Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

UYEsli katta futbolga qaytadimi? Bu qanchalar to‘gri qaror?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yaqindagina Aryen Robben futbolchilik faoliyatini Gollandiyada tiklaganidan xabaringiz bor. Bugun kutilmaganda g‘arb nashrlari Ueysli Sneyderning ham katta futbolga qaytishi borasida mish-mishlarni e’lon qilishni boshladi. Xo‘sh bu qarordan kim uchun qanday foyda yoki zarar? Stadion.uz shu mavzu haqida fikr almashadi.

Yaqindagina Sneyder o‘zi tug‘ilib o‘sgan Utrext shahridagi klub ofisiga tashrif buyurdi. Avvaliga bu voqea hech kimni hayron qoldirmagani rost, biroq “Utrext” klubi sport direktori Snayderning jamoa bilan mashg‘ulotlarga kirishgani haqida rasman ma’lumot berdi. To‘g‘ri, bu mashg‘ulotlardan asosiy maqsad sog‘liqni tiklash, lekin Yordi Zaydam (sport direktori) ish yanada jiddiylashib ketishi mumkinligiga sha’ma qilib o‘tdi.

Gollandiyalik futbolchi Robbenning futbolga qaytganidan ta’sirlanib ketgan ko‘rinadi. Ikkisi ham 35 yoshda futbolni tark etgan edi, biroq ikki hil uslubda.

Tan olish lozim, Robbenning futbolni tark etishi kutilmagan va mantiqsiz bo‘lgan edi. Aryen ajoyib formada va tezligini ham yo‘qotmagan edi. Shu sababli, u yana kamida bir bor Bundesliga g‘olibligini qo‘lga kiritishi mumkin edi. Sneyder esa undan farqli o‘laroq chinakamiga futbolchilikdan ketgan edi. Qatarning “Al-G‘arafa” safidagi o‘rtacha mavsum, ortiqcha vazn va shaxsiy biznes. Barchasi Sneyderning butsalarini mixga ilishi bilan yakunlangani hech kimni hayron qoldirgani yo‘q.

Tengdosh futbolchilar bu yilni tamomila ikki hil o‘tkazishdi. Robben ortga qaytish haqida bosh qotirgancha o‘z jismoniy holatini ushlab turishga urungan bo‘lsa, Sneyder muxlislardan qochish payida bo‘ldi. Darhaqiqat, u ortirgan 25 kg ortiqcha vaz sababli tanib bo‘lmas ahvolga kelib qolgani uchun ham ommadan qochish payida bo‘ldi. 170 sm bo‘yga ega bo‘lishiga qaramay, allaqachon 100 kg vazn to‘plagan sobiq futbolchi nima uchun yana mashg‘ulotlarga qaytdi? Katta ehtimol bilan u o‘z sport formasini tiklab olishni va shu yo‘sinda o‘zi haqida yana bir bor muxlislarga eslatib qo‘ymoqchi bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas.

Xo‘sh buguni “Utrext” klubiga Sneyder kerakmi? Tan olish lozim Snayderning bunday ko‘rinishda “Utrext” jamoasiga keragi yo‘q, biroq agar u vazn tashlashga muvaffaq bo‘lsa o‘ylab ko‘rish mumkin. Bugungi “Utrext”ning tarkibni chakki emas. Jamoada Yanssen va Adam Maher singari nomdor “qariyalar” to‘p tepmoqda. Bu yigitlar orasiga yana bir tajribalifutbolchi kelib qo‘shilishi foydadan holi bo‘lmasligi turgan gap. Shunday bo‘lsada, Sneyder jamoani har tomondan xursand qiladi deyishdan yiroqmiz. Afsuski, u singari katta kalibrdagi futbolchilar shunchaki “rahmat” uchun maydonda ter to‘kmaydi.

Robben “Groningen” uchun maydonnda hamnimadir bera olishi mumkin, biroq Sneyder mashhurlikdan boshqa deyarli hech narsa berishga qodir emas. Boz ustiga, “Utrext” ayni damdagi Gollandiyaning eng o‘rtamiyona klublaridan biri sanaladi. Shu sababli, klub Sneyderga shartnoma taklif qilishdan oldin hisob raqimidagi pullarni ko‘zdan kechirishi talab etiladi. To‘g‘ri, Sneyderning “Utrext”da ko‘rinish berishi muxlislar uchun chinakam sovg‘aga aylanadi, biroq bundan klub hech narsa yutmaydi. Kelasi mavsumda ham katta ehtimol bilan o‘yinlar muxlissiz o‘tkaziladi. Shunday ekan, abonamentlardan umidni uzsa ham bo‘ladi. Katta ehtimol bilan Uesli futbolchilik faoliyatini qayta tiklmaydi.Uning mashg‘ulot o‘tkazish uchun “Utrext”ga tashrifini golland nashrlari biroz bo‘rtirib ko‘rsatmoqda. Gollandiyalik futbolchining o‘zi barchasini juda yaxshi anglab turibdi.

P.S Qizig‘i shundaki, Robin Van Persi, Dirk Kuyt yoki Rafayel Van Der Vartlardan biri ham futbolchilikka qaytishga qaror qilmaydi deb kim kafolat beradi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:24, 07.07.2020. O'qildi: 4556 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик