Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tanishing! 17 yoshli "yangi Ronaldu". Unga 15 ta jamoa qiziqmoqda (VIDEO)

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yevropaning eng yaxshi 15 klubi Serbiya matbuoti Krishtianu Ronalduga taqqoslayotgan 17 yoshli vingerning transferini ko‘rib chiqmoqda. Gap Filipp Stevanovich haqida ketmoqda.

ENG KUCHLI DA’VOGARLAR

Futbolchiga "Manchester Yunayted", "Real", "Barsa", "Liverpul", "Bavariya", "Chelsi", "Yuventus", "Manchester Siti", "Milan", "Borussiya Dortmund", "Inter", "Leypsig", "Benfika", "Atletiko" va "Atalanta" da’vogar. OAV xabar berishicha, yosh futbolchining vakillari bilan bir necha bor bog‘lanishgan. "Olti oy oldin unga 10 million yevrodan ko‘proq mablag‘ taklif qilingan edi. Endi bu katta pulni olish oson bo‘lmaydi, ammo barchasi Filippga bog‘liq. U o‘zining kuzdagi darajasiga qaytishi kerak", – dedi "Partizan" bosh murabbiyi Savo Milosevich aprelda pandemiyaning transfer bozoriga ta’sirini tahlil qilar ekan.

HAMMASI JOYIDA – U GOLLAR URMOQDA

Belgrad klubining amaldorlari yengil nafas olishlari mumkin. Stevanovich karantindan keyin Serbiya Superligasining 7 turida 4 ta gol urdi. U juda yosh bo‘lishiga qaramay, chempionatda eng ko‘zga ko‘ringan shaxs. Bo‘lajak transfer vaqt masalasiga o‘xshaydi. Shartnomasi 2022 yilgacha amalda bo‘lgan "yangi Ronaldu" shu yozda foydali transferga aylanishga harakat qiladi. Hujumchining maqsadi – klubga imkon qadar ko‘proq yordam berish uchun gol urishda davom etish. "Partizan" o‘z tarbiyalanuvchilarini sotishdan qochadi, odatda, xususan, Stevanovich ham jamoaning xazinasi. Transfermarkt ixtisoslashgan portali uni 8 million yevroga baholadi – bu Serbiya chempionatidagi eng qimmat va dunyodagi 17-serbiyalik o‘yinchidir!

BIR ZINADAN IKKINCHI ZINAGA

Endi raqamlarga e’tibor bersak. Stevanovich 2019/20 yilgi mavsumda 9 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi, vaholanki, ushbu mavsumga qadar yuqori saviyada atigi to‘rtta o‘yin o‘tkazgan. U 2012 yilda "Partizan" akademiyasiga o‘qishga kirgan va uch yildan so‘ng "Srvena Zvezda" U-13 ga qarshi derbining qahramonlaridan biri bo‘lgan. "Partizan"ning o‘smirlar jamoasi asosiy raqibini 7:1 hisobida mag‘lub etdi. Stevanovich dublni amalga oshirdi – o‘shandan beri jamoa unga yanada ishonch bilan ergasha boshladi. OAV "Partizan" akademiyasida aql bovar qilmaydigan qobiliyat egasi haqida yoza boshladi.

14 yoshida Stevanovich Belgradga ko‘chib o‘tdi. U o‘zining Ariliya shahrida bir hafta yashadi va dam olish kunlari "Partizan"da o‘ynash uchun har ikki yo‘nalishda 360 mil masofani bosib o‘tdi. Oradan 12 oy o‘tgach, baquvvat yigitchani bazada mashg‘ulotlarga taklif qilishdi. 2018 yilning kuzida, u endigina 16 yoshga to‘lganida, "Rad" klubiga qarshi duyelda (3:0) 8 daqiqa vaqt sarfladi. "Tuyg‘ularimni tasvirlash men uchun qiyin. Men "Partizan" tizimida tarbiyalanganman. Bu klub sharafini himoya qilish men uchun katta baxt", – degandi o‘shanda futbolchi.

RONALDU EMAS, RONALDINYO

2019 yil 1 avgustda bizning qahramonimiz Uelsning "Konnaxs-Kuey Nomads" (Evropa Ligasi kvalifikasiyasi)ga qarshi o‘yinda to‘p kiritib, Yevropa musobaqalari tarixini qayta yozdi. Filipp barcha Yevropa musobaqalaridagi eng yosh to‘purarga aylandi (16 yosh va 311 kun).

Hech qanday muammosiz markaziy hujumchi sifatida o‘ynay oladigan Stevanovichning xilma-xilligi Krishtianu bilan taqqoslashning asosiy sababidir. Biroq, futbolchining o‘zi boshqa bir futbolchiga – afsonaviy braziliyalik Ronaldinyoga muhabbatini tan oladi. "Ronaldu mening eng yaxshi ko‘rgan ijrochim emas, lekin men unga o‘xshashga astoydil harakat qilaman. Hamma yoshlar Krishtianuga taqlid qilishlari kerak. Mening elementim driblingda. Krishtianu ajoyib, lekin u driblingchi emas. Ronaldinyo o‘ziga xos edi. Albatta, men ham shunday bo‘lishni istardim», deydi Filipp bu haqda gapirar ekan.

Serbiya kubogi finalida "Voyvodina"ga boy berilgan o‘yinda Stevanovich birinchi bo‘lim o‘rtalarida Lazar Markovichning o‘rniga maydonga tushdi. 17 yoshli o‘spirin maydonga tushgunga qadar "Partizan" 0:2 hisobida yutqazayotgan edi. O‘yinning 81-daqiqasida Filippning samarali zarbasi o‘yinga intrigani qaytardi. "Partizan" o‘yin yakunlanishiga qadar (90+6) hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha taymlarda hisob o‘zgarmagach, penaltilar seriyasi bo‘lib o‘tdi. Unda afsonaviy Miloshevichning jamoasi yutqazdi.

Ayni damda Filipp Stevanovich koronavirus pandemiyasi fonida e’tibordan chetda qoldi. Ammo biz sanab o‘tgan yuqoridagi 15 klub unga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotmagan. Ajabmas, serbiyalik futbolchi "yangi Ronaldu" nomini oqlasa.

Nizomjon ISLOMOV tayyorladi.

 

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 22:27, 16.07.2020. O'qildi: 22132 marta. Fikrlar: 10 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик