Bugun 23 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mourinyo «ko‘mib yuborgan» futbolchilar (top-10)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

“Benazir” futbol olamida o‘zining janjalkashligi bilan dong taratgan. Ayniqsa, uning futbolchilar bilan keskin munosabatga borishi hech kim uchun yangilik emas. Bugun u bilan chiqisha olmagan futbolchilar o‘nligini e’tiboringizga havola etamiz.

Eden Azar

Aslida, Joze belgiyalik futbolchining o‘sishida va bugungi kundagi darajasiga chiqishiga katta hissa qo‘shgan murabbiy sanaladi. Joze “Chelsi”ga qaytgach, Edenning o‘yini qiziqarliroq va samaraliroq chiqishni boshladi. Shunga qaramay, APL chempionligidan so‘ng, futbolchi va murabbiy o‘rtasida “ola mushkuk o‘tadi”. 2014/15 yilgi mavsumda futbolchi maydonda ortirilgan jarohat sababli Jozedan beso‘roq stadionni tark etadi va bu murabbiyning g‘azabini qo‘zg‘atadi. 2015-yilning dekabryoyida esa, London klubi portugaliyalikni iste’foga chiqaradi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, klub rahbariyatidan buni Eden Azar va Sesk Fabregas iltimos qilgan ekan. To‘g‘ri, keyinroq Eden Jozening taktika borasida “benazir” ekanligini va o‘sha paytda qilgan ishi uchun pushaymonligini ma’lum qildi. Afsuski, bu pushaymonlikdan endi hech qanday naf yo‘q.

Vilyam Gallas

Gallas Jozening ikki bor APL chempionligini qo‘lga kiritishiga ko‘mak berganiga qaramay, ularning aloqalari har doim ham ijobiy bo‘lmagan. Gap shundaki, Gallasdan Joze qanot himoyasida to‘p tepishini talab qiladi. Fransiyalik futbolchi esa, o‘zini qulay his qilayotgan markazda ko‘rinish bermoqchi ekanligini ochiqchasiga aytadi. Oqibatda, mavsum oldi yig‘in chog‘ida Vilyam klubdan o‘zini sotib yuborishlarini talab qiladi va janjal ko‘taradi. Taniqli nashrlarining ma’lum qilishicha, futbolchi Joze Mourinyoni boshqa jamoaga qo‘yib yubormasa o‘z darvozasini ishg‘ol qilishi bilan qo‘rqitgan ekan. Vaziyat jiddiylashgach, Joze uni qo‘yib yuboradi.

E’tiborlisi shundaki, Gallas futbolchilik faoliyatini yakunlagach, o‘zi bilan ishlagan eng kuchli murabbiy sifatida aynan “benazir”ni ta’kidlab o‘tadi.

Rikardo Kuarejma

2008-yilda sayyoramizning eng iqtidorli futbolchisi sifatida “Barselona”dan “Inter”ga ko‘chib o‘tgan Kuarejmaning transferini shaxsan Joze “ko‘k-qora”lardan talab qiladi. Afsuski, Rikardo Italiyada o‘zini namoyish eta olmadi. Keyinchalik, Rikardo “Inter” taklifini qabul qilish faoliyatidagi eng katta xato bo‘lganini tan oldi. Aytishicha, Kuarejmani shaxsan Joze jamoaga qo‘shib olganiga qaramay unga o‘yin amaliyoti taqdim etishni istamagan. Futbolchi hali-hamon Jozening undan nima talab qilganini anglab yetmaganini ko‘p bor ta’kidlab o‘tadi.

Lyuk Shou

Lyuk “Manchester Yunayted”ga Jozedan avval kelganiga qaramay, jarohatlar bilangina muxlislar e’tiborini qozongan futbolchi edi. Klubtepasiga “benazir” kelgach, murabbiy butunlayShounio‘z rejalaridan chiqarib yubordi. Boz ustiga, uni tinmay OAV qarshisida tanqid qilishni boshlab yubordi. Hatto o‘z intervyularidan birida Shouni “Manchester Yunayted” darajasidagi futbolchi emas deb ham e’lon qilib yuboradi. Ko‘p o‘tmay, qanot himoyachisining boshqa jamoaga ketishi haqida mish-mishlar paydo bo‘lishni boshladi, biroq Shoudan avvalroq Jozega chiqish eshiklari ko‘rsatib yuborildi. Tan olish lozim, Shou o‘z jarohatlaridan forig‘ bo‘ldi va asosiy tarkibdagi o‘rnini qaytarib oldi.

Kevin De Bryuyne

2013-yilda Kevin “Verder”dagi ajoyib mavsumdan so‘ng, Londonga qaytarildi. Aynan o‘sha yili unga qo‘shib “Chelsi”Jozeni ham ortga qaytargan edi. Avvaliga murabbiy belgiyalik futbolchiga asosiy tarkibdan muqim o‘rin va’da qildi, biroq yakunda hammasi umuman o‘zgacha ko‘rinish oldi. Bechora De Bryuyne bir yarim yil davomida atigi 3 ta o‘yinda maydonga tushdi. Joze esa, bor e’tiborini jamoadagi boshqa yarim himoyachilarga qaratishni boshlab yubordi. Jurnalistlarning nima uchun Kevinni maydonga tushirmayotgani haqida savollaridan charchab ketgan murabbiy uni APL uchrashuvlarida ishtirok etishga tayyor emas deb izohberdi. Jozening so‘zlari ommaga ma’lum bo‘lgach, Kevin “Chelsi”dan o‘zini qo‘yib yuborishlarini talab qiladi va klub uni ushlab qolmaydi. Yana Bundesligaga qaytib ketgan yarim himoyachi ko‘p o‘tmay dunyoning eng kuchli yarim himoyachisi statusida “Manchester Siti” futbolchisi sifatida APLga qaytib keldi.

David Luis

Braziliyalik himoyachi Joze ortga qaytguniga qadar “Chelsi”ning asosiy himoyachisi edi. Portugaliyalik murabbiy Davidning hujumkor himoyachi bo‘lgani bois sekin-asta asosiy tarkibdan uzoqlashtirishni boshlaydi. U o‘z jamoasida chaqqon va oldinga intiluvchi himoyachini ko‘rishni istamaganini yashirib o‘tirmaydi. Hatto bu haqida Luisga ham aytadi. David vaziyatni anglab yetgach, PSJga o‘tib ketadi. “Chelsi”ga esa, Joze klubni tark etgandagina yana qaytadi. Unga qadar Parij klubi bilan bir nechta ichki musobaqalarda oltin medallarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi.

Iker Kasilyas

“Real” akademiyasi tarbiyalanuvchisi, klub faxri va tirik afsonasi bo‘lishiga qaramay Joze uni ortiqcha muammosiz chetga surib tashlashni uddalagani “e’tiborga molik”.

Barchasiga “Barselona” qarshi uchrashuvlarda yuzaga kelgan keskinlik sabab. Joze “el-klasiko”larda shogirdlaridan jangga chiqqanday harakat qilishni talab qilar, bu esa Ikerning g‘ashini keltiradi. Darvozabon “Barselona” futbolchilarning aksariyati bilan qalin do‘st bo‘lgani bois murabbiyning ko‘rsatmalariga parvo qilmaydi. Joze futbolchining “el-klasiko”dan so‘ng, Xavi va Puyol bilan muloqot qilishini xoinlik deb hisobladi va Kasilyasni chuqur zaxira o‘rindig‘iga mixlab qo‘yadi. Bechora Iker futboldan bahra olish uchun “Portu” safiga yo‘l olishdan boshqa chora topa olmadi.

Pepe

Aslida Pepe Jozening maydondagi ishongan “sarkardasi” edi, biroq Iker bilan yuzaga kelgan janjaldan so‘ng Pepe kutilmaganda jamoadoshining yonini olishni boshladi. Boz ustiga, murabbiyni tanqid qilishgacha bordi. Oqibatda, Mourinyo o‘ylab o‘tirmasdan uning o‘rniga 19 yoshli Rafel Varanni maydonga tushirishni boshlaydi. Ish shu qadar chigallashib ketadiki, “qirollik klubi” Mourinyoni iste’foga chiqarishdan boshqa chora topa olmay qoladi. Pepe esa, Joze ketgach, yana o‘z o‘rnini qaytarib oladi.

Serxio Ramos

“Benazir”ning Madriddan ketishi uchun asosiy sababchi sifatida Serxio Ramosni ko‘rsatishimiz mumkin. Aynan “el-kapitano” rahbariyatdan yo uni yoki murabbiyni tanlashlari lozimligini shart qilib qo‘yadi. Bundan tashqari, u jamoadan ketsa, yana bir nechta yetakchilar ham klubda qolmasligini ham qo‘shib qo‘yadi. Murabbiy iste’foga chiqarilgach, Serxio jamoadagi ichki muhit o‘nglanganini ma’lum qiladi. Tan olish lozim, Ramos Mourinyodan farqli o‘laroq, Zayniddin Zidan bilan yaxshi aloqada. Ayniqsa, Zizuning ortga qaytarilishi chog‘ida u birinchilardan bo‘lib fransiyalik yosh murabbiyni qo‘llab-quvvatlagani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan.

Pedro Leon

Bundan 10 yil avval Pedro Yevropadagi eng iqtidorli vingerlardan biri edi. Uni “Xetafe”dan “qirollik klubi” 10 million yevro evaziga sotib oladi va kamida 10 yil asosiy tarkib futbolchisini qo‘lga kiritgani haqida matbuotda bayonot beradi. Afsuski, Pedro bilan bir vaqtda jamoaga Joze ham keladi vayosh futbolchiga o‘zini ko‘rsatish uchun ham imkon qoldirmaydi. Achinarlisi shundaki, Pedro Leon Joze davrida asosiy jamoaga yaqinlashtirilmaydi. “Benazir” uni asosiy jamoa bilan shug‘ullanish darajasida emas degancha yoshlar safiga jo‘natib yuboradi.

Keyinroq “Xetafe”ga qaytib kelgan futbolchi Ispaniya radiostansiyalaridan birida o‘sha davrni xotirlab quyidagi so‘zlarni aytgan edi: “Joze mening oldimga keldi va hech qachon asosiy jamoada maydonga tushmasligimni aytdi. Keyin “Agar klub futbolchilari o‘tirgan tayyora havoda parchalanib ketsa-yu, faqat sen tirik qolsang ham baribir asosiy jamoaga olmayman!”,deb qo‘shib ham qo‘ydi”.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:47, 10.06.2020. O'qildi: 12363 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик