Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 12.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Кубок Испании. 1/32 финала. "Конкенсе" - "Реал Сосьедад".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Кубок Испании. 1/16 финала. "Уэска" - "Реал Бетис".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - "Партизан".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      15:30 Новости футбола.
      15:35 Чемпионат Турции. "Адана Демирспор" - "Бешикташ".
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Кубок Испании. 1/16 финала. "Барбастро" - "Барселона".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Чемпионат Турции. "Эюпспор" - "Фенербахче".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Кубок Италии. 1/16 финала. "Лечче" - "Сассуоло".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Кубок Испании. 1/16 финала. "Уэска" - "Реал Бетис".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - "Партизан".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 12.07.2025

      05:15 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Вышка.
      06:20 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Трамплин 3 м.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 10 в Монако.
      10:05 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России 2025.
      10:35 Велошоссе. Альфа-Банк Чемпионат России в Казани. Групповая гонка. Мужчины.
      12:55 LIVE Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Команды. Прямая трансляция.
      15:00 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 3 м.
      16:15 Д/с "Век нашего спорта".
      16:45 "Небесная грация".
      17:00 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      17:55 LIVE Велоспорт. Альфа-Банк Первенство России в Пензе. Прямая трансляция.
      19:25 LIVE Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:45 Д/с "Сила воды".
      21:00 "Вопреки всему".
      21:25 LIVE Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Женщины. Прямая трансляция.
      22:45 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Личное первенство.
      00:55 Д/с "Век нашего спорта".
      01:25 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Команды.
      03:30 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Мужчины.
      04:50 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 3 м.
  • MATCH-TV
    • Sana: 12.07.2025

      05:55 Новости.
      06:00 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Fight Night 32" в Бангкоке, Таиланд. Аллиссия Хеллен Родригес против Йоанны Перссон, Владимир Кузьмин против Стефана Короди. Прямая трансляция.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Чемпионы".
      11:25 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы".
      13:25 LIVE Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 3 на автодроме "Нижегородское кольцо". SMP TCR. Гонка 1. Прямая трансляция.
      14:25 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      15:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:20 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      16:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:15 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      17:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:10 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. Финал. Прямая трансляция.
      18:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 Новости.
      19:00 LIVE Футбол. OLIMPBET Суперкубок России. "Краснодар" - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:30 Смешанные единоборства. Shlemenko FC 11 в Омске, Россия. Александр Шлеменко против Гильерме Кадены.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Нэшвилле, США. Предварительный кард. Крис Кёртис против Макса Гриффина, Чиди Нжокуани против Джейка Мэттьюса. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 12.07.2025

      07:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      10:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Филадельфии, США. День 2.
      11:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 7. Сен-Мало - Герледан.
      12:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      14:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Женщины. Шорт-трек кросс-кантри.
      14:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Мужчины. Шорт-трек кросс-кантри.
      15:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 7. Сен-Мало - Герледан.
      16:00 LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль. Прямая трансляция.
      20:45 Велоспорт. Женщины. "Джиро д'Италия". Этап 7. Обзор.
      21:45 BMX. Чемпионат Европы в Валмиере, Латвия.
      23:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Кракове, Польша. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы.
      00:00 LIVE Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Шамони, Франция. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы. Прямая трансляция.
      01:05 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xayr Afsona! Kasilyas faoliyatidagi eng muhim voqealar (top 10)

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz yaqindagina qo‘lqoplarini mihga ilgan Iker bilan xayrlashadi va uning faoliyati davomida yuz bergan 10 ta eng yorqin xotiralarni yodga oladi.

Aslida, ispaniyalik darvozabonning futboldan ketishi hech kimni hayron qoldirgani yo‘q. Sababi, u bir yil avvalroq katta futbolga qayta olmasligi ma’lum bo‘lgan edi. Undagi yurak huruji sababli Iker 15 oy davomida futboldan uzoqda bo‘lishga majbur bo‘ldi. Oqibatda, kuni kecha muxlislar endi Ikerning abadiy maydonga qaytmas ekanligidan xabar topishdi.

“Asosiysi sen yetib borgan manzil emas, muhimi qaysi yo‘ldan yurib manzilga yetib borish. Gap shundaki, har qanday yo‘l mashaqqat va mehnat evaziga bosib o‘tiladi. O‘yilab o‘tirmay shuni ma’lum qilishim mumkin-ki, men bosib o‘tgan yo‘l va yetib kelgan manzilimga faqat havas qilish mumkin.”

 
Uning yil mobaynida birorta o‘yinda maydonga tushmaganiga qaramay, “Portu” klubi Ikerga ham Portugaliya chempionligini anglatuvchi oltin medallarni taqdim etdi. Uni tez orada Madrid klubida ish boshlashi haqidagi ma’lumotlar urchib bormoqda, lekin bugun biz boshqa mavzu haqida suhbatlashmoqchimiz. Stadion.uz Kasilyas ijrosidagi eng unutilmas lahzalarni yodingizga soladi.

Madridga kelish

Bunga ishonish mushkul, biroq Iker 1990-yilda “Real” safiga kelib qo‘shiladi. O‘sha paytda, qahramonimiz endigina 9 yoshni qarshi olgan bolakay edi. Yosh Iker ko‘riklardan muvaffaqiyatli o‘tgach, 1990/91-yilgi mavsumni “Real” akademiyasida boshlaydi. Uning Madriddagi ilk murabbiyi – Antonio Meskiti undagi iqtidorni darrov ilg‘aydi. Bundan 30 yil ilgari, Iker “Real” bilan kelajagini abadiy bog‘laydi va 8 yil mobaynida deyarli barcha yosh toifasidagi jamoalar darvozasini himoya qiladi.

Uning katta futbolga kirib kelishi 1999-yilning 12-sentyabr oyiga to‘g‘ri keladi. O‘sha paytdagi “qaymoqranglilar”ning asosiy darvozaboni Bodo Ilgner jarohati olgach, Jon Toshak yosh Ikerni “Atletik Bilbao”ga qarshi o‘yinda maydonga tushiradi. O‘sha damda Kasilyas 18 (155 kun) yoshni qarshi olgan yigitcha edi. “San Mames”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda 2:2 natijasi qayd etiladi. Ikerga ilk bor gol urgan futbolchi Xuleno Gerrero bo‘ldi. O‘sha uchrashuvdan so‘ng, Iker “Real” safida eng yosh debyut qilgan darvozabon sifatida tarixda qoldi. Bu rekord hali-hamon unga tegishli.

Ilk YECHL

Professional futboldagi debyut o‘yinidan 8 oy o‘tib, Kasilyas YECHL final uchrashuvida “Real” darvozasini qo‘riqlaydi. 1999/00-yilgi mavsumda Ilgner asosiy tarkibga qayta olmaydi. Sababi, yosh ispan uning o‘rnini mutloq egallab bo‘lgan edi. “Valensiya”ga qarshi uchrashuvni ham Iker asosiy darvozabon sifatida boshladi va o‘sha o‘yin Madrid klubining yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu YECHL sovrini “Real” uchun sakkizinchisi bo‘lgan bo‘lsa, Iker uchun ilk sovringa aylandi. Parijda bo‘lib o‘tgan final posbonning tug‘ilgan kunidan 4 kun o‘tib boshlangani bois, u hali-hamon ushbu musobaqa finalida harakat qilgan eng yosh kipper bo‘lib qolmoqda.

Ilk “La Liga” sovrini

Ilk YECHLni 19 yoshida qo‘lga kiritgan yosh Iker oradan bir mavsum o‘tib Ispaniyada ham tengsizga aylandi. 2000/01-yilgi mavsumda “Real” 28-bor Ispaniyaning eng kuchli klubiga aylandi. Kasilyas ilk bor milliy chempionatda g‘alaba qozondi va mavsum davomida 34 ta o‘yinda jamoasi sharafini himoya qildi. O‘sha mavsumdan so‘ng, Iker o‘z faoliyatidagi ilk shaxsiy sovrin – “Bravo ”ga ega chiqdi. Bu o‘sha davrda Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun (21 yoshga qadar) topshirilgan sovrin bo‘lib, unda Iker hamma ta’qibchilarini katta farq bilan ortda qoldirgan.

Iker vs Sesar

Ikki mavsum davomida yuqori darajadagi o‘yin namoyish etgach, Kasilyas biroz “yulduzlik” kasaliga uchraydi. O‘ziga bo‘lgan talabchanlikni  bo‘shashtirgan Ikerni Vicente Del Boske zaxiraga oladi va 2001/02-mavsum uchun asosiy darvozabon sifatida Sesar Sanchesni tanlaydi.

Bir qarashda, Ikerning faoliyati pastga qulab ketishi kerak edi, biroq Sesar o‘zi bilmagan holda yosh darvozabonni klub faxriga aylantiradi. Glazgo shahridagi “Bayer”ga qarshi YECHL final uchrashuvi barchaning yodiga kelgan bo‘lsa kerak. 2002-yilning 15-may sanasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Sanches jarohat oladi va hisob 2:1 bo‘lib turgan paytda o‘z o‘rnini Iker Kasilyasga bo‘shatib beradi.

Iker avvalambor aslida kim birinchi raqamli darvozabon ekanligini ko‘rsatib qo‘yish uchun maydonga tushdi va darrov ishga kirishib ketdi.Uchrashuv so‘nggiga qadar 3 ta ajoyib seyvni ijro etgan Iker “Real”dagi o‘z o‘rnini sovrin bilan qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu qahramonlikdan so‘ng, Iker o‘zidagi “yulduzlik” kasalini yengib o‘tdi.

Faoliyatidagi eng yaxshi o‘yini

Bu Ikerning shaxsiy tanlovi. Futbolchining fikricha, u ishtirok etgan eng yaxshi uchrashuv 2007/08-yilgi mavsumda “Atletik” bilan o‘yinga to‘g‘ri keladi. Ispaniya chempionatining 34-turida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Iker 12 ta seyv ijro etadi. Hatto penaltini ham bartaraf etadi.

Italiyaga qarshi penaltilar seriyasi

“Evro 2008” musobqasiga Ispaniya abadiy omadsiz unvoni bilan tashrif buyuradi. Doimo pley-offlarda musobaqani tark etishiga ko‘nikib qolganimiz sal bo‘lsa Italiyaga qarshi o‘yinda o‘z an’nasiga sodiq qolishi mumkin edi. O‘yinning asosiy vaqti 0:0 bilan yakunlangach, o‘yin penaltilar seriyasiga ko‘chirildi. Iker De Rossi va Di Natalialarning zarbasini qaytaradi va Ispaniya Italiyani uyiga jo‘natib yuboradi. Musobaqadan so‘ng, Marca nashri “ o‘sha uchrashuv Ispaniyaga yopishtirilgan “omadsiz” unvonini olib tashlagan edi”,- deb yozgan edi.

Kelasi Yevropa chempionati

Tan olish lozim, Ispaniyaning “oltin davri” Ikerning eng kuchga to‘lgan paytiga to‘g‘ri keldi. Ilk Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan paytda, Iker 27 yoshda edi. Keyingisini 31 yoshida boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘ladi. 2012-yilda bo‘lib o‘tgan musobaqadan so‘ng, Iker Bekkenbauer va Deshamlar singari barcha musobaqada g‘olib chiqqan sardorga aylandi.

JCH g‘olibligi

To‘g‘ri, Yevropa chempionligi ulkan natija, biroq Ispaniya 1964-yilda bu tryukni namoyish etgan edi. JCH g‘olibligi esa, bu yurt futbolidagi ilk ulkan g‘alaba sifatida tarixga kirdi. Ayniqsa, Robbenning yakama-yakka vaziyadagi zarbasi bartaraf etgan, Iker o‘yindan so‘ng hissiyotlariga erk berib yubordi.

“Men yig‘layapman. Nimaga deysizmi? Ahir, yoshligimdagi eng shirin orzularimdan biri ro‘yobga chiqdi. Ispaniya endi Jahon chempioni!”

“Real”dagi “Desima”

“Qirollik klubi” 12 yil davomida 10-bor YECHL sovrinini qo‘lga kiritishni kutishiga to‘g‘ri keldi. 2014-yilning 24-may sanasida taqdir Madrid klubiga o‘sha kutilgan “desima”ni taqdim etdi. O‘yinning asosiy vaqtida Godinning goli yagonaligicha qoldi, biroq qo‘shib berilgan daqiqada Ramos Ikerning hatosini boshi bilan yopib yuboradi. Qo‘shimcha bo‘limlarda Anchelotti shogirdlari “matraschilar”ni dog‘da qoldirgach, Iker boshi uzra so‘nggi bor YECHL sovrinini ko‘taradi. Bu uning faoliyatidagi uchinchi va so‘nggi ulkan sovrin bo‘lib qoldi.

“Poru”dagi ajoyib kunlar

To‘g‘ri, Iker Zidanning oltin davrida “Real” bilan bo‘lmadi, biroq Portugaliyada shirin xotiralar qoldirdi. Kasilyas “ajdarlar” sharafini 156 ta o‘yinda himoya qilgan bo‘lib, o‘z darvozasidan 119 ta gol olib chiqadi. Asosiysi statistikada emas. Eng muhimi shundaki, uni endi Portugaliyaliklar ham o‘zimizniki deb hisoblashida.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:29, 07.08.2020. O'qildi: 5106 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.