Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 09.12.2025 00:45
      • Torino
      • 2:3
      • Milan
  • APL
      • 09.12.2025 01:00
      • Vulverhempton
      • 1:4
      • Man. Yunayted
  • La-liga
      • 09.12.2025 01:00
      • Osasuna
      • 2:0
      • Levante
  • Elit OCHL
      • 09.12.2025 15:00
      • Matida Zelviya
      • 3:1
      • Ulsan Xyonde
      • 09.12.2025 15:00
      • Vissel Kobe
      • 2:2
      • Chengdu Rongcheng
      • 09.12.2025 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:2
      • Kangvon
      • 09.12.2025 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 0:0
      • Shangxay Port
      • 10.12.2025 15:00
      • Seul
      • -:-
      • Melburn Siti
      • 10.12.2025 15:00
      • Sanfrechche Xirosima
      • -:-
      • Shanghai Shenhua
  • ECHL
      • 09.12.2025 20:30
      • Qayrat
      • 0:1
      • Olimpiakos
      • 09.12.2025 22:45
      • Bavariya
      • 3:1
      • Sporting
      • 10.12.2025 01:00
      • Monako
      • 1:0
      • Galatasaroy
      • 10.12.2025 01:00
      • Atalanta
      • 2:1
      • Chelsi
      • 10.12.2025 01:00
      • Barselona
      • 2:1
      • Ayntraxt F
      • 10.12.2025 01:00
      • Inter
      • 0:1
      • Liverpul
      • 10.12.2025 01:00
      • PSV
      • 2:3
      • Atletiko
      • 10.12.2025 01:00
      • Tottenhem
      • 3:0
      • Slaviya
      • 10.12.2025 01:00
      • Yunion
      • 2:3
      • Marsel
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 16 40
2 Real Madrid 16 36
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 16 31
5 Espanyol 15 27
6 Betis 15 24
7 Atletik Bilbao 16 23
8 Xetafe 15 20
9 Elche 15 19
10 Selta 15 19
11 Alaves 15 18
12 Rayo Valyekano 15 17
13 Sevilya 15 17
14 Real Sosyedad 15 16
15 Osasuna 15 15
16 Valensiya 15 15
17 Malyorka 15 14
18 Jirona 15 12
19 Real Ovyedo 15 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

13/12/25 Real Sosyedad - Jirona
13/12/25 Atletiko - Valensiya
13/12/25 Malyorka - Elche
13/12/25 Barselona - Osasuna
14/12/25 Xetafe - Espanyol
14/12/25 Sevilya - Real Ovyedo
14/12/25 Selta - Atletik Bilbao
14/12/25 Levante - Vilyarreal
15/12/25 Alaves - Real Madrid
16/12/25 Rayo Valyekano - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 10.12.2025

      06:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Форталеза".
      08:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      09:55 U-17. Чемпионат мира в Катаре. Финал. Португалия - Австрия.
      11:55 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:05 U-20. Чемпионат мира в Чили. Финал. Аргентина - Марокко.
      15:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Форталеза".
      17:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      18:55 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:05 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Газиантеп".
      22:00 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Трабзонспор".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Форталеза".
      02:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      04:00 U-17. Чемпионат мира в Катаре. Финал. Португалия - Австрия.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 10.12.2025

      05:05 Лыжные гонки. ФосАгро Кубок России. Этап 2 в Тюмени. Спринт. Классический стиль. Финал.
      07:30 "Культовые".
      08:00 Дзюдо. Мировой тур. "Большой шлем" Абу-Даби в ОАЭ. День 3.
      10:40 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      12:15 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Катара. Runabout and freestyle.
      12:45 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Смешанная эстафета.
      14:10 Лыжные гонки. ФосАгро Кубок России. Этап 2 в Тюмени. Женщины. Масс-старт. 20 км. Классический стиль.
      15:35 Лыжная страна.
      16:05 Лыжные гонки. ФосАгро Кубок России. Этап 2 в Тюмени. Мужчины. Масс-старт. 20 км. Классический стиль.
      17:35 "Эволюция спорта".
      18:05 Гольф. Кубок Континентальной гольф-лиги в Москве.
      20:10 Прыжки на лыжах с трамплина. "Тагильская сталь" в Нижнем Тагиле, Россия. Смешанные пары. HS 85. 2-я попытка.
      20:55 LIVE Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Зенит-Казань" - "Кузбасс" (Кемерово). Прямая трансляция.
      23:00 "Культовые".
      23:25 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Смешанная эстафета.
      00:45 "Небесная грация".
      01:00 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      02:35 "Эволюция спорта".
      03:00 "География спорта". Пенза.
      03:25 Лыжные гонки. ФосАгро Кубок России. Этап 2 в Тюмени. Женщины. Масс-старт. 20 км. Классический стиль.
      04:45 Лыжные гонки. ФосАгро Кубок России. Этап 2 в Тюмени. Мужчины. Масс-старт. 20 км. Классический стиль.
  • MATCH-TV
    • Sana: 10.12.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Прыжки на лыжах с трамплина. "Тагильская сталь" в Нижнем Тагиле, Россия.
      08:00 Футбол. Чемпионат Италии. Обзор тура.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Д/ф "Дарья Соколова. Вернуться и победить!".
      12:00 Торжественная церемония награждения премией Паралимпийского комитета России "Возвращение в жизнь".
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:20 "Вид сверху".
      16:50 Новости.
      16:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:55 LIVE Бокс. Чемпионат мира в ОАЭ. Мужчины. Прямая трансляция.
      21:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:55 LIVE Бокс. Чемпионат мира в ОАЭ. Мужчины. Прямая трансляция.
      01:00 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      02:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      04:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. ЦСКА (Москва) - "Бетсити Парма" (Пермский край).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 10.12.2025

      05:00 Биатлон. Кубок мира. Этап 1 в Эстерсунде, Швеция. Женщины. Гонка преследования. 10 км.
      05:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 2. Раунд 1.
      06:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 2. Раунд 2.
      06:30 Лыжные гонки. Кубок мира. Этап 2 в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. Скиатлон. 10+10 км.
      07:00 Лыжные гонки. Кубок мира. Этап 2 в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. Индивидуальная гонка. 10 км. Свободный стиль.
      08:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 1.
      09:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 2. Раунд 1.
      09:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 2. Раунд 2.
      10:00 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал. Сессия 2.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Бивер-Крике, США. Мужчины. Скоростной спуск.
      13:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Бивер-Крике, США. Мужчины. Супергигант.
      14:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 1.
      15:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 4 в Висле, Польша. HS 134. День 2. Раунд 2.
      16:00 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал. Сессия 2.
      17:45 LIVE Снукер. Shoot Out в Блэкпуле, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      22:00 Фехтование. Гран-при. Этап в Орлеане, Франция. Сабля. Обзор.
      23:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Бивер-Крике, США. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      23:45 LIVE Снукер. Shoot Out в Блэкпуле, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      04:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Бивер-Крике, США. Мужчины. Скоростной спуск.
      04:45 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Бивер-Крике, США. Мужчины. Супергигант.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Shomurodov Ronaldu singari mehnatkash» (katta intervyu)

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Yutuqlar
Rukn: Intervyular
A A A

Toshkentning “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi Andrey Fyodorov Rossiyaning Sportbox.runashri uchun katta intervyu berdi. Qiziqarli suhbatni saytimiz kuzatuvchilariga ilindik.

Kayfiyatingiz qanday? Toshkentdagi faoliyatingiz qanday ketmoqda?

— So‘nggi paytlarda maqtangudek ahvolda emasman. “Loko” ketma-ket 3 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.

Bu mavsumda jamoangizga nima bo‘lmoqda?

— Afsuski, bizning tarkibimiz 100 foiz o‘zgarib ketdi. O‘yin uslubimizdan voz kechganimizcha yo‘q, biroq bu uslubga yigitlar ko‘nika olmayapti. Achinarlisi shundaki, himoyamizda muammolar tiqilib yotibdi. Buni bartaraf etish uchun o‘zimiz istaganlarni emas, qurbimiz yetganlarnigina jamoaga qo‘shib oldik. Bu muammoni yechish uchun kamlik qilmoqda.

Rahbariyat natijalarning yomonlashgani bois “pressing” ostida qoldirmayaptimi?

— Hozircha vaziyatni tushunishga harakat qilishmoqda. Bizni muhim futbolchilarimiz tark etishgani bois, qiyin vaziyatda qoldik. Boz ustiga, jamoam murakkab futbol o‘ynashga intilmoqda. Mayda paslar va turli kombinasiyalarga asoslangan hujum uyushtirishga harakat qilamiz, biroq o‘yinimiz to‘liq shakillanmagani bois qarshi hujumlarda gol o‘tkazib yuboramiz. Do‘stlarim biz boy bergan o‘yinlarni tahlil qilib chiqishdi. Aytishlaricha, 90 daqiqa ichida yigitlarim 30 yoki 40 sekund taktik o‘quvsizlik qilishgani uchun ham mag‘lub bo‘layotgan ekanmiz.

O‘zbek futboli va Rossiya futboli o‘rtasidagi farq nimada?

— O‘zbeklar texnikaga ko‘proq urg‘u beradi. Hatto bu yerdagi 16-20 yosh orasidagi bolalar Rossiyadagi tengqurlaridanda iqtidorliroq deb ayta olaman. Afsuski, bu yerda futbolchilarning o‘tish yoshidagi sistemasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Misol uchun, iqtidorli futbolchi Toshkent klubi safida bir mavsum yaxshi to‘p suradi. Keyin uni moliyaviy daromadi ortadi. Yashash sharoiti yaxshilanadi. Qarabsizki, u o‘sishdan to‘xtab qoladi. Rossiyada esa, ulardan kuchsizroq bo‘lsada, motivasiyaga to‘la yigitlar uzoqroqqa borishganiga guvoh bo‘lyapman.

O‘zbek yoshlari qaysi chempionatda to‘p surishni orzu qilishadi?

— Orzu qilishadi, biroq orzu uchun harakat sira ko‘zga tashlanmayapti. Shunday bo‘lsada, ko‘plab yoshlar Rossiyada to‘p surishni orzu istamoqda. Hech bo‘lmasa Rossiyada to‘p surish uchun ham rus tilini bilish talab etiladi. Yangi avlod futbolchilaridan aksariyatigina rus tilida ravon so‘zlasha oladi.

O‘zbek futbolchilari o‘rtacha qancha maosh olishadi?

— Oyiga 500 dollardan 1000 dollargacha. Ayrimlar 2000 ming ham olishadi, biroq bunday futbolchilar juda kam.

Siz o‘z futbolchilaringiz bilan rus tilida so‘zlashasizmi?

— Ha, biroq ko‘pchilik meni tushunmaydi. Agar o‘z futbolchilarim bilan yolg‘iz suhbatlashmoqchi bo‘lsam, kattaroq yoshdagi futbolchini tarjimonlik qilishini iltimos qilaman. Mening murabbiylar shtabimda hech kim o‘zbek tilida so‘zlashmaydi.

Siz o‘zingizchi?

— Kerak bo‘lsa o‘zbek tilidan ham foydalanaman. Oddiy so‘zlarni bemalol o‘zbekchalab shogirdlarimga tushuntirishim mumkin.

Sizningcha,Rossiyadagi o‘zbekistonlik futbolchilar orasidagi eng kuchlisi kim?

— Albatta, Eldor Shomurodov.

Uning boshqa o‘zbek futbolchilaridan nima farqi bor?

— U Ronaldu singari mehnatkash. O‘z vaqtida uning amakisi bilan to‘p surganman. U ham juda mehnatkash futbolchi edi. Mehnatdan qochmaslik ularning qonida bor shekilli. O‘ylashimcha, Karpin Eldor uchun ideal pozisiyani topdi. U O‘zbekistonda asosan qanotda to‘p surgan. Aynan Karpin uni qanotdan markazga surdi va bu tezda natija berishni boshladi. Shomurodov texnikasi bilan maqtana olmaydi, biroq tajovuzkorlik, golni sezish qobiliyati uning o‘rnini to‘ldirib yuboradi. Bundan tashqari, u juda uquvli yigit. Unga taktik ko‘rsatmalarni qayta-qayta tushuntirish shart emas. Undagi ko‘plab xislatlar bugungi o‘zbek futbolchilariga yetishmayapti.

O‘zbek futbolidagi eng kuchli futbolchilar uchligini sanang!

— Birinchi o‘rin,so‘zsiz,Mirjalol Qosimovniki. Undan keyin Krasniskiyva Birodar Abduraimovni e’tirof etib o‘tgan bo‘lar edim.

Toshkentdagi hayotingiz qanday?

— Karantin chog‘ida biroz zerikarli. Deyarli 6 oydan beri bu yerda yolg‘iz istiqomat qilyapman. Oilam Moskvada. Bu ruhan insonni qiynab qo‘ymoqda. Umuman olganda, Toshkentda hayot yaxshi.

U yerning nimasi sizga manzur keladi?

— Umuman olganda,O‘zbekiston quyoshli o‘lka. Bundan tashqari, bu yerdagi insonlarning bir-biriga bo‘lgan iliq munosabatini hurmat qilaman.

Toshkentni qaysidir rus shaharlariga qiyoslay olasizmi?

— Juda qiyin savol. Shunday bo‘lsada, Qozon shahri bilan ayrim o‘xshashliklari mavjud.

Issiq qiynab qo‘ymadimi?

— Bo‘lmasamchi! Ayniqsa, endi ko‘chib kelganlar buni darrov anglab yetishadi. Jamoamda yangi kelgan legionerlar mavjud. Ular qolganlardan ko‘proq mashaqqat chekishmoqda. O‘zbekistondagi issiq insonni lohas qilib qo‘yadi. Shu sababli, bu sog‘liq uchun ham havfli. Men ham Toshkentga 20 yildan so‘ng (2014-yilda)qaytim. Avvaliga moslashib olishim ancha qiyin bo‘ldi. Bugungi kunda hammasi o‘z o‘rniga tushib ketgan.

Lokodagi legionerlar bilan tanishtirib o‘tsangiz?!

— Kirill Pogrebniyak, Slavko Damyanovich va Kaxi Maharadze. Gruzin futbolchisi ancha yillar ilgari O‘zbekistonga kelgani bois, unda adaptatsiya bilan muammo yo‘q. Qolganlarni bu borada ogohlantirganman. Shunday bo‘lsada, ular ko‘pincha oldimga kelib:“Vitalich, issiqni qarang! Bu issiqda nafas olish ham qiyin. Mashg‘ulot o‘tkazish haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi”, — deb nolib qo‘yishadi.

O‘zbek oshxonasiga qanday baho berasiz?

— U mening uchun dunyodagi eng zo‘ri!

Qaysi taomlarni hush ko‘rasiz?

— Birinchi navbatda palovni! Keyin qozon kabob ham o‘zgacha taom. Kuchli uchlikni somsa yakunlab bersin (kuladi).

O‘zbekistondagi eng shirin desert?

— Bu qovun va tarvuz bo‘lsa kerak. Shuningdek,bu yerda mahalliy dehqonlar shunday shirin pomidorni yetishtirishadiki, uni o‘ylab o‘tirmay desertga qo‘shish mumkin. Afsuski, u sabzavot bo‘lgani uchun ham desert deb bo‘lmaydi.

Mana bir necha yildan beri murabbiylik faoliyatini olib boryapsiz. O‘zingizga kimni ustoz deb hisoblaysiz?

— Birinchi navbatda Yuri Sarkisiyanni. U inson mening Farg‘onada to‘p surib yurgan chog‘larimda murabbiyim bo‘lgan. Keyinroq, Qurbon Berdiyev qo‘l ostida to‘p tepdim. Qurbon Bekiyevichdan ham juda ko‘p narsa olganman.

Sizningcha,murabbiylik ishida eng muhim omil nima?

— Futbolchilar bilan do‘stona aloqa o‘rnatish. Men Pro lisenziyasi uchun o‘qigan chog‘imda, atayin futbol psixologiyasini yaxshilab o‘rganishga harakat qildim. Futbolchilarni ruhan qo‘llab-quvvatlash juda muhim. Agar ularning yuraklariga so‘zlaring yetib bormasa, hech narsani uddalay olmaysan. Murabbiylarda birinchi navbatda qo‘l ostidagilar bilan yaxshi munosabat bo‘lishi lozim.

Ayni damda Rossiyadagi eng yaxshi murabbiy kim?

— Bu kim qaysi klubni boshqarayotganiga bog‘liq. Futbol mashg‘ulotlari deyarli bir hil, biroq jamoalar turli uslubda futbol namoyish etishadi. Barchasi qo‘l ostingda qanday ijrochilar jam bo‘lganiga bog‘liq. Natijalarga e’tibor qaratadigan bo‘lsam, albatta Semak va Karpinni alohida qayd etgan bo‘lar edim. Jamoani shakllantirish borasida “Sochi” murabbiyi Fedotovga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q.

Faoliyatingizda eng yorqin uchrashuv?

— Bu 1994-yilda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlari final uchrashuvi. O‘shanda Xitoyni 4:2 natijasi bilan mag‘lub etib chempionlikni qo‘lga kiritgan edik. 23 yoshli futbolchi bo‘lganim bois, juda hayajonlangaman.

Siz bilan birga to‘p tepgan eng kuchli futbolchi?

— “Rubin”da Savo Miloshivich bilan birga harakat qilganmiz. U so‘z bilan barchani “uyg‘ota” oladigan orator edi. Uning xarizmasi haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi. U juda kuchli shaxs va chinakam futbol yulduzi.

Yodimda bor, biz uchun u qadar muhim bo‘lmagan uchrashuv oldidan Savo juda chiroyli nunq so‘zlgan edi.

“Men Angliya, Ispaniya va hatto Italiyada juda ko‘p to‘p tepganman, biroq hech qayerda chempionlik ta’mini totib ko‘rmaganman. Meni barcha yulduz deb hisoblaydi, biroq aslida oddiy futbolchiman. Chempionlik mening orzum. Bugun bu orzumni amalga oshirish imkoni mavjud. Oradan bir yil o‘tibgina chempionlik nima ekanligini anglab yetishimiz mumkin!”

U Rossiya chempionatini yerga urmagani va motivasiyani yo‘qotmaganidan juda ta’sirlangan edim.

 

Sobiq jamoadoshlaringiz bilan aloqadamisiz?

— Juda ko‘pchilik bilan muloqotlashib turamiz. Hatto Chori (Alexandro Dominges) bilan ham.

U argentinalik. Qaysi tildamuloqat qilasizlar?

— Hozir Googletarjimon mavjud. U yordamida tez-tez suhbatlashib turamiz. Yaqin-yaqingacha Sidibe bilan ham ijtimoiy tarmoqlarda suhbatlashib turar edik. Hozir negadir uni “yo‘qotib qo‘ydim”.

Nimadan afsus chekasiz?

— To‘g‘risi, afsus chekishga xojat yo‘q deb hisoblayman. 38 yoshga qadar saviyali klublar sharafini himoya qildim. Rossiyada ham,O‘zbekistonda ham faqat chempionlik uchun kurash olib bordim.

Dam olish kunlari qanday o‘tmoqda?

— Bu mavsumda deyarli dam olish uchun imkon yo‘q. Bo‘sh vaqtlarimda o‘yinlarimni va raqib o‘yinlarini uyda tahlil qilishga urinaman. Ayniqsa, raqibning so‘nggi 3 ta o‘yinini tomosha qilishni kanda qilmayman. Boz ustiga, endi juda tig‘iz taqvim ostida harakat qilishimiz kerak. Agar oilam bilan bo‘lsam, dam olish kuni qayergadir ketishni va biroz chalg‘ishni hush ko‘raman.

Toshkentda dam olish maskanlari mavjudmi?

— Bo‘lmasamchi! Shahar ichida turli ko‘ngil ochar maskanlar yetarlicha topiladi. Bundan tashqari, shahardan uncha uzoq bo‘lmagan joyda tog‘li region joylashgan bo‘lib, u yerda qishin-yozin xordiq chiqarish imkoni mavjud.

Ta’til chog‘ida qayerga yo‘l olasiz?

— Aytsam ishonmaysiz. So‘nggi bor 2007-yilda oilam bilan ta’tilni Kubada o‘tkazgan edik. Tez orada yana ta’tilga chiqishimiz kerak (kuladi).

O‘zingizga va do‘stlaringizga qanday tilak bildirasiz?

— Kim sport sohasida bo‘lsa, ularga omad tilab qolaman. Bu juda qiyin yo‘l. Shu sababli, ularga metin iroda va sabr yor bo‘lsin. Har qanday omadsizlikdan so‘ng, tongda o‘z ishiga bo‘lgan ma’suliyat olib bilan olg‘a qadam tashlashlariga tilakdoshman. Hammasi ko‘ngildagidek bo‘lishi uchun 100 foiz kuch bilan harakat qilishimiz lozim.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:46, 28.06.2020. O'qildi: 7025 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 16
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Барселона Robert Levandovski 8
4 Мальорка Vedat Muriki 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Леванте Karl Etta-Eyong 6
8 Эльче Rafa Mir 6
9 Бетис Kucho Ernandes 6
10 Барселона Lamin Yamal 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.