Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Grizmanning «Barsa»da «yo‘qolib»qolishiga sabab bo‘lgan besh omil

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Amaldagi JCH g‘olibi bo‘lishiga qaramay, Kataloniya klubida o‘zini ko‘rsata olmagan Antuan Grizmann haqida fikr almashamiz. Xo‘sh, qanday muammolar “Atletiko”ning sobiq yetakchisiga to‘sqinlik qilmoqda? Bugun shu mavzuga to‘xtalib o‘tamiz.

1-to‘siq. Bartomeuning xatosi

Aslida Suares, Messi va Dembelesi bor hujum uchligiga ega klubga Grizmanning nima keragi bor edi? Valverde o‘zi shundoq ham asosiy urg‘uni himoyaga qaratayotgan chog‘ida, 4 hujumchiga maydonda kerakli o‘rin topish juda mushkul ekanligi haqida nahot Bartomeu sira o‘ylab ko‘rmadi? Marca nashrining ma’lum qilishicha, Leo Messi avval boshida bu transferga qarshi bo‘lgan, biroq Bartomeu aslida kim xo‘jayin ekanligini namoyish etish uchun ham fransuzni Kataloniyaga ko‘chirib olib kelgan. Prezident jamoa postida uzoqroq qolish maqsadida pullarni sarf etishda davom etmoqda, biroq jamoaning qarzlari bilan ishi yo‘q. Ayni damda, “Barselona”ning qarzi 500 million yevrodan oshib ketgan. Bu muammodan klub faqat kreditlar yordamida qochib yuribdi, biroq shu sababli klub endi Neymarni ortga qaytarishni uddalay olmaydi. Endilikda, jamoa Grizmanni yaxshigina pul evaziga sotib yuborgan taqdirida ham qarzning chorak qismi ham qoplanmaydi. Jamoa Antuan orqali klubning shonli o‘tmishini ortga qaytarmoqchi edi. Afsuski, Bartomeuning rejasi ish bermadi. Antuanning uning omadsiz va juda qimmat transferlari (Dembele, Koutinyo) qatoridan muqim o‘rin egalladi.

2-to‘siq. Atrofdagi futbolchilar

Achinarlisi shundaki, Antuanning Kataloniyadagi obro‘siga atrofidagilar ham katta putur yetkazmoqda. Qahramonimizning dadasi klub murabbiyi – Kiki Setyenni jamoani chempionlik sari yetaklashga qodir emas deb ta’rif bergan bo‘lsa, futbolchining akasi murabbiyni ukasiga yetarlicha o‘yin amaliyoti taqdim etmaslikda ayblamoqda. Boz ustiga, Antuanning turmush o‘rtog‘i ijtimoiy tarmoqlar orqali klubdagi ichki muhit sirlarini barchaga oshkor etmoqda. Bu vaziyatga Antuanni Ispaniyaga ko‘chirib kelgan va 6 yil davomida o‘z uyidan joy bergan skaut Erik Oltas ajoyib ta’rif berdi.
“Bilasizmi, Antuanning atrofidagi insonlar uni biroz erkalatib yuborishmoqda. Balki, ular berayotgan maslahatlar ish berib qolar, biroq uning oilasini yaxshi bilgan inson sifatida shuni ta’kidlashim mumkinki, Grizmann sabr qilishi lozim. Barchasi o‘z o‘rniga tushib ketadi”.

Darhaqiqat, Erik futbolchining hali-hamon kollektiv bilan chiqishib ketmaganida atorofidagi insonlar ham mas’ul ekanligiga sha’ma qilmoqda. Aynan ularning shirin so‘zlari sababli Antuan barcha omadsizliklarda o‘zini emas, jamoa murabbiyini aylamoqda.

3-to‘siq. Luis Suares va Messi effekti

Grizmann “Atletiko”da doimo hujumchi ortida harakat qilar, kerakli pallada aldamchi“to‘qqizlik”sifatida markazga yorib kirar edi. Kataloniya jamoasining o‘yin uslubi Madrid klubinikidan keskin farq qiladi. Endilikda, Antuan qanotda yoki hujumchi sifatida ter to‘kishga majbur. Suaresning o‘rnini egallash mahol. Uning ortida Leo harakat qilmoqda. U yaqin 5 yil davomida bu pozisiyani hech kimga berib qo‘ymasligi turgan gap. Shunday ekan, Antuan o‘zini erkin his qiluvchi amplualarning deyarli barchasi band. Bechora futbolchi, ekspertlarning aytishicha, atigi bir bor o‘zining asl pozisiyada to‘p surdi xolos. U ham bo‘lsa, o‘tgan yili “Betis”ga qarshi uchrashuvda amalga oshdi. Ayni damda, qahramonimiz La Liganing 19 ta o‘yinida maydonga tushgan va 4 bor gol kiritgan. Bu tushunarli holat. Agar Antuan o‘zi uchun qulay pozisiyada to‘p tepishni istasa, Kike Setyen maydonga Messi va Suareslarni tushirmasligi talab etiladi. Bunda vaziyatda, Grizmanndan avvalgi darajasida to‘p surishni talab qilish noo‘rin. Shu sababli, uning sermahsulligi keskin pasayib ketgan ko‘rinadi.

4-to‘siq. Taktik model

Antuan kiritgan gollarga e’tibor qaratsangiz, barchasi jamoaning o‘yin uslubidan biroz chekinga paytda urilganini darrov anglaysiz. Bechora Antuanni chap qanotda “mixlab” qo‘yishdi. Vaholanki, u uzoq yillardan beri erkin ijod qilishga o‘rganib qolgan edi. Endi qahramonimiz chap qanot vingeri sifatida asosan uzatmalar bilan mashg‘ul bo‘lmoqda. Karantin chog‘ida juda yaxshi dam olgani va yangi o‘yin uslubiga moslashgani haqida bong urgan futbolchi restartdan so‘ng, yanada yomon futbol namoyish etmoqda. Uning omadsiz uchrashuvlari ko‘payib ketgach, Setyen tomonidan zaxira futbolchisiga aylantirishini tushunish mumkin. Murabbiyga rahbariyat va futbolchilar tomonidan o‘tazilayotgan bosim tufayli Kike natija beruvchi futbolchilarni maydon tushurishga majbur bo‘lmoqda. Grizmann yangi ampluaga moslashishga endi biroz “qarilik” qiladi. Uning asl pozisiyasida to‘p surish “Barselona”ga noqulay. Aynan shu to‘siq sababli ham Grizmann o‘zi uchun sarf etilgan millionlarni oqlay olmayapti.

5-to‘siq. Antuanning xarakteri

Messi kek saqlashga o‘rganib qolgan inson. Katta ehtimol bilan u Antuanni Pike bilan bo‘lgan suhbatini (kichik videorolik bo‘lib, unda Pike Grizmanndan “Barselona”dan kelib tushgan taklif haqida so‘raydi. Antuan boshini baland ko‘targancha kulib “Barsa”ga rad javobini berishi haqida so‘zlab beradi) unutmagan. Tan olish lozim, kulib turuvchi Grizmann hech qachon yetakchi futbolchilar qatorida bo‘lmagan. U YECHL finalida ham, Yevropa chempionati finalida ham yarq eta olmagan yulduz. Soddaroq qilib aytganda, Antuan tablodagi natijaga ta’sir ko‘rsatishga qodir jangchi emas. U shunchaki, jamoaviy o‘yinning yakunlovchi qismi xolos. 2018-yilda Fransiya Xorvatiyani finalda yenggan bo‘lsada, yengilgan jamoadagi Modrich Grizmanndan faolroq ko‘rindi. Antuanda muhim uchrashuvlarda omadsiz harakat qilishi sindromi bor bo‘lsa kerak. Aks holda, o‘z faoliyatidagi eng muhim uchrashuvlarni omadsiz o‘tkazmagan bo‘lar edi. Aynan shu kamchiligi bois, qo‘lidagi “oltin to‘p”ni Modrichga boy berib qo‘ydi. Shunday bo‘lsada, u o‘tgan yili eng badavlat 10 ta futbolchidan biri ekanligi ma’lum qilindi. Afsuski, Antuan maydonda deyarli hech narsani isbotlab berayotgani yo‘q. U turli videoo‘yinlar o‘ynashni, AQSHga NBA matchlarini tomosha qilgani uchib borishni va hatto Yaponiyadagi choy marosimlarini kuzatib borishni kanda qilmaydi. Umuman olganda, Antuan quvnoq hayot tarafdori. Shu sababli, jamoani yelkasida ko‘tarib yurish kerak bo‘lganda u doimo “yo‘qolib qoladi”. Undagi bu kamchilik avval ham bo‘lgan, katta ehtimol bilan endi ham bo‘ladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 07:30, 09.07.2020. O'qildi: 13319 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик