Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Nottingem Forest - Nyukasl

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Barselona» o‘zi uchun Ronaldu bilan birgao‘ynayotgan yangi Xavi topdi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

“Yuventus” jamoasi yarim himoyachisi Miralem Pyanich yozda “Barselona” futbolchisiga aylanishi mumkin. Kataloniya klubi allaqachon bosniyalik futbolchi borasida muzokaralarni boshlab yuborgan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 30 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun “Barselona” Arturni taklif etishga qaror qilgan. Kataloniyaliklar 24 yoshli braziliyalik futbolchining “Kamp-Nou”da qolishga intilayotganiga qaramay Pyanichga ayirboshlashga tayyor. Boz ustiga, Sarri ham u qadar tezkor bo‘lmagan Pyanichni chaqqon Artur bilan almashtirishga rozi.

Yaqindagina Ispaniyaning «AS» nashri yaqindagina “Pyanich uchun so‘nggi poyezd” nomli maqolada uning “Barselona”ga o‘tishi mumkinligi borasida fikr yuritgan. Unga ko‘ra, Pyanich “ko‘k-anorranglilar” uchun ideal futbolchi deb e’tirof etilgan. Shunindek, «AS» nashri jurnalistlarining fikricha, yaqinda 31 yoshni qarshi oluvchi Pyanich “Barselona”ning o‘yin uslubiga ortiqcha qiyinchiliksiz moslashib ketadi. Boz ustiga, uning maydon markazidagi erkin to‘p surishi kamida 3 yo 4ta top darajadagi mavsumlarni o‘tkazish uchun imkoniyat yaratib berarishi mumkin ekan. Eng qizig‘i shundaki, Pyanichning “Barsa” nishonida turgani haqida yana bir taniqli nashri – «Marca» ham o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Manbada yozilishicha, Pyanichning ikkita oyoqda ham yaxshi o‘ynay olishi va uzoq muddatdan beri yuqori darajada to‘p surayotgani murabbiylar shtabini hayratda qoldirmoqda. Ayni damda, Kike Setyenning qo‘l ostidagi birorta yarim himoyachi Pyanichning darajasida emas, deb yozmoqda «Marca» nashri. Shuningdek, nashr jurnalistlari kelasi mavsumda Buskets, De Yong va Pyanich uchligi maydon markazida ko‘rinish berishini taxmin qilishmoqda.

Aslida, bosniyalik futbolchi “Roma” safida to‘p surib yurgan chog‘lariyoq pleymeykerlik mahoratini barchaga ko‘rsatib qo‘ygan edi. O‘zining Italiyadagi debyut mavsumida 9 ta assist va 3 ta golga mualliflik qilgan yarim himoyachi “Yuventus” nishoniga tushib qoladi. Oqibatda, Turinliklar 32 million yevro evaziga Miralemni o‘z safiga qo‘shib oladi. E’tiborlisi shundaki, qahramonimiz Italiyada 9 yildan beri to‘p surib kelayotgan bo‘lsada, biror marotaba jarohati tufayli birin-ketin ikkita uchrashuvni o‘tkazib yubormagan ekan. Soddaroq qilib aytganda, Pyanich hech qachon 10 kundan ortiqmuddatga safdan chiqmagan. Bundan tashqari, Pyanich standartlarni ijro etish borasida ham benazir futbolchi. Bu Kataloniya jamoasiga qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan kichik detallardan biri xolos.

Eng ajablanarlisi shundaki, 2016-yilda Pyanich uchun nafaqat “Yuventus” balki, “Barselona” ham kurash olib borgan ekan. “Barsa”da ish boshlagan Luis Enrike avvalroq Pyanich bilan “Roma”da faoliyat olib borgani uchun ham uni jamoaga olib kelishni klubdan iltimos qilgan edi. Achinarlisi shundaki, o‘sha davrda klub Pyanichdan ko‘ra, Andre Gomeshni foydaliroq transfer deb taxmin qiladi va portugaliyalik futbolchini Kataloniya olib keladi. Oqibatda, Gomesh 21 asrdagi klub amalga oshirgan eng yomon transferlardan biri sifatida tarixga kirdi xolos. Bosniyalik futbolchi so‘nggi ikki yildan beri Ronaldu bilan bir jamoada to‘p surib kelmoqda. Endilikda, unda dunyoning yana bir eng kuchli futbolchisi – Leo Messi bilan ham bir klub sharafini himoya qilish imkoni mavjud. Hozircha bu transfer haqida ovoza qilishga erta albatta, biroq muzokaralar boshlangan va barchasi yozda Pyanichning Kataloniyaga ko‘chib o‘tishi bilan yakunlanadigandek ko‘rinish olmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 05:44, 08.05.2020. O'qildi: 9652 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик