Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brayton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Timo tanla! Ronaldu sen qayerga? Xavers ajvida!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Timo tanla! Ronaldu sen qayerga? Xavers ajvida!

Stadion.uz yozda katta intrigaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan transferlar bilan tanishtirib o‘tadi.

Ikardining transfer huquqini PSJ sotib olganidan xabaringiz bor. 50 million yevro va turli bonuslar tariqasida yana 10 million yevro “Inter” g‘aznasiga borib tushadigan bo‘ldi. Hali yoz kelmay turib, grand jamoalar katta transferlarni amalga oshirishni boshlab yubordi. Xo‘sh, transfer oynasi chog‘ida yana qaysi transferlar omma e’tiborida bo‘ladi? Bugun shu haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Ronadu yaxshilab o‘ylab ko‘rdingmi?

Yaqindagina Leo “Barselona”dan hech qayerga ketmasligi rasman ma’lum bo‘ldi. Futbolchi Kataloniyada baxtli va o‘z ritmida to‘p tepmoqda. Ronaldu esa, uning tamomila aksi. Avvaliga portugaliyalik futbolchi “Yuve”ni tark etishi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, endlikda uning mashg‘ulotlarda ter to‘kayotgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Aslida, Ronalduning klubda qolishi ham, ketishi ham birdek foydali. Bu haqida avvalroq maqola ham e’lon qilgan edik. Ayni damda, Krish uchun da’vogar jamoalar mavjud. Yaxshigina pul taklif qilayotgan badavlat klublar ham yo‘q emas. Shunday ekan, yozda Ronalduning transferi butun dunyoning e’tibor markazida bo‘lishi mumkin.

“Barselona” Lautaroning “dumidan” tutib qoladimi?



Argentinalik futbolchi “Barselona”ga o‘tish ishtiyoqida yonmoqda. “Barselona” ham Lautaroning transferini amalga oshirish niyatida, biroq klub “Inter” talab qilayotgan 111 million yevroni to‘lashga qodir emas. Vaziyat ancha chigallashgani bor gap. Bechora kataloniyaliklar Lautaro uchun “Inter”ga o‘z futbolchilarini turli kombinasiyalarda taklif etishdan charchashmayapti. Hozircha, “ko‘k-qora”lar bir hil uslubda barchasini rad etishda davom etishmoqda. Umuman olganda, Lautaro va “Barselona” seriali butun yoz davom etadigan ko‘rinadi. Afsuski, zamonaviy futbolda biror bir futbolchini o‘z jamoasiga qo‘shib olish uchun katta pullarsiz ish bitmay qoldi. Aynan shu aqida Martinesning Kataloniyaga ko‘chib o‘tishini barbod qilishi hech gap emas.

Jeyden Sancho Manchester? London? Dortmund?



“Qizil iblislar” allaqachon Sanchoga klubning afsonaviy 7 raqamini topshirishga qaror qilishgan. Boz ustiga, Dortmund jamoasi ham Sanchoni uzoq muddat o‘z safida olib qolishga qodir emas. Qulay taklif kelib tushgan bo‘lsa, uni sotib yuborishni paysalga solib o‘tirishmaydi. Shunday bo‘lsada, Sancho uchun Dortmund klubi chakana pul so‘ramasligi turgan gap. Axir gap sayyoramizning eng iqtidorli futbolchisi haqida bormoqda. Londonning “Chelsi” jamoasi ham bu orada Sanchoga “og‘iz solishga” ulgurdi. “Aristokratlar” o‘spirinni dunyoning eng katta moash oluvchi futbolchisiga aylantirishlari ham hech gap emas. Shu o‘rinda, Sancho yana bir yo ikki mavsum Dortmundda qolish variant ustida ham bosh qotirmoqda. To‘g‘ri, u baribir yakunda APLga qaytadi, biroq unga qadar tajriba va ko‘nikma ortirib olish zarar qilmasligi mumkin. Umuman olganda, ushbu yoz Sanchoning kelajagiga katta ta’sir o‘tkazadigan qaror qabul qilishga majbur qilishi aniq.

Timo qaysi jamoani tanlaydi?

Timo uchun kurash asosan APL jamoalari o‘rtasida bormoqda.Uning o‘zi ham “Bavariya”ga o‘tish an’anasini yo‘qqa chiqarish maqsadida ham “tumanli albion”da to‘p surishga oshiqmoqda. U allaqachon Klopp bilan transfer borasida aloqaga chiqqan va imkon tug‘ilsa, albatta “qizillar” tomoniga o‘tishga qaror qabul qilishga va’da bergan. Shu o‘rinda, futbolchi “Chelsi” va “Manchester Yunayted”ning takliflariga ham rad javobini berganicha yo‘q. Soddaroq qilib aytganda, Verner unga o‘yin amaliyotini taqdim etishga qodir APLning istalgan grand klubi sharafini himoya qilishga ruhan tayyor. Faqat o‘yin amaliyoti bo‘lsa bo‘lgani. Verner uchun ayni damda eng muhim omil shu. Yozda unga oson bo‘lmasligi turgan gap. Bu uning hayotini ostun-ustun qilib yuborishi mumkin bo‘lgan qaror.

Sane “Bavariya”ga va nihoyat o‘tadimi?

“Bavariya” deyarli bir yildan beri Leroyni sotib olish yoki olmaslik borasida bosh qotirmoqda. Achinarlisi shundaki, aslida vinger o‘tgan mavsumdayot Myunxenga ko‘chib borishi kerak edi, biroq ortirib olingan og‘ir jarohat barchasini tubdan o‘zgartirib yubordi. So‘nggi malumotlarga qaraganda, Myunhen klubi Saneni sotib olishi aniq bo‘lib ulgurgan. Hatto unga “Nika”ni “Adidas”ga almashtirish borasida ko‘rsatmalar ham berilgan. “Bavariya” 40 yildan beri ushbu kompaniya bilan hamkorlikda ishlab kelayotgani uchun ham “Nike”ni Bundesligaga yaqinlashtirmoqchi emas.

Kay Haversni kim “Bayer”dan “tortib chiqadi”?

“Bayer” jamoasi yetakchisi borasida transfer mish-mishlari tobora avjiga chiqmoqda. Uni APL klublaridan tortib, “Real”ga o‘tishi haqida ham yozishdi. “Bavariya” afsonasi Villi Saniolning aytishicha, Sanedan ko‘ra, Kay klub uchun foydaliroq transfer bo‘lishi mumkin ekan.  “Formaseftlar” Kayni 100 milliondan kamiga sotmoqchi emas. Pandemiyadan so‘ng, bu summa istalgan grandga og‘irlik qilishi turgan gap. Hatto “Real”ga ham! Endi faqat APL varianti qolmoqda xolos. Boshqachasiga , yarim himoyachi “Bayer”ni tark eta olmaydi.

“Barselona” nima qilmoqchi?


“Barsa”ning transfer siyosatini tushunish juda mushkul. Jamoa klubning eng mehnatkash futbolchisi Artur Melloni 31 dan oshib ketgan Pyanich bilan almashtirmoqchi bo‘lmoqda. Brazliyalik futbolchi esa, bunga qarshi. Endilikda, klub Fabian Ruisni tarkibga qo‘shib olish uchun yana Arturdan foydalanmoqchi bo‘lmoqda.   To‘g‘risi, Kataloniya klubi moliyaviy qiyinchilik chog‘ida qabul qilayotgan qarorlari sababli muxlislarni ranjitishda davom etmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:13, 03.06.2020. O'qildi: 12219 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик