Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol Mosarti

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

22 may kuni o‘tmishning va bugunning ajoyib yulduzlari va ikki final o‘tkazilgan sana. Keling, avval futbolchilardan va o‘tmishdagisidan, kattarog‘idan boshlaylik.

Shimoliy Irlandiyaning yagona yulduzi – Jorj Best. 1946 yili Shimoliy Irlandiyada tug‘ilgan iste’dod egasining o‘ynagan jamoalari son mingta.  "Manchester Yunayted"dan boshlanadi, qandaydir "Naniton Boro", "Tobermor Yunayted" bilan tugaydi. Jorj Best 1968 yili "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan. 2005 yili 25 noyabr kuni vafot etgan.

“MYU”dagi yettinchi raqam nafaqat o‘yinlar, gollar yo golli uzatmalar, balki futbol asri hisoblanmish 20-asrning yaqqol ramzidir. Belfist ko‘chalarida daydib yurgan bolakaydan dahoga aylangan Jorj Best shu uslubni “Manchester Yunayted” uchun muhrlab berib ketgan. Qizig‘i, 7 raqamining porlashiga ham shu raqamga monand 70-yillarning avvali to‘g‘ri kelib qoldi. Buyog‘iga 7-raqam egalarini to‘xtatib qolishning iloji yo‘q edi.

Shimoliy Irlandiya futbol afsonalari yetishtirish bilan maqtana olmaydi. Ammo ushbu mamlakatdan chiqqan Jorj Bestning buyukligi shubhadan xoli. Buni qarangki, «Manchester Yunayted»dagi faoliyati orqali nom qozongan yuksak iqtidorni yomon ko‘ruvchilar ham topilgan. Aynan shunday shaxslardan biri 1971 yili birinchi divizion vakillari «Nyukasl» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi bahs arafasida polisiyaga qo‘ng‘iroq qilib, o‘yin paytida Bestni otib o‘ldirishini aytgan. Futbolchiga shu zahoti tavakkal qilmay, o‘ynamaslikni maslahat berishdi. Biroq Jorj xavfsizlik choralarini kuchaytirish sharti bilan maydonga tushishga qaror qildi. Buning sababi so‘ralganida, u yugurayotgan chog‘i nishonga olish qiyin bo‘lishini ta’kidlagan. Uchrashuvdan so‘ng Best avvallari bunchalik ko‘p yugurmaganini tan olgan.

Oltmishinchi yillar Best kabi fint ustalari porlashi mumkin davr edi. Shuningdek, alkogollik ham avjiga chiqqan. Bestni ikkinchisi harob qildi. U to‘shakda yotar ekan, suratkashdan rasmini olishga ruxsat berdi va tagso‘z o‘rnida “Men kabi o‘lmang!” deb yozish shartini qo‘ydi.

Ingliz matbuoti Best vafot etganida “futbol Mosartidan ajralib qoldi”, deb sarlavha qo‘ygan. Darhaqiqat, to‘g‘ri ta’rif.

Umrbod Shimoliy Irlandiya terma jamoasida o‘ynadi va Angliya terma jamoasiga rosa jalb etilgan bo‘lsa-da, ko‘nmadi. Shu bois, vatanida butun boshli aeroport uning nomiga qo‘yilganiga ajablanmasligimiz kerak.

Jorj Bestning bugungi o‘xshashlaridan biri – chililik Arturo Vidal ham shu sanada tug‘ilgan ekan. 1987 yil Santyagoda tug‘ilgan. Uning maydondagi eng tarqalgan laqabi – Jangchi. El Gerreyro degan bu nomni unga Yuve tiffozisi qo‘ymagan. Hatto Antonio Kontedan ham olmagan bu nomni. Italiyaning sho‘x matbuotidan ham chiqmagan bu ta’rif. Onasidan meros nom bu. Ha, uning mushtipar onasi olti bolani bir o‘zi boqar ekan, hayot qayerga uloqtirsa, o‘sha yerdan matonat bilan chiqqan. Hamma og‘ir yumushni ayol boshi bilan bajargan. Bolalarini saqlab qolish uchun hayot maydonida jang qilgan onaning farzandi Arturo maydondagi jami xislatlarini qayerdan olganini bilib oldingizmi?

Onasining xarakteri unga yoshlikdanoq yuqqan ediki, spartancha sharoitlarda juda asqotgan. Rodelindo Romana klubida o‘ynar ekan, o‘spirinlik chog‘i Arturo va uning do‘stlari yangi butsa kiyishmagan. Lekin boshqa bir zavqli on bor ediki, o‘sha lahzalar uchun maydonda jang qilishga mahkum edi. Yutuqli o‘yindan so‘ng to‘ygunlaricha ovqat berilardi jamoa vakillariga. O‘sha yemaklar uchun olib borilgan kurashlarimizni eslasam, ko‘zimdan yosh chiqib ketadi, deb eslagandi futbolchi keyinroq.

Arturo Isla va Aleksis Sanches kabi Kanadada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi mundialda porlagan. Biroq, hakamni urgani bilan bilan ham eslanadi. Muhimi bumas, balki xarakteridagi kurashchanlik. Aleksis Sanches doimo Vidaldan qobiliyatli sanalgan. Biroq, ikki chililik faoliyatiga qarasak, Arturoda faqat o‘sishni kuzatamiz. Sanchesda teskarisi. Vidal Kolo-kolodan Rudi Feller taklifi bilan Bayerga borgan, so‘ng Yuventus, Bavariya va hozirda Barselona. Ro‘yxatning yuqoriga o‘sishini qarang. Bugungi kunda Vidal qaydnomalarda yarim himoyachi deb ko‘rsatilsa-da, hujumda ham, himoyada ham birdek o‘ynay oladi, buni bilasiz.. Istalgan ampludagi ishini a’loga bajarib ketadi, buni ham bilasiz. Yana o‘sha savol: Onasining hayoti yodingizga tushmadimi?

Xayrulla Hamidov

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 09:06, 22.05.2020. O'qildi: 4467 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик