Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Qo‘qon-1912» Vodiy derbisida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Mavsumoldi yig‘inlar / Nazorat uchrashuvlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bir necha oy karantin tufayli davom etgan tanaffusdan keyin mashg‘ulotlarga qaytgan «Qo‘qon-1912» a’zolari bugun o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishdi. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlarining bugungi raqibi Namanganning “Navbahor” klubi bo‘ldi.

Qo‘qondagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tgan uchrashuv kutilganidek shiddatli tarzda boshlandi. Ilk daqiqalardan oldinga intilgan vakillarimiz dastlabki hujumdayoq raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatni vujudga keltirishdi. Avvaliga Yakuba Bamba yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. 14-daqiqada vakillarimiz tezkor qarshi hujumga o‘tib ketishgan  edi. So‘nggi pallada Norbekovning uzatmasi Ro‘ziyevgacha yetib bormadi.

Ketma-ket hujumlarimiz samarasiz yakunlangach, 25-daqiqada sen urmasang, senga urishadi degan naqlga mos ravishda mehmonlar hisobni ochishdi. Abbos G‘ulomov jarima maydonimiz ichiga kirib, aniq zarbasi bilan darvozamizni ishg‘ol qildi.  30 –daqiqada Azim Ahmedov uzoq masofadan aqlli zarba yo‘lladi. Yaxshiyam zarba noaniq bo‘ldi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Suhrob Berdiyevning zarbasi "o‘xshamadi". Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalarida hisob o‘zgarishsiz qoldi.

Ikkinchi bo‘limni mezbonlar shiddatli tarzda boshlashdi. 47-daqiqada o‘ng qanotdan Avazxon Mamatxo‘jayev to‘pni Quvondiq Ro‘ziyevga aniq uzatdi. Quvondiqning aniq va kuchli zarbasini Yusupov qaytardi. Oradan bir daqiqa o‘tib, «Qo‘qon-1912» hisobni tenglashtirdi. Yakuba Bambani uzatmasidan so‘ng, Shohnazar Norbekov boshi bilan O‘tkir Yusupov darvozasini ishg‘ol qildi.

50-daqiqada maydon egalari yana bir xavfli vaziyatni vujudga keltirishdi. Norbekov-Bamba-Berdiyev ijrosida super kombinasiyasidan keyin Berdiyevning zarbasi shundoqqina darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi. 70-daqiqada chiroyli hujum bo‘lgan edi. Norbekovning uzatmasini raqib himoyachisi qaytarib qoldi, aks holda Rayevas darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqishi mumkin edi.

Ketma-ket tashkil etgan «Qo‘qon-1912» futbolchilari 78- daqiqada hisobda oldinga chiqib olishdi. Gol muallifi Avaz Mamatxo‘jayev bo‘ldi. 83-daqiqada yana bir yaxshi imkoniyat yo‘qqa chiqdi. Avazxon Mamatxo‘jayev chiroyli xarakatlari bilan raqib himoyachini aldab o‘tib zarba yo‘lladi. Biroz noaniq chiqdi. Ikkinchi bo‘limda to‘liq tashabbusga ega bo‘lgan «Qo‘qon-1912» “Vodiy derbisi”da g‘alaba qozondi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” – 2:1 (0:1)
Hakamlar: Doston Mirzarayimov, Shohruh A’zamov, Sanjar Rahmonov, Shohboz Vaxobjonov.
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov.
Gollar: Shohnazar Norbekov (48), Avaz Mamatxo‘jayev (78). - Abbos G‘ulomov (25).
"Qo‘qon-1912": 21. Muzaffar Abdullayev, 3. Bobur Akbarov, 7. Shohnazar Norbekov, 9. Suhrob Berdiyev, 10. Quvondiq Ro‘ziyev, 15. Oybek Rustamov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 33. Ivan Yosovich, 13. Sardor Azimov, 70. Murod Xolmuhammedov, 91. Yakuba Bamba.
Zaxira: 1. Botirali Ergashev, 12. Muhammadali Sobirov,  4. Sobir Sindarov, 5. Jasur Yoqubov, 8. Suhrob Nurulloyev, 11. Otabek Haydarov, 14. Avazxon Mamatxo‘jayev, 19. Xamidillo Abduhamidov, 20. Iqbol Malikjonov, 44. Shodiyor Hojimatov, 22. Muhammadanas Hasanov, 99. Bek Abdullayev, 69. Filip Rayevas.
“Navbahor”: 1.  O‘tkir Yusupov, 7.  Azimjon Ahmedov, 8.  Ivan Solovyov, 10. Azizbek Turg‘unboyev, 11. Islom Isoqjonov, 15. Obid Jo‘raboyev, 19. Mirzohid G‘ofurov, 22. Igor Golban, 27. Islom Rashidxonov, 28. Xurshid Muxtorov, 70. Abbos G‘ulomov.
Zaxira: Tohir Shamshiddinov, Ruslan Volov, Shohruh Mahmudhojiyev, Amirbek Jo‘raboyev.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 23:36, 06.06.2020. O'qildi: 2616 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик