridan ko‘ra o‘zingni sokinroq tutishing kerak bo‘ladi, bundan esa asabiylashasan, albatta. Jumladan, Zidan bilan tanishgan vaqtimda juda ham hayajonlangandim. Bu men uchun juda muhim voqelik edi. Sir emas, yuragim ham «Real» uchun uradi: u yerda o‘ynadim, hamon jamoa va klubda ko‘plab do‘stlarim bor», — deydi O‘zil.

Joze Mourinyo bilan nizolar
Joze Mourinyoning «Real» boshqaruvidagi so‘nggi mavsumi shov-shuvli nizolar bilan yodda qoldi. Murabbiyni bir nechta futbolchi qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, Serxio Ramos, Iker Kasilyas, Pepe kabi futbolchilar unga qarshi chiqdi. Qarshi tarafda Mesut ham bor edi. «Real»—«Deportivo» uchrashuvi tanaffusi vaqtida shunday dialog yuz berdi.

Mourinyo: «Mesut, ikkita yaxshi uzatma yetarli deb o‘ylaysanmi? Vazifani yarmini bajarish yaxshimi? Sen o‘zining shunchalik yaxshi deb hisoblaysanmi?».

Mesut: «U to‘xtatib, ko‘zlari bilan menga qaradi. Orqaga tisarildim. Uning qarashlari xuddi bokschining birinchi raunddan oldingi raqibiga qaratilgan nigohlarni eslatardi. U mendan javob kutgandi. O‘sha vaziyatda uni yomon ko‘rib ketdim. Hatto uni juda hurmat qilgan bo‘lsam ham».

Mourinyo: «O‘ynashing mumkin bo‘lgan darajangda harakat qilishingni xohlayman. To‘pga erkaklarga xos tarzda tashlanishingni istayman. Sen o‘zi maydonda qanday ko‘ringaningni tasavvur qilyapsanmi? Yo‘q? Kel, senga ko‘rsataman».

Mesut: «U oyoq uchida o‘qrayib turardi. Men esa unga qarata: ‘Agar sen shunchalik daho bo‘lsang, o‘zing o‘yna! Mana senga libos! Uni kiy! Olg‘a, omad!’ dedim».

Mourinyo: «Sen hozir taslim bo‘lyapsanmi? Shunchaki qo‘rqoqsan! Nima xohlaysan? Issiqqina suvga boshingni yuvishnimi? Yolg‘izlikda qolishnimi? Yoki sen menga, jamoadoshlaringga va muxlislarga nimalar qila olishingni isbotlashni afzal ko‘rasanmi? Agar yig‘loqi bo‘lsang, bor hammomga tush va sen bizga kerak emassan».

Mesut: «O‘shanda sochig‘imni olib, hammomga kirib ketdim. Bir og‘iz gapirmadim. Ammo keyin o‘zimni shunday tutganim uchun Serxio Ramos va boshqalar oldida uzr so‘radim».

Ushbu janjaldan so‘ng Serxio Ramos «Deportivo»ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida jamoadoshini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z libosi ichidan Mesutning futbolkasini kiyib oldi. Maqsad aniq edi: gol urish va uni O‘zilga bag‘ishlash.

Mesutning otasi va Florentino Peres o‘rtasidagi janjallar
Mesut O‘zil o‘zining «Real»dan ketishida o‘z otasini ayblaydi. Hatto otasi va klub prezidenti Florentino Peres sabab futbolchining Twitter’dagi sahifasi yopilgandi.

«Madridni tark etish — hayotimdagi eng qiyin qaror edi. Men «Real» bilan Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni orzu qilgandim. Klubdagi davrim hali yakuniga yetmagandi.

Ha, otam ideal emas. Klub bilan muzokarlar oson o‘tmagandi. Bunga sabab ochko‘zlik emasdi: biz adolatli bo‘lishi hisoblagan narsamizni so‘ragan edik, ammo unga erishmadik. Florentino bilan bahslashish esa eng to‘g‘ri qaror emasdi.

U hatto jahl bilan Twitter’dagi rasmiy sahifamni yopib qo‘ydi. Men esa millionlab obunachilarimdan ayrildim. Shundan so‘ng hatto Adidas komissiyasi sabab otam bilan sudlashishga majbur bo‘ldim» — deya esga oladi Mesut.

Irqchilik sabab Germaniya terma jamoasidan ketishi haqida
Mesut O‘zil Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan suratini e’lon qilganidan so‘ng Germaniya futbol federasiyasi tomonidan jiddiy tanqidga uchradi. Shunda futbolchi federasiya rahbariyatini irqchilikda aybladi va Germaniya terma jamoasidan ketishini e’lon qildi.

«G‘alaba qozonsak, meni nemis sifatida qabul qilishadi. Yutqazsak esa immigrant. Yuz bergan so‘nggi voqealardan so‘ng, ko‘p o‘ylagan holda yurakdagi og‘riqlar bilan bir qarorga keldim. Endi Germaniya terma jamoasida boshqa o‘ynamayman. Bularning barchasiga yetarlicha hurmat ko‘rsatilmagani hamda federasiya rahbariyatining irqchilik kayfiyati sabab bo‘ldi. Avvallari g‘urur bilan Germaniya terma jamoasi libosini kiyardim, endi esa yo‘q.

Germaniya futbol federasiyasi mening turkiy ildizimga hurmatsizlik bilan yondashib, hatto o‘zimni propagandada aybladi. Shunday ekan, yetar bas! Irqchilik shu vaqtgacha shunchaki qabul qilinmagan, keyin ham unday bo‘lmaydi.

Menda ikkita yurak bor: biri nemis, biri esa turk. Germaniyada tug‘ildim, shu yerda o‘sdim. Nima uchun hali ham mening nemis ekanligimni rad etadigan odamlar bor?» — deydi Mesut O‘zil.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:20, 04.05.2020. O'qildi: 6839 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.