Monakoda yengil atletika bo‘yicha nufuzli musobaqalaridan birini “Brilliant liga”ning birinchi bosqichi start oldi. O‘tkazilgan bellashuvlar yakunida ugandalik Joshua Cheptegei 5000 metrga yugurish bahsida jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

23 yoshli sportchi 16 yildan beri yangilanmay turgan efiopiyalik afsonaviy Kenenisa Bekelening natijasini 2 soniyaga yaxshilashga erishdi. Kecha Cheptegei masofani 12.35,36 daqiqada bosib o‘tdi. Avvalgi rekord esa 12.37.35 daqiqani tashkil etib, 2004 yil may oyida o‘rnatilgan edi. Musobaqada qayd etilgan boshqa natijalar bilan tanishing:

Erkaklar
110 m to‘siqlar osha
1. Orlando Ortega (Ispaniya) – 13,11
2. Endryu Possi (Buyuk Britaniya) – 13,14
3. Viyem Belosyan (Fransiya) – 13,18

200 m
1. Noa Layls (AQSH) – 19,76
2. Jozefus Layls (AQSH) – 20,30
3. Deniz Almas (Germaniya) – 20,64

400 m to‘siqlar osha
1. Karsten Varxolm (Norvegiya) – 47,10
2. Yasmani Kopello (Turkiya) – 49,04
3. Rasmus Myagi (Estoniya) – 49,23

800 m
1. Donavan Breyzer (AQSH) – 1.43,15
2. Bryus Xoppel (AQSH) – 1.43,23
3. Marko Arop (Kanada) – 1.44,14

1500 m
1. Timoti Cheruyot (Keniya) – 3.28,45
2. Yakob Ingebrigtsen (Norvegiya) – 3.28,68
3. Jeyk Uitmen (Buyuk Britaniya) – 3.29,47

5000 m
1. Joshua Kiprui Cheptegei (Uganda) – 12.35,36 (jahon rekordi)
2. Nikolas Kimeli (Keniya) – 12.51,78
3. Yakob Krop (Keniya) – 13.11,32

3000 m s/p
1. Sofiyoni Al Baqqoli (Marokash) – 8.08,04
2. Leonard Bett (Keniya) – 8.08,78
3. Jilali Bedrani (Fransiya) – 8:13.43

Langarcho‘p bilan sakrash
1. Arman Dyuplantis (Shvesiya) – 6,00
2. Ben Broders (Belgiya) – 5,70
3. Ernest Jon Obiyena (Filippin) – 5,70

Ayollar
100 m
1. Ayla del Ponte (Shveysariya) – 11,16
2. Aleyya Xobbs (AQSH) – 11,28
3. Jina Lyukenkemper (Germaniya) – 11,31

400 m
1. Linna Irbi (AQSH) – 50,50
2. Veydelin Djonatas (AQSH) – 51,40
3. Femke Bol (Niderlandiya) – 51,57

1000 m
1. Feyt Kipyegon (Keniya) – 2.29,15
2. Laura Myuir (Buyuk Britaniya) – 2.30,82
3. Siara Magian (Irlandiya) – 2.31,06

5000 m
1. Xellen Obiri (Keniya) – 14.22,12
2. Letesenbet Gidey (Efiopiya) – 14.26,57
3. Lora Veytman (Buyuk Britaniya) – 14.35,44

Balandlikka sakrash
1. Yaroslava Maguchix (Ukraina) – 1,98
2. Yuliya Levchenko (Ukraina) – 1,98
3. Janel Sheper (Sent-Lyusiya) – 1,88

Uch hatlab sakrash
1. Yulimar Roxas (Venesuela) – 14,27
2. Gabriela Petrova (Bolgariya) – 14,18
3. Patrisiya Mamona (Portugaliya) – 14,08