Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“YAngi Messi”lar hozir qayerda?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz yoshlik chog‘idanoq ikkinchi Messi bo‘lishi taxmin qilingan futbolchilar faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tadi.

Mario GetsYE

 

Nemis Messisi katta futbolga dadil qadamlar bilan kirib keldi. Kloppning “Borussiya Dortmund” jamoasi hujumlariga javob beruvchi Mario qisqa muddatda barchaning tiliga tushdi. Past bo‘yli, tehnikasi kuchli futbolchi markazdan yorib kirishlari orqali “ikkinchi Messi” “unvonini” qo‘lga kiritdi. Achinarlisi shundaki, aynan Mario argentinalik futbolchining darajasiga chiqishga barchadan yaqin kelgan edi, biroq yakunda uning faoliyatida ham keskin pasayish kuzatildi.

“Borussiya Dortmund” muxlisalarini dilini vayron qilgancha azaliy raqib libosini kiygan Mario Myunhenda ajoyib mavsum o‘tkazdi. Keyin JCHda g‘olib chiqdi va millat qahramoniga aylandi. Afsuski, Pep Gvardiola davrida Mario sekin-asta tarkibdan tushib qolishni boshladi. Oqibatda, “ikkinchi Messi” Dortmundga qaytib kelib hammasini boshidan boshlashga harakat qildi. Achinarlisi shundaki, uni klub va muxlislar juda sovuq qabul qildi. 20 yoshida butun dunyo e’tirofiga erishgan futbolchi oradan 7 yil o‘tib klubsiz qolib ketish darajasida pastga “quladi”. Katta ehtimol bilan uni yozda birorta o‘rtamiyona jamoa reklama maqsadida o‘z safiga qo‘shib oladi. Endi U Messining izdoshi emas, shunchaki Germaniya uchun “oltin gol”ni urgan Mario sifatida xotiramizda qoladi.

Boyan Kirkich


 

Messi bilan bir jamoa bo‘lishiga qaramay, Krkichni ham u singari potensial egasi ekanligi bashorat qilgani yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Leodan ham erta jamoada debyut qilgan (17 yosh 19 kun) Boyan ham aytarli hech narsaga erisha olgani yo‘q. Shunday bo‘lsada, klub uning o‘zini tiklab olishi uchun yetarlicha imkon berganini unutmaslik lozim. Kataloniya klubi safida qahramonimiz 162 bor maydonga tushgan bo‘lsa, 41 bor gol kiritdi xolos.

Umuman olganda chakki natija emas. Afsuski bu “yangi Messi” statusi uchun juda kam. Bechora Krkich zamonamizning eng kuchli futbolchilaridan biri bilan solishtirishlar qurboniga aylandi. U maydonda bor mahoratini namoyish etsada, muxlis va mutaxassislar undan ko‘prog‘ini talab qilishdan to‘xtashmadi. Bunday ruhiybosimga dosh bermagan futbolchini “Barsa” 12 million evro evaziga “Roma”ga sotib yubordi. Keyinchalik Krkich “Milan”, “Ayaks”, “Stok Siti”, “Deportivo”, “Alaves” singari klublarda to‘p tepdi, biroq faqat Kanadaning “Monoreal” klubidagina qo‘nim topdi.

Gay Assulin

 

“Yangi Messi”lar orasida eng achinarli holat Gay Assulin bilan sodir bo‘lgan. Isroillik bolakay 19 yoshida Kataloniya super klubi bilan shartnoma imzolagan. Tehnikasi juda kuchli bo‘lgan hujumchi qanotda ham, markazda ham birdek tezkor bo‘lgani bois muxlislar uni “isroillik Messi” deb atay boshlashdi.

Afsuski, Isroil futbolchisi bunday e’tiborni ko‘tara olmadi. Vaholanki, u 2009-yilda klubning yoshlar jamoasida o‘zini yorqin o‘yinlari bilan ko‘rsatgan va hatto asosiy jamoada debyut qilishga ham muvaffaq bo‘lgan edi. 2010-yilda uning klub bilan shartnomasi yakuniga yetgach, o‘sha davrlarda kelajagi porloq proyekt sifatida qaralgan “Manchester Siti” bilan shartnoma imzolaydi. Ikki yil jamoa tarkibida bo‘lishiga qaramay, “shaharliklar” safida birorta uchrashuvda maydonga tushmay “tumanli albion”ni tark etadi. Achinarlisi, Gay so‘nggi yillarda klublarni “qo‘lqopdek almashtirish”da davom etmoqda. U Messi uyoqda tursin, hatto Krkich darajasiga ham chiqa olmadi.

Iker Munyain

 

Iker ham ro‘yxatimizdagi futbolchilar singari faoliyatining ilk qismida katta shuhrat qozonganlardan. Bilbaolik yigitcha Messi singari chap oyoqda zarba berar, kichik jussasi bilan dribling orqali raqiblarni ortda qoldirar edi. Bu esa, atrofdagilarda uni Messi bilan solishirishiga turtki bo‘ldi. Qahramonimiz “Atletik” safida 16 yoshida debyut uchrashuvini o‘tkazdi va bugungi kunga qadar jamoaning yetakchisi sanaladi. Qahramonimiz ikki bor “GoldenBoy” sovrini uchun nomzod bo‘lgan bo‘lsada, g‘oliblik unga nasib etmagan. O‘z vaqtida u bilan “Manchester Yunayted” qiziqish bildirdi, biroq transferni futbolchining o‘zi barbod qildi klubda qolishini e’lon qildi. Keyinchalik, o‘sishdan to‘xtab qoldi. To‘g‘ri, u bugungi kunda yo‘q bo‘lib ketgan futbolchi emas, lekin top darajaga chiqa olmagani achiq haqiqat. Uni faoliyati boshida Messi bilan taqqoslashlariga e’tibor bermagan futbolchi, o‘zining so‘nggi intervyusida takroriy savolga keskin javob qaytardi:

“Meni Messi bilan solishtirishmoqda? Ular oshirib yuborishgan. Meni faqat eyforiyaga berilgan muxlisgina Leo bilan solishtirishi mumkin. Bu menga hech qanday salbiy ta’sir o‘ktazmaydi. Aslida kim ekanligimni juda yaxshi bilaman.”

Alen Halilovich

 

Aslida Alen iqtidor borasida Messining yoshligidan sira qolishmas edi. 17 yoshida Xorvatiya terma jamaosida debyut qilgan iqtidor egasini o‘zbek futbol muxlislari ham yaxshi xotirlashadi. O‘z tengqurlaridan bir emas, ikki bosh baland futbol namoyish etayotgan Alen o‘zi istaganidek “Barselona” futbolchisiga aylandi.

Kataloniyaga ko‘chib o‘tgach, muammolar paydo bo‘lishni boshladi. Moslashuv jarayoni cho‘zilib ketgach, klub uni ijaraga berib yuborishni boshladi. “Gamburg”, “Las Palmas”, “Sporting” singari klublarda to‘p tepganiga qaramay, Halilovich “ikkinchi Messi” darajasiga yaqin ham kela olmadi. Oqibatda, 2018-yilda uni “Milan”ga sotib yuborishdi. Bechora Alenni butun Italiya bo‘ylab ijarada to‘p surishni boshlab yuborganiga ancha bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 03:51, 28.05.2020. O'qildi: 8181 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик