Bugun 23 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Messining «dushmanlari» (top-5)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Futbol olamidagi eng mashhur shaxslardan biri – Leo Messini juda yomon ko‘ruvchi va buni hech kimdan yashirib o‘tirmaydigan futbolchilar bilan qisqacha tanishtirib o‘tadi.

Royston Drente

O‘z tengqurlari ichidan barchadan bir bosh baland ko‘ringan, kelajakda superyulduz bo‘lib yetishish taxmin qilingan Drenteni ko‘pchilik unutib ham yuborgan bo‘lsa, ajab emas. Leonel Messi va “unutilgan” futbolchi o‘rtasidagi kichik janjal ko‘pchilikning yodidan ham ko‘tarilib ketganiga qaramay, Drente hali-hamon undan xafaligini yashirib o‘tirmoqchi emas.

Qahramonimiz o‘zining birinchi “el-klasiko”sidayoq Leo bilan to‘qnash keladi. Murabbiy tomonidan argentinalik futbolchiga bo‘sh zona qoldirmaslik vazifasi bilan maydonga tushgan Drente kurashga qo‘shilib ketadi. Birinchi bo‘lim so‘nggiga yaqinlashganida Leo jaxl ustida gollandiyalik futbolchini bir necha bor “negro”, “negro” deb mazah qiladi. Uchrashuvning bosimi sababli avvaliga Drente bunga e’tibor qaratmaydi, biroq ikkinchi bo‘limda darrov u bilan orani ochiq qilish maqsadida yaqinlashadi. Yaxshiyamki, uning jamoadoshlari vaziyatni chigallashtirishmaydi va Drenteni hovuridan tushirishga muvaffaq bo‘lishadi. O‘yindan so‘ng, Royston OAVga bo‘lgan voqeani batafsil so‘zlab beradi. To‘g‘ri, Leoning irqchilik kayfiyatida aytilgan so‘zlari uchun tanqid qilishadi, biroq bu vaziyat tezda unutilib ketdi. Ayni damda top-klublar radaridan chetda qolgan futbolchi o‘zining “Marca” nashri uchun bergan so‘nggi intervyusida Leoning undan uzr so‘rashini kutayotganini aytib o‘tdi. Messi keyinchalik jurnalistlar tomonidan ko‘p bor shu mavzuda savol kelib tushganiga qaramay, vaziyatga oydinlik kiritishni istamadi.

Alvaro Arbeloa

Yana bir “Real” futbolchisi va yana “el-klasiko”dagi “qisqa tutashuv”. Leo o‘zining asosiy raqiblari bilan bo‘ladigan uchrashuvlarda ko‘pincha janjal markaziga tushib qoladi. Shunday bo‘lsada, Arbeloa bilan bog‘liq vaziyat biroz o‘zgacharoq. Arbeloa va Messi uzoq muddat bir-birga qarshi maydonda to‘p surishgani bois, ular o‘rtasidagi keskin to‘qnashuvlarga hech kim ortiqcha e’tibor qaratmaydi. Shunday bo‘lsada, 2013-yildagi Ispaniya kubogi yarim final uchrashuvidan so‘ng kutilmagan holat kuzatildi. O‘yin davomida o‘ziga nisbatan qo‘pol harakat qilganAlvaroni Leo avtoturargohda kutib turadi. “Qirollik klubi” futbolchisi unga yaqinlashgach, kurakda turmaydigan so‘zlar bilan uni haqorat qiladi. Arbeloa professional futbolchi sifatida janjaldan qochadi. Vaziyatni suratga olishga muvaffaq bo‘lgan jurnalistlar ertasi kuniyoq vaziyatni turli talqinda yoritishni boshlab yuborishadi. O‘sha janjaldan so‘ng, ko‘plab futbol mutaxassislari 6 ta “oltin to‘p” egasini tanqid ostiga olishadi. Darhaqiqat, maydon ichidagi qarama-qarshiliklarning barchasi maydonda qolishi lozim. Oradan 7 yil o‘tganiga qaramay, yaqindagina Arbeloa o‘z intervyusida Messi bilan hisob-kitob qilishini va uning faoliyati yakunlashini sabrsizlik bilan kutayotganini ma’lum qildi.

Pepe

Bugungi ro‘yxatimizdagi uchinchi “Real”futbolchisi. Pepeni juda yaxshi taniysiz. O‘zining qo‘pol o‘yinlari bilan omma e’tiboriga tushgan Pepega ortiqcha ta’rifning xojati yo‘q. Bejizga portugaliyalik himoyachini “aqldan ozgan” laqabi bilan “siylashmagan”.

Messi va Pepe o‘rtasidagi to‘qnashuvlar odatiy tusga kirgani bois, ko‘pchilik maydondagi kichik detallarga e’tibor qaratmaydi. Shunga qaramay, Ispaniya kubogidagi o‘zaro to‘qnashuv chog‘ida teletranslyasiya xodimlari futbolchilar o‘rtasidagi kichik dialogni lablar qimirlashiga ko‘ra aniqlashga muvaffaq bo‘lishadi.

Pepe: Sen meni ko‘rishing bilan qaltirab qolasan!

Messi: Sen men “Real” darvozasiga kiritgan gollarimni aks etuvchi barcha suratlarda borsan!

Leo tomonidan berilgan javob yuzingizda tabassum uyg‘otishi turgan gap, biroq Pepe bundan g‘azablangan ko‘rinadi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, himoyachi atayin Messining qo‘lini bosib o‘tib ketadi. O‘sha uchrashuvdan beri, bu yigitlar bir-birini ko‘rishga ko‘zi yo‘q dushmanlarga aylanishgan.

Mauro Ikardi

Barchangiz Mauro Ikardi, Vanda Nara va Maksli Lopesdan tashkil topgan sevgi uchburchagi haqida xabardorsiz.

Ikardining do‘stiga qilgan xiyonatiga Messining nima aloqasi bor deb o‘ylayabsizmi? E’tiborlisi shundaki, Leo Ikardidan jabr ko‘rgan Maksining eng yaqin do‘sti hisoblanadi. Bu futbolchilar o‘z vaqtida “Barselona”da birga to‘p surishgan. Vanda va Mauro Maksini farzandlari bilan aloqasini uzib qo‘yishgach, Leo darrov eski qadrdonini yoqlab chiqdi. Barchamiz Messining Argentina terma jamoasiga ta’sir kuchi qanday ekanligini yaxshi bilamiz. Shu sababli aynan Messi Ikardi uchun terma jamoa eshiklarini 10 yildan beri yopib kelayotgani tushunarli holat. Messi Mauroni terma jamoada ichki muhitni buzishi mumkinligi bois milliy jamoa libosida ko‘rishni istamaydi. To‘g‘ri, bu rasman tasdiqlanmagan ma’lumot, biroq turli nashrlarining insayderlari aynan shu versiya haqiqat ekanligini ma’lum qilmoqda. Sevgi uchburchagi sababli Ikardi va Messining aloqalari keskin yomonlashib ketgani hech kimga sir emas. Bu munosabatlar yaqin orada o‘nglanmasligi kundek ravshan.

Zlatan Ibrahimovich

Faqat Zlatangina Messini bir vaqtning o‘zida maqtashi va uni yer bilan bitta qilishi mumkin. Qaysidir ma’noda, Zlatanning faoliyatidagi eng katta omadsizlikka LeonelMessi sababchi deya olamiz. Aynan argentinalik futbolchi sababli “Barselona” Ibrahimovichdan voz kechadi. Bunga chidab tura olmagan Zlatan bor kuchini tiliga yig‘di va Messiga qarata ishga solishni boshladi. Uning Leo haqida aytgan eng mashhur iqtiboslaridan biriga e’tiboringa havola etamiz.

Gvardiola juda ajoyib murabbiy, biroq u g‘irt qo‘rqoq. U Leo uchunmeni qurbon qildi va buni o‘zimga aytishga jurat eta olamdi. Argentinalik futbolchi Pepga uy hayvonidek muomala qiladi. Aynan Leoning aytgan so‘zlari jamoa uchun birinchi raqamli. Pep esa, doimo chetda barchasini tinglab o‘tiradi. To‘g‘ri, uning bir nechta “oltin to‘p”lari mavjud, biroq men avtomatdan konfet xarid qilish uchun stolga chiqishim shart emas”.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:29, 10.06.2020. O'qildi: 14002 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик