Bugun 14 oktyabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6429 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2614 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Флуминенсе".
      12:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
      18:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Флуминенсе".
      00:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2025

      05:55 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 1 с.
      06:45 "Страна спортивная".
      07:00 "Парусный спорт".
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Греко-римская борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      10:05 "География спорта". Камышин.
      10:30 Академическая гребля. Чемпионат мира в Китае.
      12:20 Д/ф "Светлана Журова. Бег к победе".
      13:00 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". Туринг-лайт. Гонка 1.
      14:10 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". SMP Formula 4. Гонка 1.
      15:25 "Команда мечты".
      15:55 "Что за спорт?". "Экстрим".
      16:25 Плавание. Кубок мира. Этап 1 в Кармеле, США.
      18:15 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 2 с.
      19:00 "Парусный спорт".
      19:30 "Непобедимый".
      20:00 Греко-римская борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      22:10 Академическая гребля. Чемпионат мира в Китае.
      01:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      01:30 "Команда мечты".
      02:00 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". Туринг-лайт. Гонка 1.
      03:05 Автоспорт. Чемпионат России. Финальный этап на автодроме "Крепость Грозная". SMP Formula 4. Гонка 1.
      04:20 Плавание. Кубок мира. Этап 1 в Кармеле, США.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Плавание. Кубок мира. Этап 1 в Кармеле, США.
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Профессиональный бокс. Костя Цзю против Бэна Таки. Бой за титулы IBF World и WBC World 1-м полусреднем весе.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:20 "Век нашего спорта". "1905 - 1910 гг.".
      16:50 "Тайны звёзд спорта".
      17:20 Новости.
      17:25 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Енисей" (Красноярск) - УНИКС (Казань). Прямая трансляция.
      19:25 "Магия большого спорта". "Футбол".
      19:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:00 LIVE Футбол. BetBoom матч сборной. Россия - Боливия. Прямая трансляция.
      00:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии".
      03:00 "Эволюция спорта".
      04:00 Волейбол. Кубок Победы. Мужчины. Финал 4-х в Москве. Финал.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2025

      06:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал.
      07:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      09:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал.
      11:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Женщины. Даунхилл.
      12:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Мужчины. Даунхилл.
      13:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал.
      15:30 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Южном Лимбурге, Нидерланды. Женщины.
      16:30 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Южном Лимбурге, Нидерланды. Мужчины.
      17:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      19:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал.
      20:50 Маунтинбайк. Эндуро. "Гравий и слава", 1 эп.
      21:20 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Ольбии, Италия. Электрический кросс-кантри. Обзор.
      21:50 LIVE Велоспорт. Тур Нидерландов. Пролог. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. Прямая трансляция.
      00:15 Водно-моторный спорт. Формула-1 на воде. Чемпионат мира. Этап 3 в Чжэнчжоу, Китай. Обзор.
      00:45 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Обзор сезона.
      01:45 Автоспорт. Ралли-рейд. Чемпионат мира. Этап 4. BP Ultimate Rally-Raid в Португалии. Обзор.
      02:15 Автоспорт. Ралли-рейд. Extreme H. Этап 1 в Саудовской Аравии.
      03:30 Легкая атлетика. Чикагский марафон в США.
      04:30 Велоспорт. Тур Нидерландов. Пролог. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Santyago Bernabeu»dagi kechikkan debyut, «Barselona»dan ketishi va orzulari haqida «yapon Messisi» bilan intervyu

Baho:
+ | -
OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Intervyular
A A A

Takefusa Kubo — 2001 yilning 4 iyunida Yaponiyaning Kavasaki shahrida tavallud topgan. Kubo 7 yoshidan boshlab futbol bilan shug‘ullanishni boshlaydi. 11 yoshga to‘lganida esa «Barselona» futbol akademiyasiga taklif qilinadi. Kubo 2015 yilgacha, «Barselona»ning 18 yoshga yetmagan o‘yinchilarni transfer qilish bo‘yicha FIFA qoidalarini buzgani ma’lum bo‘lguniga qadar katalon klubi akademiyasida to‘p suradi. Shundan so‘ng u Ispaniyani tark etib, vataniga qaytadi va «Tokio» klubi bilan yarim professional shartnoma imzolaydi.

2019 yilning 14 iyunida esa Madridning «Real» klubi Takefusa Kubo bilan shartnoma imzolaganini e’lon qiladi. Madrid klubi rahbariyati Kuboning muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun uni «Malyorka»ga ijaraga berishga qaror qiladi. Uning iqtidoriga yuqori baho berilib, hatto uni «yapon Messisi» ham deb atashadi.

Agar koronavirus pandemiyasi bo‘lmaganida Takefusa Kubo «Malyorka» safida «Santyago Bernabeu»da «Real»ga (12 aprel kuni o‘tishi lozim edi o‘yin) qarshi o‘ynagan bo‘lardi. Bu, albatta, Kubo uchun muhim ahamiyat kasb etardi. Kubo AS nashriga intervyu berib, karantinda vaqtni qanday o‘tkazayotgani, shuningdek ijara asosidagi faoliyati va «Real» bilan shartnomaning ba’zi tafsilotlari haqida aytib berdi. «Daryo» quyida ana shu suhbatni o‘zbek tilida taqdim etadi.

«Real» – «Malyorka» uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak edi, bu sizning «Santyago Bernabeu»dagi birinchi uchrashuvingiz bo‘lardi. Ushbu o‘yin siz uchun alohida ahamiyatga egamidi?

— Rostini aytsam, judayam o‘ynashni xohlagandim. Men uchun barcha uchrashuvlar juda muhim, biroq bu alohida ahamiyatga ega uchrashuv edi.

«Bernabeu» sizda qanday hislarni uyg‘otadi?

— Men avval u yerda hech qachon o‘ynamaganman, lekin judayam xohlayman. Chigalyozdi mashqlari uchun chiqqaningizda tribunalarda 85 000 kishini ko‘rasiz, bu insonga o‘zgacha bir motivasiya bag‘ishlaydi. U yerda shunchaki, yomon o‘ynashning iloji yo‘q.

Futbolga qaytishni xohlayapsizmi?

— Ayni paytda men imkon qadar tezroq odatiy turmush tarziga qaytish haqida o‘ylayapman. Hozir eng muhimi – insonlar salomatligi.

Karantinni qanday o‘tkazyapsiz?

— Unchalik ham yaxshi emas, chunki men ham, boshqa futbolchilar singari, futbol uchun yashayman. Bu bizning asosiy vazifamiz. Afsuski, pandemiya tufayli uyda o‘tiribmiz. Shunga qaramay, klub bizga yuklamalar berib turibdi, biz formamizni saqlab qolish uchun ularni uyda bajaryapmiz.

Hozirgi sharoitda kun tartibingiz qanday ko‘rinishga ega?

— Ertalab soat 08:30 da uyqudan uyg‘onaman va yurak urish tezligini aniqlash uchun klubimiz tomonidan yuborilgan uch daqiqalik testni bajaraman. So‘ngra nonushta qilaman. Soat 10:00 da esa mashg‘ulotlardan oldingi yengil mashqlarni bajaraman. Soat 11:00 da biz 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarda jamoaviy mashg‘ulotlarni boshlaymiz, murabbiylar esa bizni videoqo‘ng‘iroq orqali boshqarib turadi. Soat 12:15 da mashg‘ulotlarni tugatamiz, lekin men biroz ko‘proq individual mashqlarni bajaraman, keyin dush qabul qilaman va 13:30 da tushlik qilaman. Soat 15:30 dan 16:00 gacha bo‘sh vaqtim, unda asosan televizion ko‘rsatuvlarni tomosha qilaman yoki kitob mutolaa qilaman. Shundan so‘ng yana mashg‘ulotlarni boshlayman, birinchi navbatda to‘p bilan ishlayman. 18:00 da dush qilib, kechki ovqatga o‘tiraman. Odatda 23:00 larda uxlashga yotaman.

Bir yil orqaga qaytsak. Madridliklarning sizga jiddiy qiziqish bildirganini qachon bildingiz?

— Biz turli klublardan qiziqishlar borligini bilardik, ammo na men, na oilam, va na agentlarim bu haqida bilardik, chunki o‘sha paytda menga sanksiyalar e’lon qilingandi. 4 iyun kuni 18 yoshga to‘lganimda, «Real» vakillari Yaponiyaga kelish istagi borligini bildirdi. Ular meni ko‘rishga kelgandi, bu juda yoqimli holat.

Florentino Peres bilan tanishganingizda nimani his qildingiz?

— Avvaliga menda o‘zgacha taassurotlar paydo bo‘lgandi, ammo keyin Madridda meni darhol oila a’zolaridan biri sifatida qabul qilishdi. Aynan mana shuni jihatni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

Bolaligingizda «Barselona»da o‘ynagansiz. Hozirda o‘zingizni haqiqiy «madridlik» deb hisoblaysizmi?

— Birinchi navbatda, «Barselona» va boshqa jamoalar shu qatorda menga sanksiyalar qo‘llanilgandan paytda qabul qilgan «Tokio» klubiga, yarim mavsum o‘tkazgan «Iokogama Marinos»ga va hozir o‘ynayotganim «Malyorka»ga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Shuningdek, barcha futbolchilar, murabbiylar va meni tarbiyalagan va shu darajaga yetishimga sababchi bo‘lgan insonlarga rahmat deyman. 18 yoshga to‘lganimda menda jamoa tanlash imkoniyati tug‘ildi. Va men «Real»ni ma’qul ko‘rdim. Men ulardan minnatdorman va hozir bemalol madridlikman deb ayta olaman.

Messi siz uchun namuna bo‘lgan. U bilan tanishishga ulgurgandingizmi?

— Men uni shaxsan tanimayman, ammo u allaqachon futbolchi bo‘lgan yoki bo‘lishni istagan ko‘plab yoshlar uchun namuna hisoblanadi. Bolaligimda uning o‘yinidan olingan videotasvirlarini ko‘rardim. U – yetuk futbolchi. Uning faoliyati men va men kabi chapaqay hamda past bo‘yli futbolchilar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi, ularning o‘yin uslubi – dribling va to‘pni yaxshi ushlab turish. Messida esa bu fazilatlar yuqori darajada.

Madrid bilan mavsumoldi mashg‘ulotlar nimasi bilan yodda qolgandi?

— Avvaliga atrofimda dunyoning mashhur o‘yinchilari bo‘lishidan xavotirda edim. Ammo asta-sekin moslasha boshladim, klubdagi hamma meni yaxshi qabul qildi, ulardan ko‘p narsalarni o‘rganishga muvaffaq bo‘ldim.

Mavsum oldidan tashkillashtirilgan turnirdagi ishtirokingiz ko‘pchilikni hayratga soldi. Bu haqida jamoadoshlaringiz va Zinedin Zidan qanday fikrda?

— Imkon qadar tezroq moslashishimga ko‘pchilik yordam berdi. Barcha jamoadoshlarim menga yaxshi munosabatda bo‘ldi. Shu jumladan murabbiylar shtabi ham. Mayda detallargacha e’tibor beradigan Zinedin Zidan bir nechta savollar berdi.

Nima deb o‘ylaysiz, siz uchun «Real»da joy bormi?

— Hammasi o‘zimga bog‘liq, ishonamanki, «Real»da o‘rnimni topaman. Ayni damda «Malyorka»da o‘zimni yaxshi tomondan namoyon etishim va «Real»da o‘ynashim mumkinligini isbotlashim kerak.

Siz bunga tayyormisiz?

—  «Real»ga boshqa klublarga o‘xshamaydi. Barcha futbolchilar yuqori darajadagi o‘yinchilar, shu bois asosiy tarkibdan joy olish oson emas. Ammo ishlashda davom etaman va o‘z imkoniyatimni kutaman. Vaziyat tug‘ilishi bilan undan foydalanaman.

Nega «Kastilya» yoki boshqa biror klub emas, aynan «Malyorka»da o‘ynay boshladingiz?

— Mavsumoldi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida yuqori saviyadagi o‘yinchilar bilan birga shug‘ullanish va ularga qarshi ham o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldim. O‘sha paytda kutganimdan ham ko‘proq narsa qilishga muvaffaq bo‘ldim. «Malyorka» menga jiddiy qiziqish bildirdi va menga ishondi. «Kastilya»da ham Raul menga juda yaxshi munosabatda bo‘lgan, u yerdagi hamma narsa menga juda yoqardi, lekin «Malyorka»dan taklif olgach, uni rad etishni xohlamadim.

Nimalarni o‘rgandingiz?

— Juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Asosan o‘yinlardan katta tajriba olyapman. Men hujum va himoyada qanday o‘ynash kerakligini o‘rganyapman. Umid qilamanki, shu ruhda davom etaman.

Ko‘proq qaysi pozisiyada o‘ynashni ma’qul ko‘rasiz?

— Hammasi jamoaning o‘yiniga bog‘liq, masalan, «Malyorka»da deyarli har doim o‘ng qanotda o‘ynayman. Aslida esa maydon markazida o‘zimni juda yaxshi his qilaman. U yerda to‘pni chiziqlar oralig‘ida olishim, driblingni o‘sha yerdan boshlashim, to‘p uzatib berishim va zarbalar berishim mumkin. Asosiy ustunligim – to‘pni chiziqlar oralig‘ida qabul qilib, hujumlarni boshlab berish. Biroq o‘ng qanotda ham o‘zimni juda qulay his qilyapman.

Kelasi yili nima qilishingiz borasida bir qarorga keldingizmi?

— Hozircha yo‘q. Mavsum tiklanadimi, yo‘qmi bilmayman. O‘ynalmagan 11 ta bahs turibdi, qaror chiqarish uchun bir necha oy bor. Mening maqsadim aniq – «Bernabeu»da «Real» libosida to‘p surish. Aynan shuning uchun hozir harakat qilyapman.

Orzularingiz qanday?

— Etuk futbolchi bo‘lishni, «Real» hamda Yaponiya terma jamoasi bilan katta natijalarga erishishni orzu qilaman.

«Real» muxlislariga nima degan bo‘lardingiz?

— Birinchi navbatda, koronavirus bilan kasallangan barcha oilalarni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardim. «Real» muxlislariga aytishim mumkinki, «Santyago Bernabeu»dagi birinchi o‘yinimni sabrsizlik bilan kutyapman, buni «Real» libosida amalga oshirishni xohlagan bo‘lardim. Bunga erishish uchun bor imkoniyatimni sarflayman.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:16, 20.05.2020. O'qildi: 8172 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.