Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘rta Osiyodagi eng qimmat futbolchi kim?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Statistika va faktlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Markaziy Osiyodagi eng qimmat futbolchilar ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tadi.

Ayni damga kelib Transfermarket portali futbolchilarning narxini belgilab beruvchi norasmiy manbaga aylanib ulgurdi. Agar ushbu nashr bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, markaziy Osiyo davlatlaridagi eng qimmat futbolchilar kim? Bugun ushbu savolga qisqacha javob berib o‘tamiz.

TurkmanistonRuslan Mingazov – 525 ming yevro

Turkmanistonlik futbolchi ayni damda Qozog‘istonning “Irtish” jamoasi sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Undan keyingi o‘rinni O‘zbekiston chempionatida to‘p surayotgan Arslanmurod Amanov egallab turibdi. Nemis nashri talqiniga ko‘ra, Amanovni qo‘lga kiritishni istagan klub 400 ming yevrodan voz kechishi talab etiladi. Kuchli uchlikni o‘tgan mavsumda Qirg‘iziston chempionatining to‘purariga aylangan Vohit Orazsahedov egallab turibdi. Uning transfer qiymati 250 ming yevroga teng.

Turkmaniston terma jamoasi futbolchilarining umumiy transfer qiymati 2,53 million yevroga teng.

Tojikiston — Parvizjon Umarboyev – 600 ming yevro

Bugungi kunda qo‘shni Tojikiston futbolining yuziga aylanib borayotgan Parvizjon Umarov o‘z mamlakatidagi eng qimmat futbolchi sanaladi. Ayni damda Bolgariyaning “Lokomotiv” klubi sharafini himoya qilayotgan futbolchining transfer qiymati 600 ming yevroga baholanmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Dushanbening “Istiqlol” klubi futbolchilari Alisher va Iskandar Jalilovlar (300 ming yevro) bo‘lishib olishmoqda. Shuningdek, Amirbek Jumaboyev va Nuriddin Davronovlarni ham transfermarket nashri 300 ming yevoroga baholagan.

Tojikiston terma jamoasining umumiy transfer qiymati 4,9 million yevroga teng.

Qirg‘iziston — Valeriy Kichin – 950 ming yevro

Moskvaning “Torpedo” jamoasi futbolchisi bundan bir necha hafta ilgari 1,2 million yevroga baholanayotgan edi. Endilikda, uning yoshi kattalashgani bois Transfermarket portalidagi narxi biroz pastladi. Qozog‘iston chempionatidagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan Guljigit Aliqulov (275 ming yevro) va Indaneziya chempionatida top suruvchi Temirlan Qo‘ziboyev (250 ming yevro)lar kuchli uchlikni yakunlab bermoqda.

Qirg‘iziston terma jamoasi futbolchilarining umumiy transfer qiymati 4,23 million yevroga teng.

Qozg‘iston — Baurjan Islamxan – 2,16 million yevro

Qozog‘iston futbolchilari orasidagi eng taniqlisi sanaluvchi Baurjan Islamxan bugungi kunda BAA chempionatida to‘p tepmoqda. “Al-Ayn” klubi futbolchisini qo‘lga kiritishni istagan klub 2,16million yevrodan voz kechishi talab etiladi. Undan keyingi o‘rinni “Astana” klubi qanot himoyachisi 30 yoshli Dmitriy Shomko egallamoqda. O‘tgan yili 2,5 millionga baholangan futbolchining ayni damdagi qiymati 2 million yevroga teng. Kuchli uchlikni “Rostov” jamoasi futbolchisi Baxtiyor Zaynutdinov (1,35 illion yevro) egallab turibdi.

Qozog‘iston terma jamoasining transfermarketdagi umumiy qiymati 20 million yevro atorifida baholanmoqda.

O‘zbekiston — Eldor Shomurodov – 5,2 million yevro

Rossiyaning “Rostov” jamoasi hujumchisi Eldor Shomurod ayni damda O‘rta Osiyodagi eng qimmat futbolchi sanaladi. Uning transfer qiymati 5,2 million yevroga teng, biroq uni qo‘lga kiritishni istagan klub 10 million atrofida tavol puli to‘lashi lozim. Undan keyingi o‘rinni 2 million yevro transfer narxi bilan Odil Ahmedov egallab turibdi. Kuchli uchlikni 1,40 million yevroga baholongan Jaloliddin Masharipovga nasib etgan.

Ajablanarlisi shundaki, transfermarket nashri O‘zbekiston milliy terma jamoasiga mamlakatning eng qimmat futbolchilarini kiritmagan. Terma jamoamizning asosini olimpiadachilar tashkil etgani bois, umumiy transfer qiymati 9,73 million yevroga teng.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 06:15, 23.06.2020. O'qildi: 17276 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик