Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba.

  • Superliga
      • 17.04.2026 18:00
      • Lokomotiv
      • 0:2
      • Navbahor
      • 17.04.2026 19:00
      • OKMK
      • 3:2
      • Buxoro
      • 17.04.2026 20:15
      • Surxon
      • 0:1
      • Qizilqum
      • 18.04.2026 18:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 18.04.2026 19:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Xorazm
      • 18.04.2026 20:15
      • Paxtakor
      • -:-
      • Dinamo
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 17.04.2026 21:30
      • Sassuolo
      • -:-
      • Komo
      • 17.04.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Kalyari
      • 18.04.2026 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Parma
      • 18.04.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Lasio
      • 18.04.2026 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Atalanta
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 18.04.2026 16:30
      • Brentford
      • -:-
      • Fulhem
      • 18.04.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 18.04.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Bornmut
      • 18.04.2026 21:30
      • Tottenhem
      • -:-
      • Brayton
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Navbahor 8 18
2 Paxtakor 7 18
3 Neftchi 7 18
4 Buxoro 8 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 OKMK 8 11
8 Lokomotiv 8 11
9 Xorazm 7 9
10 Qizilqum 8 9
11 Surxon 8 8
12 Qo‘qon-1912 7 7
13 Dinamo 7 7
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

8-тур Lokomotiv 0-2 Navbahor
8-тур OKMK 3-2 Buxoro
8-тур Surxon 0-1 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

18/04/26 Neftchi - Nasaf
18/04/26 Mash’al - Xorazm
18/04/26 Paxtakor - Dinamo
19/04/26 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04/26 Qo‘qon-1912 - Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Oyog‘ini qo‘lga aylantirgan «uchmas golland»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Dennis Bergkamp. 1969 yilning 10 mayida tug‘ilgan Dennis haqiqiy tug‘ma iste’dod deyishimga asoslarim bor. Unda Bekxemning uzatmalari, Ronaldinyoning o‘yinni ko‘ra bilish qobiliyati, Zidan texnikasi jamuljam edi. Bergkampning “Oltin to‘p”lar ololmagani aslo uning iste’dodiga soya sololmaydi. Chunki unga futbolchi orzu qiladigan eng katta mukofot berib bo‘lingandi: to‘p bilan muomala qilish san’ati!

Bergkamp olisdan kelayotgan to‘pni to‘xtatib olish borasida yuqorida nomlari zikr qilingan yulduzlarga dars berardi. Bir paytlari mashhur Nvankvo Kanu “Arsenal” mashg‘uloti haqida gapirar ekan, shunday degandi: “Bergkampning oyog‘i qo‘lga o‘xshaydi. Darvozabon to‘pni qo‘lda qanday ilib olsa, u oyog‘ida shunday to‘xtatadi!”

Uchar gollandlarning uchmas vakili texnikasi o‘ta yetuk o‘yinchi bo‘lganini bizning avlod yaxshi biladi. Bergkamp “total futbol” ruhida ulg‘aygan “Ayaks” maktabida tarbiya topgan, tabiiyki, u paytda akademiya yoshlari 4-3-3 sxemasi bo‘yicha o‘ynashar, bu uslub himoyachilarning ham vaqtincha hujumchiga aylanib turishlarini taqozo qilardi. Dennis darvozabondan boshqa barcha nuqtada o‘ynab ko‘rgan. O‘sha o‘yin uslubini u faoliyati davomida saqlab qola oldi.

Bergkamp Gollandiya terma jamoasi ulg‘aygan va natijalar qayd etishni boshlagan avlodi bilan birga o‘sdi va barcha musobaqalarda jamoasining ruhi bo‘lib yashadi. Anri u haqda shunday degan edi: “Dennis – hujumchilarning orzusidir!” Kruiff ham vatandoshi haqida qisqacha ta’rif bergan: “Bergkampning o‘yini tomosha qilinadigan musiqaga o‘xshaydi – ko‘rib rohatlanasiz!”

Ha, bunga yorqin misol 1998 yilgi Jahon chempionati. Dennis Gollandiya hamda Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda to‘pni qanday to‘xtatib, u bilan qanday muomala qilish mumkin bo‘lgan jamiki kitobiy qo‘llanmani namoyish etib bergandi. Argentinalik himoyachilar va darvozabon gollandiyalik afsungarning harakatlarini tushuna olmay garang bo‘lib qolgan edilar. O‘sha yili Ouenning reydi yil goli deb topilgan bo‘lsa-da, aslan did va saviya borasida Dennis tomonidan kiritilgan to‘p chiroyliroq edi. Chunki Ouenning reydini takrorlash mumkin, biroq bunikini...

Bergkamning jiddiy kamchiligi bor. U o‘yin natijasi uchun ko‘p ham qayg‘urmaydi. U maydonda rohatlanib o‘ynaydi, xolos. Shu bois bo‘lsa kerak, golland ko‘p ham katta sovrinlar uchun kurashmagan. Gollandiya terma jamoasi lideri bo‘lgan paytlari ham aynan shu “o‘yindan zavqlanish kasalligi” tufayli Kruif tomonidan tanqid qilingan edi. U Marko van Basten va Gullitlar singari termasi uchun ter to‘kmasa-da, maydondagi jozibadorlikka mas’ul edi. Buni his qilardi. Uni shu sifatlari uchun ham telbalarcha suyar edilar.

Bergkampni oxirigacha o‘zgartirib bo‘lmadi. Samolyotda uchmasligi, fe’lidagi qaysarligi va ayniqsa, maydonda faqat chiroyli o‘ynashga ishtiyoqmandligi tufayli ba’zilar tanqid qilardilar. Biroq, “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger unga chiroyli ta’rif berib bo‘lgandi: “Bergkampning o‘yini kundan kunga rivojlanib borgan. Bunaqasini boshqa hech kimda ko‘rmadim!”

“Nyukasl”ga urgan “balerina goli” esa shedevrlar turkumidan joy olishi kerak. Dennis shu golni urganidan keyin Angliya matbuoti dodlab yuborgan: “Bergkamp endi futbol o‘ynamasa ham bo‘ladi. U futbol uchun eng katta ishni amalga oshirib bo‘ldi!”

Bergkamp faqat jozibador o‘yinga mahliyo edi. U o‘z qobiliyati darajasida ko‘p sovrin yuta olmaganidan ranjimaydi va bu holatni oddiy izohlaydi: “Men o‘zim shu yo‘lni tanlaganman”, deydi va to‘g‘ri qiladi. Chunki, men uchun ham futbolda eng muhimi GO‘ZALLIKdir. Natija, deb tortishmoqchimisiz? Shoshmang. Dunyoni qutqarishga xizmat qiladigan go‘zallik futbolning ham xaloskori!

Men hali-hanuz yashil maydonda o‘sha sehrgarni izlayman. Hozircha topganim yo‘q. Uzr!

1998 yilgi mundial. Argentina darvozasiga so‘nggi daqiqada Niderlandiyaning afsonaviy golini yo‘llayotgan Bergkamp bir daqiqa oldin murabbiydan o‘zini almashtirishni so‘ragan. Almashtirilganda bormi, shunday gol tarix sahifalarida bo‘lmasdi. Dahshat!

Xayrulla Hamidov

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 07:21, 10.05.2020. O'qildi: 4448 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 3
6 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
7 Нефтчи Alisher Odilov 3
8 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
9 Нефтчи Zoran Marushich 3
10 Бухоро Sherzod Esanov 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик